1-modul. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə11/104
tarix05.11.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#67504
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   104
1-modul. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida

1991-yil avgust voqealari. Moskvada markaziy hokimiyatni saqlab qolishga, respublikalar jilovini o‘z qo‘lida ushlab qolishga urinuvchilar tomonidan fitna tayyorlandi. Fitnachilar 1991- yil 18-avgust kuni tayyorlangan va 19-avgustda matbuotda e‘lon qilingan ―Sovet rahbariyatining Bayonotida M.S.Gorbachyovning salomatligi yomonlashdi, shu sababli uning SSSR Prezidenti vazifalarini ijro etish imkoniyati yo‘q, degan soxta axborot bilan chiqdilar. Bayonotda Prezident vakolatlari vitse-prezident G.I.Yanayevga o‘tkazilganligi e‘lon qilindi. Aslida esa Prezident M.S.Gorbachyov sog‘-salomat edi, ammo o‘zini himoya qila olmadi. Fitnachilar uni mamlakatdan, xalqdan, dunyodan ajratib, barcha aloqa vositalarini uzib, 72 soat qamal qilib qo‘ygan edi. Fitnachilar tomonidan mamlakatni idora qilish uchun quyidagi tarkibda SSSRda Favqulodda holat davlat qo‘mitasi (FHDQ) tuzildi:
O.D.Baklanov – SSSR Mudofaa Kengashi Raisining birinchi o‘rinbosari, V.A.Kryuchkov
– SSSR Davlat xavfsizligi qo‘mitasining raisi, V.S.Pavlov – SSSR Bosh vaziri, B.K.Pugo – SSSR ichki ishlar vaziri, V.A.Starodubsev – SSSR dehqonlar uyushmasi raisi, I.Tizyakov – SSSR sanoat, qurilish, transport va aloqa davlat korxonalari hamda inshootlari uyushmasining Prezidenti, D.T.Yazov – SSSR mudofaa vaziri, G.I.Yanayev – SSSR Prezidenti vazifasini bajaruvchi. Shu tariqa fitnachilar M.S.Gorbachyovni noqonuniy yo‘l bilan hokimiyatdan chetlashtirib, o‘zlari hokimiyatni egallab oldilar.
Mazkur qo‘mita sovet rahbariyatining Bayonoti, sovet xalqiga murojaatnoma, davlatlar va hukumatlarning boshliqlariga hamda BMT Bosh kotibiga murojaat va boshqa qarorlarni e‘lon qildi.
Butunittifoq doirasida mo‘rtlashib qolgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat yanada taranglashdi.
Mamlakatdagi siyosiy kuchlar vaziyatga turlicha munosabat bildirdilar.
Qaltis vaziyatda 1991-yil 19-avgustda O‘zbekiston Prezidenti I.Karimov Hindistonga qilgan rasmiy tashrifidan qaytib keldi va Toshkent shahri faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Prezident O‘zbekistonning nuqtayi nazarini bildirib, respublikamizda favqulodda holat joriy etishga hojat yo‘qligi, O‘zbekistonda vaziyat barqarorligi, qonunga xilof ko‘rsatmalar bajarilmasligini qat‘iy ta‘kidladi.
1991-yil 20-avgust kuni Toshkentda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati va O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahar rahbarlari ishtirokidagi qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis mamlakatda vujudga kelgan vaziyatni muhokama qilib Bayonot qabul qildi. Bayonotda O‘zbekiston Respublikasi tinch vaqtda kuch, avvalo, harbiy kuch ishlatishga qarshi ekanligi ta‘kidlandi. Unda tinchlik, osoyishtalikni saqlash va mustahkamlash, har qanday ig‘vogarona harakatlarning oldini olish, hamma joyda qattiq intizom va tartibni saqlash, mish-mishlar va ehtiroslarga berilmaslik vazifalari ilgari surildi. Bayonotda O‘zbekiston Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi deklaratsiya qoidalarini og‘ishmay va izchil amalga oshirish yo‘lidan boraveradi, deb ko‘rsatildi.
O‘zbekiston Prezidenti I.Karimov 1991-yil 20-avgust kuni respublika aholisiga o‘zining murojaatini e‘lon qildi: “Hozircha mamlakatning hokimiyat doiralari qanday yo‘l bilan, nimalar orqali, qanday siyosat orqali bu maqsadlarga erishish mumkinligi haqida to’liq, hozircha batafsil ma’lumot berganicha yo‘q. Bu ma’lumotlar bilan chuqur tanishganimizdan keyingina bo’layotgan o‘zgarishlarga o‘zimizning munosabatimizni albatta bildiramiz”. Prezident xalqqa: “Biz birovning gapiga kirib ish tutmaymiz, biz o‘zimiz tanlagan yo’limizdan va belgilab olgan maqsadimizdan qaytganimiz yo‘q. Ishonamanki, bu og‘ir sinovlardan ham eson-omon o‘tamiz”,
– deb murojaat qildi. Xalqni og‘ir sinovlardan o‘tayotgan bir paytda sabr-toqatli, bardoshli va vazmin bo‘lishga, tinchlikni saqlash maqsadida jipslashishga chaqirdi (I.Karimovning Respublika aholisiga murojaatidan. “Sovet O’zbekistoni” gazetasi, 1991-yil, 21-avgust soni).
1991-yil 21-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z farmoni bilan O‘zbekiston hududida hokimiyat va boshqaruv idoralari, korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalarning qabul qilgan barcha qarorlari va ularning ijrosi SSSR va O‘zbekiston SSR Konstitutsiyalariga hamda qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlariga va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga so‘zsiz mos kelishi kerak, deb belgilab qo‘ydi. Farmonda SSSRda favqulodda holat davlat qo‘mitasining SSSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga, O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga zid keladigan farmonlari va qarorlari haqiqiy emas, deb belgilab qo‘yildi.
Fitnachilarning qonunga xilof ravishda urinishlari natijasida 1991-yil 19-21-avgust kunlariMoskvada fojiali hodisalar ro‘y berdi. Rossiya Federatsiyasi rahbariyati tashabbusi bilan demokratik kayfiyatdagi Moskva aholisi tomonidan fitna bostirildi. Fitnani uyushtiruvchilar qamoqqa olindi. M.S.Gorbachyov Prezidentlik lavozimiga qaytib keldi. Biroq mamlakatdagi siyosiy vaziyat tang ahvolga tushib qoldi. Markaziy hokimiyat falaj bo‘lib qoldi. Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi ham halokatga uchradi.

  1. Karimov Favqulodda holat davlat qo‘mitasi faoliyatiga o‘z munosabatini bildirmagan, qo‘rqoq va prinsipsiz mavqeda turgan KPSS Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy Byurosi va Kotibiyati yuz minglab kommunistlarning sha‘ni va qadr-qimmatini zarba ostiga qo‘yganini qoraladi. Buning ustiga respublika kommunistlarini chalg‘itishga va davlat to‘ntarishini qo‘llab- quvvatlashga majbur qilishga urinish bo‘lganini oshkora aytdi. I.Karimov bundan keyin KPSS Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy Byurosining tarkibida qola olmasligi to‘g‘risida bayonot berdi. Mazkur Bayonotni O‘zbekiston Kompartiyasi MQ byurosi va Markaziy nazorat komissiyasi Rayosati ma‘qulladi.


Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin