38. Dars ishlanmalarini tayyorlash va mashg‘ulotlarni olib borishda o‘qituvchi nimalarga ahamiyat berish lozim?
*a) Pedagogik-psixologik me’yorlarga jiddiy ahamiyat berish, ya’ni o‘quvchilarning yoshi, tafakkuri, dunyoqarashi va qiziqishlarini e’tiborga olish lozim.
b) Pedagogik-psixologik me’yorlarga jiddiy ahamiyat berish, ya’ni o‘quvchilarning yoshi, jismoniy holati va faol yoki passivligini e’tiborga olish lozim.
c) Pedagogik-fiziologik me’yorlarga ahamiyat berish, ya’ni o‘quvchilarning jismoniy holati, egiluvchanligi va impulsivligini e’tiborga olish lozim.
d) Pedagogik-psixologik me’yorlarga jiddiy ahamiyat berish, ya’ni tinglovchilarning yoshi, hayotiy pozitsiyasi va e’tiqodlarini e’tiborga olish lozim.
39. Kompetensiya so‘zining lug‘aviy ma’nosi nima?
*a) Kompetensiya – lotincha compete – erishayapman, munosibman, loyiqman
b) Kompetensiya – lotincha compete – e’tiborli, diqqatli, ahamiyatli.
c) Kompetensiya – inglizcha compete – erishayapman, munosibman, loyiqman.
d) Kompetensiya – fransuzcha compete – ma’qul, qulay, loyiq.
40. YUrtimizning pedagogika sohasidagi olimlari tomonidan o‘qituvchining kasbiy kompetentliligiga berilgan ta’rif nimani nazarda tutadi?
*a) O‘qituvchining ma’naviy dunyoqarashi, psixologik-pedagogik va tashkiliy-texnologik salohiyatini.
b) O‘qituvchining ma’naviy dunyoqarashi, pedagogik-estetik va tashkiliy-aksiologik salohiyatini.
c) O‘qituvchining ma’naviy dunyoqarashi, psixologik-fiziologik va tashkiliy-texnologik imkoniyatini.
d) O‘qituvchining ma’naviy dunyoqarashi, psixologik-axloqiy va tashkiliy-ruhiy salohiyatini.
41. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar turkumidagi fanlarni o‘qitishda foydalaniladigan manbalarda birinchi navbatda nimalar aks etgan bo‘lmog‘i lozim?
*a) Vatanimizning shonli tarixi, ajdodlarimizning o‘tmishi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar aks etgan bo‘lishi lozim.
b) Vatanimizning shonli istiqboli, ajdodlarimizning o‘tmishi, milliy va umummintaqaviy qadriyatlar aks etgan bo‘lishi lozim.
c) Davlatchiligimizning shonli tarixi, qahramonlarimizning o‘tmishi, ijtimoiy va umuminsoniy qadriyatlar aks etgan bo‘lishi lozim.
d) Vatanimizning bir asrlik tarixi, ajdodlarimizning o‘tmishi, milliy va umuminsoniy qarashlar aks etgan bo‘lishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |