1-modul. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə27/104
tarix05.11.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#67504
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   104
1-modul. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida

O‘zbekiston jamiyatidagi jamoaviy ustuvorlikning tabiati falsafiy-tarixiy jihatdan chuqur ildizga ega va jamoatchilik hayoti tizimida alohida ijtimoiy muvozanat yaratish zarurligiga asoslanadi. Mahalla instituti ravnaq topib, jamoaviylik qadriyatlari davom etmoqda. Uning ijtimoiy hayotga tasiri juda katta.

  • Milliy davlatchilik jarayonlarini chuqurlashtirish sharoitida fuqarolarning demokratik taraqqiyotning faol ishtirokchisi hamda uning faol himoyachisi sifatida tayyorlash murakkab hamda muddat talab etadigan hodisa. Chunki, mustamlakachilik davri illatlaridan qutulish

    «azobi»ni fikrlab yashash, aql-idrok yO‘rig‘i bilan kun kO‘rish «mashaqqati»ni yengish uchun insonga ichki iroda, yangilanish g‘oyasi, qat’iyatli ong va tafakkur, ma’naviy-huquqiy qudrat kerak. Ana shu Iroda va Qudratni uyg‘otish, shakllantirish, unga quvvat baxsh etish bugunning asosiy vazifasidir.
    Hozirgi paytga kelib, milliy davlatchilikning rivojlanish jarayonlari butunlay ijobiy tomonga O‘zgardi. Shubhasiz, huquqiy davlatning eng asosiy tamoyili qonun ustuvorligi ta‘minlanmoqda. Shu bilan birga, inson huquqlari umummajburiy bO‘lishini ta‘minlashda huquqiy davlat asosi - hokimiyatlar bO‘linishining Konstitutsiyaviy prinsipi muhim ahamiyatga ega. Chunki, davlat hokimiyati turli organlarning vakolatlari bO‘linishiga nisbatan inson huquqlarining institusional kafolatlarini yaratadi. Prezident Islom Karimov qaydiga kO‘ra:
    O‘zbekiston Respublikasi milliy davlat qurilmasida hokimiyat uchga ajratiladi - qonunchilik, ijrochilik va sud hokimiyatiga (Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild, -T: “O‘zbekiston”, 1996, 15-b.).
    Bu fikr Konstitutsiyaning 11-moddasida O‘z aksini topgan: ―O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bO‘linishi prinsipiga asoslanadi (O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T.: O‘zbekiston. 2019. 6-bet.). Hokimiyatlar bO‘linishi tamoyilining mavjud bO‘lishi tufayli davlat hokimiyati tizimida hokimiyat organlari bir-birini muvozanatda saqlab turish va nazorat qilishga yO‘l ochib beradigan va bir shaxs yoki organning qO‘lida hokimiyatning tO‘planishiga imkon bermaydigan O‘zaro munosabatlar tartibi O‘rnatiladi.
    Milliy davlatimiz ichki va tashqi siyosatining asosiy yO‘nalishlari - pirovard natijada O‘zbekistonda yangi va adolatli fuqarolik jamiyati barpo etishga qaratilgan. Demokratiyaning murosachilik va yakdillik madaniyati davlat ichki hayotida ham, tashqi siyosatida ham alohida ahamiyat kasb etadi. Jumladan, jamiyat fuqarolari O‘rtasidagi munosabatlar qanchalik samimiy va iliq bO‘lsa, umumxalq va umumdavlat manfaatlari yO‘lida birlashib, muammolarni hal etishda oqilona faoliyat kO‘rsatsa, barcha uchun umumiy vazifalar oldida mas‘uliyat chuqur his qilinsa, bu, birinchidan, demokratiyaning mamlakat ichki hayotidagi madaniyatini belgilaydi. Fuqarolik jamiyatini barpo etishning xalqaro tamoyillari, ya‘ni dunyo davlatlari hamjamiyati e‘tirof etgan yO‘riqlari mavjud bO‘lib, bevosita fuqaroning O‘z xohish-irodasini erkin ifodalash huquqiga egaligi, ozchilikning kO‘pchilikka bO‘ysunishi, barcha fuqarolarning millati, elati, ijtimoiy kelib chiqishi va diniy e‘tiqodidan qat‘i nazar, teng huquqliligi, davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustuvorligi, saylov va saylanish huquqi va boshqalardir. Biroq, ma‘lum bir mamlakatda demokratiyani joriy etishda faqat shuning O‘zi kifoya qiladimi? Yoq
    albatta. Chunki, har bir xalqning O‘z turmush va tafakkur tarzi, tarixiy an‘analari, hayotga munosabati va boshqa jihatlaridan kelib chiqib, demokratiyaga yondashishning O‘ziga xos usuli bor. Shu ma‘noda, Islom Karimov Sharqda demokratik jarayonlarning qadimdan shakllangan O‘ziga xos va O‘ziga mos xususiyatlari bor. Buni aslo nazardan qochirib bO‘lmaydi. Ya‘ni, Sharqda demokratik jarayonlar uzviy ravishda va asta-sekin taraqqiy topadi. Bu sohada inqilobiy O‘zgarishlar yasashga urinishlar g‘oyat noxush, hatto fojiali natijalarga olib keladi. Inqilobni G‘arb olimlari ham «ijtimoiy taraqqiyotning ibtidoiy va yovvoyi shakli», deb ataganlar. Tabiiyki,
    bunday yO‘l bizga aslo tO‘g‘ri kelmaydi. Aslida demokratiyani joriy etishda yurtimizda O‘zbekona tamoyillar shakllanayotganini hisobga olish kerakligini, ta‘kidlagan edi. Bu, ikkinchidan, demokratiyaning tashqi siyosatdagi O‘ziga xosligini ta‘minlaydi.
    Milliy davlatchiligimizning demokratik tamoyillarini yanada chuqurlashtirish va rivojlantirishimiz mumkin. Aslida, demokratiya - «obyektiv voqelik». U bor yoki yO‘q?! Bir tizimdan ikkinchi tizimga O‘tayotganda, unga yO‘riqnomalar, kO‘rsatmalar berish uslubi bilan darhol qurib bO‘lmaydi?! Bu haqda juda kO‘p aytilgan va yozilgan. Biroq, barqaror demokratik jamiyatning qaror topishi uchun zarur ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni hayotga tadbiq qilishga qodir kuchli milliy davlat lozimligini tushunib yetdik! Ammo jamiyatni demokratlashtirish odimlarini SHO‘ro qarashlari bilan O‘lchab bO‘lmaydi. Har bir narsani uning mohiyatidan kelib chiqib, O‘z nomi bilan mardonavor aytish ayni YO‘lboshchimiz Islom Karimovning siyosiy sifatlaridan biridir. Har qanday siyosiy vazifa siyosatchi zimmasiga rejadagilarni amalga oshirish irodasi va layoqatidan iborat bO‘lgan javobgarlikni yuklaydi.
    O‘rni kelganda, ta‘kidlash joizki, rahbar O‘zini «demokrat», davlatini esa «demokratiya oroli» deb xohlaganicha aytishi mumkin, biroq shu bilan birga, uning davlatida ochlik, qashshoqlik, tartibsizlik, turli tomonga tashlanishlar hukmron bO‘lishi ham hech gap emas?! Bir qator MDH davlatlaridagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar bunga yorqin misol bO‘la oladi. Bizning davlatimizga kelsak, XXI asrda davlatlarning arzon populizmi va demokratiya niqobi ostidagi O‘yinlari emas, balki zaruriy milliy mafkuraviy g‘oyadan voqelikka aylangan haqiqiy demokratik, ochiq adolatli jamiyat tomon qO‘ygan shahdam qadamlarimiz, bu borada qO‘lga kiritgan yutuqlarimiz bilan O‘zbekiston davlati tanlagan yO‘l - demokratik tamoyillar mazmunini tashkil etadi.
    Milliy davlatchiligimizning jahon sivilizatsiyasiga demokratik jarayonlar bilan chiqishi ham muammolar yechimiga ta‘sir kO‘rsatadi, albatta. Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston munosabatlari tO‘g‘risida 1996 yil 21 iyunda tuzilgan muhim hujjat-sherikchilik va hamkorlik tO‘g‘risidagi Bitim imzolanishi bilan demokratik jarayonlarga dastlabki asos solingan edi. Mazkur Bitim doirasida Yevropa Komissiyasi O‘zbekistonda Yevropa Eyd (Yevropa kO‘magi) dasturining bir qator loyihalarini moliyalashtirib kelmoqda.
    Shuni alohida e‘tirof etish lozimki, insoniyat tarixiga nazar solsak, demokratik jarayonlarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etgan, milliy davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, ma‘naviy-ma‘rifiy-siyosiy-huquqiy taraqqiyoti asosiy omil bO‘lib xizmat qilgan. Har bir xalq demokratiyani O‘z mentaliteti, O‘z kO‘nikmalari, qadriyatlariga munosib tarzda u yoki bu darajada hayotga joriy qiladi. Umuminsoniy mohiyat va mazmunga ega bO‘lgan tamoyillar har bir davlatning taraqqiyot darajasi, boshqaruv tizimi, siyosiy muhiti, xalq ommasi ijtimoiy ongining faolligi bilan bog‘liq holda joriy qilinadi. Xuddi shu va boshqa ijtimoiy rivojlanish sur‘atlarini belgilovchi omillar ta‘sirida davlatning demokratik jarayonlarini joriy qilish sur‘atlari jadallashadi yoki sustlashadi. Demak, demokratiyani yuqoridan majburan joriy etish mumkin emas!?
    Demokratiya - xalq ijodi, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligi natijasida qO‘lga kiritiladigan boshqaruv tizimi. Demokratiya doimo xalq ommasining pok va halol harakati, O‘z huquqlari, ehtiyojlarini qondirish uchun olib borgan mashaqqatli kurashlari, faol mehnati na- tijasida qO‘lga kiritilgan. Islom Karimov har doim, milliy davlatlarda demokratik tamoyillarni hayotga joriy qilish turli yO‘llar vositasida amalga oshirilishi, lekin uning asosiy talabi va omili doimo shaxsning huquq va erkinliklari, shu jumladan, erkin fikrlash hamda mulohazalarini bemalol erkin bayon qilish huquqini ta‘minlash bO‘lib, har qanday davlatning demokratik jarayonlarini amalga oshirishda ma‘lum muddat talab qiluvchi holatdir, deb ta‘kidlaydi. Avvalambor, demokratiyaning huquqiy asoslari barpo qilinishi shart. Ushbu jarayonlarni sun‘iy ravishda jilovlab turish yoki sur‘atlarini jadallashtirish ijobiy natijalarga olib kelmaydi.
    Hozirgi paytda huquqiy demokratiya yO‘lini tanlab jadal sur‘atlarda rivojlanayotgan milliy davlatimiz uchun insoniyat tarixining turli davrlarida demokratik davlatlarning shakllanishi va amaliyotini tahlil qilishi, qiyosiy O‘rganishi muhim ahamiyatga ega. Ya‘ni, dunyo davlatlari demokratiyaga ma‘naviy-ma‘rifiylashgan jamiyatga xos tamoyillar bilan munosabatda bO‘lishlari
    va baholash madaniyatini egallab olishlari, hatto ba‘zi manfaatlardan voz kechishi ham mumkin. Masalan, hayot kechirish G‘arb turmush tarziga mos bO‘lsa va uni targ‘ib etsa, ya‘ni demokratik qarashlar bizning mentalitetimizga tO‘g‘ri kelmasa, qarash bir tomonlama yondashuv hisoblanib, O‘zini qadrlagan, hurmat qilgan xalq uchun xavfli hamda tahdidli bir holatdir. Turli xalqlar, turli madaniyatlar, manfaatlarning yonma-yon yashashi, yashay olishi faqat haqiqiy milliy demokratik sharoitdagina amalga oshadi. Buni biz istiqbolli milliy davlatimiz miqyosida kO‘rib turibmiz!
    Bugungi dunyo davlatlari demokratik jarayonlarni kafolatlovchi omillarga ega. O‘zbekiston ham undan chetda emas. Shu O‘rinda haqiqiy demokratiyaning soxta demokratiyadan farqini anglash bilan bog‘liq fuqarolik madaniyatiga ega bO‘lish; demokratiya niqobi ostidagi «demokratik O‘yinlar»ning, qarashlarning, chiqishlarning orqasidan ergashmaslik; taqlid qilish yoki qilmaslikning qaysi milliy manfaatga tO‘g‘ri kelishi yoki kelmasligini solishtirib kO‘rishga yetadigan uyg‘oq ong va tafakkurga ega bO‘lish; aholining asosiy qismi demokratiyaga tayyor bO‘lishi, unga befarq bO‘lmasligi, demokratik ong va madaniy saviyada dunyo va milliy taraqqiyot talablaridan orqada qolmasligi kerak.
    TO‘g‘ri va haqiqiy bunyodkorlik g‘oyasini faqat milliy davlatning demokratik qarashlari orqali amalga oshirish mumkin! Hozirgi davrda jahon davlatlari erishayotgan yutuqlardan orqada qolmaslik, yangi texnologiyalarni egallab, uni ishlab chiqarishga joriy etish uchun izlanish, yangi-yangi ixtirolar qilishga qodir bO‘lish, mustaqillikni mustahkamlash va uni rivojlantirish milliy davlatimizning muhim yO‘nalishlarini tashkil etadi. O‘zligini anglagan xalq mustaqillikka, O‘z taqdiriga, farzandlarining kelajagiga istiqbol kO‘zi bilan qaraydi! Jahonda O‘ziga xos O‘ringa va nufuzga ega bO‘layotgan O‘zbekiston davlati ana shunday milliy demokratik yO‘ldan bormoqda,- deb ta‘kidlagan edi Islom Karimov.
    Yigirmanchi asr jahon sivilizatsiyasida bir-biriga qarama-qarshi bO‘lgan katta iz qoldirdi. Jahon urushlari, fan-texnika taraqqiyoti, turmush tarzida muayyan darajada farovonlik va hokazolarni aytish mumkin. Lekin mamnuniyat bilan qayd qilish kerak, XX asrning sO‘nggi O‘n yilligi O‘zbekiston milliy davlatchiligi uchun ulkan tarixiy-inqilobiy O‘zgarishlarni yuzaga keltirdi. Bu O‘n yillik mamlakatimizda mustaqillikni ham iqtisodiy, ham siyosiy-ijtimoiy, ham huquqiy-ma‘naviy, ham xalqaro munosabatlarda tikladi, takomillashtirdi.
    Mustaqillikning birinchi O‘n yilida O‘zbek O‘zligini tanidi, jahondagi nufuzli millatlardan biriga aylandi. Muhimi - istiqlol mafkurasi shakllandi, millatimiz, xalqimiz O‘z g‘oyasi va iymon-e‘tiqodiga qaytdi. Ajdodlarimizning boy merosi tiklandi va tiklanmoqda. Biz ularning vorislari sifatida dunyo ma‘naviy-ilmiy jamoatchiligi oldida qarzdormiz. Chunonchi, Muhammad al-Xorazmiy, Muhammad az-Zamaxshariy, al-Hakim, at-Termiziy, XO‘ja Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, XO‘ja Axror Valiy va boshqa O‘nlab alloma-avliyolarning teran ilmiy xulosalari va amallarini uchinchi ming yillikda va hamisha jahon ahliga yetkazib, osoyishta va farovon, tinch-totuv yashashimizga katta va munosib hissa qO‘shmog‘imiz kerak.
    Diniy qarashlar odob-axloqning uzviy qismiga aylandi. Cheklashlar man qilindi. Inson kamolida iymon-e‘tiqod, Yaratganga shukronalar aytish hamda dunyoviy bilimlarni egallash, taraqqiyotni yuksaltirish davom etaveradi. I.A.Karimovning say-harakatlari tufayli 2007 yil Toshkent Islom dini poytaxti, degan maqomni oldi. O‘nlab, yuzlab avliyo-anbiyolar maqbaralari tiklandi. Hozirgi paytda 18 diniy konfensiyalar tolerantlik tamoyiliga kO‘ra millatlararo totuvlik asosida ishlab turibdi.
    Albatta, har qanday milliy davlat iqtisodiyotining asosini energetika va tabiiy boylik zahiralari tashkil etadi. Shuning uchun ham jahondagi rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar tO‘qnashayotgan hozirgi energetika yetishmovchiligi sharoitida O‘zbekistonning muhim ustunligi mamlakat iqtisodiyotining ushbu yO‘nalishda dunyodagi juda kam sonli davlatlar singari I.Karimovning qat‘iy say-harakatlari bilan tO‘la mustaqillikka erishganligidadir. Ba‘zi davlatlar esa uzoqni kO‘zlamay, faqat joriy yilga mO‘ljallangan byudjetni hisoblab chiqib, eng kam jahon sarmoyasi bahosiga O‘tishmoqda. Bu esa inqirozni bartaraf qilishga salbiy ta‘sir kO‘rsatishi mumkin.
    O‘zbekiston O‘zining qO‘shimcha tarzda gaz, neft, kO‘mir va uran zahiralariga ega bO‘lib, ularni sof holda eksport qilish bO‘yicha jahonning O‘nta davlati safiga kiradi. Mamlakatning
    umumiy energetika zahiralari yana kamida 100 yil davomida iqtisodiyot ehtiyojlarini qondirish uchun yetadi. Buning O‘ziyoq milliy davlatimizning boy imkoniyatlarga ega ekanligidan dalolat beradi.
    Umuman olganda, davlat va milliy davlatchilik muammosi, uning hozirgi globallashuv davridagi rivojlanish davom etmoqda. Prezident Islom Karimov asos solgan milliy davlatchiligimiz bundan keyin ham uzoqni kO‘zlagan dastur asosida ravnaq topaveradi.


    O‘ZBEKISTONDA DEMOKRATIK, FUQAROLIK JAMIYATI ASOSLARINING SHAKLLANISHI, AMALGA OSHIRILGAN SIYOSIY ISLOHOTLAR.



    Yüklə 1,27 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   104




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin