1.4-rasm. Renssleyer politexnika instituti (Rensselaer Polytechnic Institute, USA) vebsaytidagi diagramma
Mexatronikaning chegaralari tutashgan, o`xshash fan sohalari orasidagi o`rni 1.4-rasmda ko`rsatilgan. Rasmda ko`rinib turibdiki, Mexatronika nafaqat mexanika va elektronika yutuqlaridan, balkim zamonaviy raqamli boshqarish sistemalari va avtomatlashtirilgan loyihalash (CAD) sohalarini ham qamrab oladi. Tashqi aylanada mexatronika qo`llanadigan sohalar ko`rsatilgan. Bular: aviatsiya va kosmik sanoati, harbiy sanoat, materiallarga ishlov berish, energetika, avtomobilsozlik, meditsina, mashinasozlik va qayta ishlash sanoati, iste`mol tovarlari ishlab chiqarish.
Hozirgi vaqtda ofis texnikasida (kseroks, faks), maishiy xizmat texnikasida, noan`anaviy transportlarda (elektrvelosipedlar, elektrroller va b.), foto-kino-video texnikasida, o`lchov-nazorat qurilmalarida, trenajerlarda, kompyuter tashqi qurilmalarida (diskovod, printer, plotter)da mexatronika elementlari ishlatiladi.
3.Mexatronika ob`ektlariga ta`rif.
«Mexatronika ob’ekti» deganda raqamli boshqariladigan va biror maqsadli harakatni amalga oshiruvchi qandaydir predmet (mahsulot) tushuniladi. U uchta darajada bo`lishi mumkin. Mexatronik tizim; mexatronik agregat (mashina); mexatronik modul.
Birinchi darajaga mexatronik modul kiradi.
Mexatronik modul – bir nechta integrallashgan elementlardan iborat bo`lib, konstruktiv ravishda mustaqil mahsulot shaklida bo`ladi va mexatron qurilmalarda ma`lum bir operatsiyani bajaradi.
Mexatronik modul – qoida bo`yicha, birta koordinata bo`yicha harakatni amalga oshirishga mo`ljallangan, avtonom hujjatlar majmuasiga ega bo`lgan unifikatsiyalangan mexatronik ob`ektdir. Bularga misol bo`lib dvigatel, reduktor va b. xizmat qiladi. Biroz murakabroq modullarga (avtonom yuritmalar) motor-reduktor, motor-g’altak, motor-baraban va aylanuvchi stollar kiradi.
Ikkinchi daraja – mexatronik agregat (mashina) bo`lib, u tashqi muhit bilan o`zaro ta`sirlashgan holda kerakli harakatlarni amalgan oshirishga mo`ljallangan va bir nechta modullardan tuzilgan. Bularga misol bo`lib sanoat robotlari, raqamli boshqariladigan stanoklar va b. xizmat qiladi.
Uchinchi daraja – mexatronik tizim. Ma`lumki, tizim – bu bir butun bo`lib faoliyat ko`rsatadigan va ma`lum maqsadni amalga oshirishga mo`ljallangan, ma`lum bir qonuniyatga bo`ysunadigan va bir-biri bilan ma`lum bir munosabat bilan bog’langan komponentlar majmuasidir. Mexatronik tizim ushbu ta`rifga to`la mos kelib, mexanik, elektron va boshqaruv komponentlarining sinergetik birligidir va u bir butun bo`lib faoliyatini amalga oshiradi.
U bir nechta yoki birta agregat (mashina)dan va bir qator alohida modullardan, ya`ni bir xil yoki har xil quyi pog’ona ob`ektlaridan tashkil topgan bo`ladi. Bularga misol bo`lib moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlari, zamonaviy avtomobillar va b. xizmat qiladi.
Ijrochi mexanizm – mexatronik ob`ektning funktsional qismi bo`lib, boshqarish sistemasidan keladigan signallarga asosan mexanik harakatni amalga oshiradi.
Ishchi organ – ob`ektning texnologik maqsadini amalga oshiruvchi qurilma.
“Qurilma” atamasi asosan modul va agregat (mashina)larni nomlash uchun ishlatiladi. “Asbob” atamasi esa axborotni oluvchi va o`zgartiruvchi o`lchash va rostlash qurilmalar uchun ishlatiladi.
Product purpose: mechanically oriented product tasks... . “purposeful motion of mass-bearing bodies“
Mahsulot maqsadi: Mahsulotning mexanik yo`naltirilgan vazifasi ... “Jismlarni maqsadga muvofiq harakatlantirish”.
Istagimiz: “Quyidagi vazifalarni hal etishda qo`llab-quvvatlang”
Dostları ilə paylaş: |