Milliymusiqavaqo‘shiqchilik. Mustaqillik yillarida milliy musiqa va qo‘shiqchilik san‘ati rivojlandi. Respublika Madaniyat ishlari vazirligi, 1992-yilda tashkil etilgan ―Xalq ijodi va madaniy-ma‘rifiy ishlar respublika markazi, markazning viloyatlardagi bo‘limlari musiqa va qo‘shiqchilik san‘atini, havaskorlik va folklor jamoalari faoliyatini rivojlantirish, unutilgan xalq ohanglarini tiklash maqsadida turli xil ko‘rik-tanlovlar, festivallar tashkil etmoqda. 1992-yilda Toshkentda ―Asrlarga tengdosh navolar va ―Boqiy ovozlar, Xorazm viloyatida folklor jamoalari, askiya, qiziqchi va masxarabozlarning, Qo‘qonda katta ashula, lapar va yalla ijrochilarining ko‘rik-tanlovlarini o‘tkazdi. 1994-yil may oyida Parijda bo‘lib o‘tgan ―Sharq musiqasi festivalida Munojot Yo‘lchiyeva va Shavkat Mirzayevlar ishtirok etib, o‘zbek milliy qo‘shiqchilik san‘atini jahonga namoyish etdilar.
1996-yil aprel oyida Turkiston saroyi, ―Bahor dastasi va boshqa ijodiy konsert tashkilotlari negizida tashkil etilgan “O’zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi xalq orasidan iste‘dodli qo‘shiqchilarni izlab topish va ko‘rik-tanlovlarga jalb etish, musiqa va qo‘shiqchilik san‘ati bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish kabi tadbirlarni amalga oshirdi. Musiqa-raqs san‘atini rivojlantirish davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Respublika Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 5-dekabrdagi “O’zbekiston–Vatanimmanim” qo‘shiqlar bayrami to‘g‘risidagi Farmoni qo‘shiqchilik san‘atini rivojlantirishga ijobiy ta‘sir ko‘rsatdi. 1996-yil ko‘rik tanlovini o‘tkazish barcha viloyat, shahar va tumanlarida qo‘shiq tanlovining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi, unda 54 mingdan ziyod qo‘shiqchilar qatnashdi. Tanlovning yakunlovchi bosqichi avgust oyida o‘tdi. 700 ta qo‘shiqchi qatnashdi, ulardan 10 tasi mukofotlandi. O‘zbekiston Prezidentining 1996-yil 27-avgustdagi farmoni bilan bunday ko‘rik tanlov har yili avgust oyida o‘tkaziladigan bo‘ldi va avgust oyining uchinchi yakshanba kuni
―O‘zbekiston – Vatanim manim qo‘shiq bayrami kuni deb belgilandi. Bu tanlov jarayonida yuzlab Vatan, mustaqillikni e‘zozlovchi yangi qo‘shiqlar yaratildi. ―O‘zbekiston – Vatanim manim, ―Men seni sevaman – O‘zbekiston, ―Vatan yagonadir, ―Mustaqillik gullari, ―Ona yurtim, ―O‘zbekiston askarlari qo‘shiqlari shular jumlasidandir.
1997-yil 11-martda qabul qilingan Respublika hukumatining ―Sharq taronalari Xalqaro musiqa festivalini o‘tkazish to‘g‘risida Qarori musiqa san‘atining noyob namunalarini keng targ‘ib qilish, rivojlantirishda dasturulamal bo‘lib xizmat qildi. 1997-yil 25-avgust – 2-sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tgan „Sharq taronalari― birinchi Xalqaro festivalida dunyoning 40 dan ortiq mamlakatidan ijrochilar, san‘atshunoslar, jamoal arboblari ishtirok etdilar, festivalda
yangragan o‘zbek ohanglari, kuy-qo‘shiqlari jahon uzra aks-sado berdi. Ozarbayjonlik Simara Imonova oliy mukofot – Gran-priga sazovor bo‘ldi. 1-o‘rin Munojot Yo‘lchiyeva va hindistonlik Shainu Khulanaga nasib etdi. Har ikki yilda Samarqandda ―Sharq taronalari Xalqaro festivalini o‘tkazish an‘anagaaylandi.
Mustaqillik yillarida musiqa san‘atining rivoj topishiga 1995-yildan boshlab o‘tkazilayotgan ―Ilhom-XX, ―Ilhom-XXI xalqaro musiqa, ―Ofarin respublika estrada festivallari, xalqaro simfonik musiqa, katta ashula, maqom, to‘y marosimi qo‘shiqlari festivali har yili 31-avgust va 21-mart kunlari o‘tkazilavotgan Mustaqillik va Navro‘z kunlariga bag‘ishlangan bayram tantanalari ham ijobiy ta‘sir ko‘rsatmoqda.
O‘rta maxsus ta‘lim muassasalari, bolalar musiqa va san‘at maktablari O‘quvchilari orasida
O‘tkazilayotgan turli tanlovlar, jumladan, M.Turg‘unboyeva nomidagi respublika raqs tanlovi,
―San‘at g‘unchalari, ―Yangi avlod, ―Kelajak ovozi kabi respublika festivallari yosh iste‘dodlarni kashf etmoqda. 2002-2012 yillarda 463 nafar O‘rta maxsus va oliy ta‘lim muassasalari O‘quvchi-talabalari jahonning turli mamlakatlari va respublikada O‘tkazilgan festival hamda tanlovlarning sovrindorlari bO‘ldilar.
Iste‘dodli yosh ijrochilarni qO‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan 2000 yil 25 avgustda ta‘sis etilgan ―Nihol mukofoti alohida O‘rin tutadi. Misol uchun, 2012 yili ushbu tanlovda 10688 nafar ishtirokchi qatnashdi, ushbu mukofot sovrindorlari soni 137 nafarga yetdi.
SO‘nggi yillarda mamlakatimizda musiqa madaniyati saviyasini yangi bosqichga kO‘tarish borasida qator ishlar amalga oshirildi. Sohaning qonunchilik bazasi mustahkamlandi va zamonaviylashtirildi. Jumladan:
2017 yil 20 iyul – Xorazmda O‘zbekiston xalq artisti Komiljon Otaniyozov tavalludining
100 yillik bayrami nishonlandi.
2017 yil 15 avgust – ―O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi faoliyatini tashkil etish tO‘g‘risida O‘zR Prezidentining Qarori (PQ-3212) e‘lon qilindi.
2017 yil 28-30 avgustda Samarqandda ―Sharq taronalari 11-xalqaro musiqa festivali
bO‘lib O‘tdi.
2017 yil 17 noyabrda ―O‘zbek milliy maqom san‘atini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari tO‘g‘risida O‘zR Prezidentining Qarori (PQ-3391) e‘lon qilindi.
2018 yil 6 sentabr kuni Shaxrisabzda Xalqaro maqom san‘ati anjumani ochildi va unda Prezidentimiz SH.Mirziyoyev ―Maqom–musiqasan’atidurdonasi”nomli ma‘ruza qildi.
2018 yil 1 noyabrda ―Xalqaro baxshchilik festivalini O‘tkazish tO‘g‘risidagi O‘zR Prezidentining qaroriga kO‘ra mazkur festival har ikki yilda bir marta, 5-10 aprelda O‘tkazish belgilandi.
2018 yil 29 iyunda ―O‘zbekiston davlat filarmoniyasi faoliyatini tashkil etish chora- tadbirlari tO‘g‘risida O‘zR Prezidentining Qarori (PQ-3813) qabul qilindi.
2019 yil 6 aprel kuni Surxondaryoda Xalqaro baxshichilik san‘ati festivali ochildi. Unda Prezident SH.Mirziyoyev ―Folklor san‘ati – insoniyatning bolalik qO‘shig‘i nomli ma‘ruza qildi.
2019 yil 14 mayda ―Baxshichilik san‘atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tO‘g‘risida O‘zR Prezidentining qarori (PQ-4320) e‘lon qilindi.
2019 yil 30 avgustdan boshlab Toshkentda Xareografiya oliy maktabi yangi zamonaviy
binoda O‘z ishini boshladi.
Muzey. Jamiyat madaniy-ma‘rifly hayotida, aholida tarixiy xotirani tiklash va mustahkamlashda muzeylarning ahamiyati katta. Shu boisdan ham mustaqillik yillarida mavjud muzeylarni ta‘mirlash, ularni yangi eksponatlar bilan boyitish, yangi muzeylar barpo etishga alohida e‘tibor berildi.
1992-yilda Namanganda ulug‘ o‘zbek shoiri Boborahim Mashrab muzeyi, Xorazmda hofiz Hojixon Boltaboyev nomli maqomchilar muzeyi, Urganchda Xorazm amaliy san‘ati va tarixi muzeyi, Buxoroda temirchilik muzeyi, Samarqand vilovatining Oqtosh shahrida xalq baxshisi Islom shoir Nazar o‘g‘lining uy-muzeyi, 1993-yilda Toshkentda o‘zbek ayollari orasidan
chiqqan birinchi huquqshunos olima Xadicha Sulaymonova muzeyi, O‘zbek raqqosasi Mukarrama Turg‘unboyeva muzeyi, Navoiy viloyatining Tomdi tumanida mashhur cho‘pon, ikki marta Mehnat Qahramoni Jaboy Bashmanov muzeyi, 1994-yilda Toshkentda xalq rassomi Usta Muhiddin Rahimov muzeyi, 1996-yilda O‘zbekiston Gidrometeorologiya muzeyi, 1997-yilda Buxoroda mashhur zarb qiluvchi Salim Hamidov muzeyi, shuningdek, oliy ta‘lim muassasalarida ko‘plab muzeylar ochildi.
1996-yil 1-sentabr kuni Toshkentda Osiyoda yagona bo‘lgan Olimpiya shon-shuhrat muzeyi ochildi. Bu muzey o‘zbekistonlik sportchilarning xalqaro musobaqalaridagi muvaffaqiyatlarini namoyish etadigan, mamlakatimizda sport harakatining rivojini rag‘batlantiradigan markaz bo‘lib qoldi.
1996-yil 18-oktabrda Toshkentda Temuriylartarixidavlatmuzeyi ochildi. Muzey temuriylar davri ruhini aks ettiruvchi o‘sha davrga xos tarixiy jihozlar, qurol-aslahalar, lashkarboshilar va oddiy jangchilarning kiyim-boshlari, oltindan yasalgan uy-buyum ashyolari, musiqa asboblari, Amir Temur, Bobur qo‘lyozmalari, Ulug‘bekning astronomik qurilmalari va boshqa 2000 dan ortiqroq tarixiy, madaniy yodgorliklar bilan jihozlangan. Temuriylar tarixi davlat muzeyi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan madaniy, ma‘naviy, ma‘rifiy ishlar, ilmiy tafakkur markaziga aylandi.
O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi yangi binoga ko‘chirildi hamda ajdodlarimizning ko‘p ming yillik hayoti va madaniyatini ilmiy, xolisona aks ettiruvchi yangi eksponatlar bilan qayta jihozlandi. O‘zbekiston davlat san‘at muzeyi Yaponiya hukumaii tomonidan beg‘araz ajratilgan 38,8 mln iyen pul mablag‘i hisobiga ta‘mirlandi, yangi muzey jihozlari, asbob-uskunalari bilan yanada boyidi.
O‘zbekiston Prezidentining 1998-yil 12-yanvardagi ―Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risidagi Farmoni va uning bajarilishini ta‘minlashga qaratilgan respublika hukumatining ―Muzeylar faoliyatini qo‘llab-quvvatiash masalalari to‘g‘risidagi Qarori mamlakatimizda muzey ishini rivojlantirish istiqbollarini belgilab berdi. Madaniyai ishlari vazirligi, ―Oltin meros jamg‘armasi, Badiiy akademiya, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi muzeylar rahbariyati bilan hamkorlikda muzeylarning rivojlanishi va moliyaviy ta‘minoti bo‘yicha dastur ishlab chiqildi. Muzeylar davlat muhofazasiga olindi, ularni ta‘mirlash, muzey eksponatlarini boyitish davlat budjeti hisobidan moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlandi. Muzeylar faoliyatini muvofiqlashtirish, ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatish, moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1998-yilda ―O‘zbekmuzey Respublika jamg‘armasi tuzildi. Aholining muzeyshunoslik madaniyatini oshirishga ko‘maklashuvchi ―Moziydan sado jurnali ta‘sis etildi va u 1999-yildan boshlab o‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr etila boshlandi. Faqat 1999-yilda muzeylarning asosiy fondi 7544 ta tarixiy va madaniy yodgorliklar bilan boyidi.
O‘zbekistonda 90 dan ortiq davlat va 1200 dan ortiq jamoatcnilik muzeylari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda 1,3 milliondan ortiq ajdodlarimiz tarixi, betakror madaniyatini aks ettiruvchi nodir buyumlar – eksponatlar saqlanmoqda va aholiga namoyish dilmoqda. Mamlakatimizning me‘moriy yodgorliklarga boy 10 ta shahri tarixiy shaharlar ro‘yxatiga kiritilgan. 2500 ta me‘moriy obida, 2700 ta arxeologik yodgorlik, 1800 monumental san‘at asari davlat muhofazasiga olingan. Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlaridagi 3 ta muzey- qo‘riqxonalarida butun dunyoda eng nodir tarixiy yodgorliklar, me‘moriy obidalar, monumental san‘at asarlari saqlanib qolgan, davlat muhofazasida yangidan chiroy ochayotgan muzeylar sifatida e‘tirof etilgan.
Mustaqillik sharofati bilan Samarqand muzey-qo‘riqxonasining Registon maydoni yodgorliklari, Shohizinda, Bibixonim me‘moriy majmuasi, Amir Temur maqbarasi, Afrosiyob muzeyi, Ruhobod majmuasi, Buxorodagi Kalon minorasi va masjidi, Mir-Arab madrasasi, Savdo gumbazlari, Sitorayi Mohi Xosa ansambli, Bahouddin Naqshband majmuasi, Xivaning Ichan qal‘asidagi Ko‘hna ark, Muhammad Aminxon madrasasi va masjidi, Islomxo‘ja minorasi, Toshhovli saroyi, Jome masjidi, Shahrisabzdagi Dor-us-saodat, Dor-ut-tilovat ansambllari, Amir Temurning Oq saroyi, Termizdagi Hakim at-Termiziy, Imom Termiziy, Sulton Saodat, Qirqqiz
me‘moriy yodgorlik majmualari qayta ta‘mirlandi. Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabzdagi betakror me‘moriy yodgorliklar jahon xalqaro madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Mustaqillik yillarida xalqimizning me‘moriy obidalari qatoriga yangidan barpo etilgan Amir Temur, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek, Ahmad al-Farg‘oniy, Alpomish, Jaloliddin Manguberdi haykallari qo‘shildi. 2002-yilda Termiz shahrining 2500 yilligi munosabati bilan tarixiy ashyolar, me‘morchilik va haykaltaroshlik san‘ati namunalari, devoriy rasmlar, uy- ro‘zg‘or buyumlari, turli taqinchoqlar bilan jihozlangan muhtasham arxeologiya muzeyi barpo etildi.
O‘zbekiston muzeylari aholi orasida o‘lkamiz tarixi, xalq amaliy san‘ati asarlaridan iborat etnografik ko‘rgazmalarni namoyish etib, jamiyatimiz ma‘naviy kamoloti yo‘lida xizmat qilmoqda. Minglab xorijiy sayyohlar respublikamiz muzey-qo‘riqxonalariga tashrif buyurib, ajdodlarimizdan qolgan tarixiy yodgorliklar, obidalar, monumental san‘at asarlari oldida ta‘zim etmoqdalar. Fransiya, Turkiya, Eron, Pokiston, Koreya, Xitoy va boshqa mamlakatlarda O‘zbekiston muzeylarining eksponatlari namoyish etildi.
Shu o‘rinda, Vatanimiz tarixini o‘rganayotgan Siz aziz o‘quvchilarni ajdodlarimiz tarixini, madaniy hayotini o‘zida yorqin aks ettiruvchi ko‘pdan ko‘p muzeylarga tashrif buyurib, o‘z bilimlaringizni yanada boyitib va mustahkamlab borishga taklif etamiz.
Istiqlolning dastlabki yillaridanoq muzeylarga alohida etibor qaratildi. 1994 yilda Madaniyat ishlari vazirligi tizimida turli sohalar bO‘yicha 68 ta muzey mavjud edi. 1999 yilda ularning asosiy fondiga 7544 ta eksponat qabul qilindi. Shu yilda muzeylarga 1655400 kishi tashrif buyurdi.
Hozir O‘zbekistonda 133 ta muzey faoliyat kO‘rsatmoqda. Ulardan 98 tasi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tasarrufida bO‘lib, 4 ta muzey Fanlar akademiyasi qoshida, 2 ta muzey O‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi qoshida, 7 ta muzey boshqa vazirlik va tashkilotlar qoshida ish olib bormoqda.
O‘zbekiston fuqarolarini, ayniqsa, yoshlarni muzey muassasalariga jalb etish, mazkur muassasalarning tarbiyaviy rolini oshirishga alohida ahamiyat berildi. 2014 yil 11 iyulda Vazirlar Mahkamasining ―Davlat muzeylarini bolalar va ularning ota-onalariga ochiqligini ta‘minlash chora-tadbirlari tO‘g‘risidagi qarori shu ma‘noda juda ahamiyatli bO‘ldi.
Muzeylarning ijtimoiy-madaniy ahamiyati oshdi, ularning O‘zbek xalqi milliy O‘zligini anglash jarayonidagi roli kuchaydi. Muzeylarga e‘tibor xorijlik fuqarolarning O‘zbekistonga, uning boy va qadimiy madaniyatiga bO‘lgan qiziqishini oshirdi.