1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi



Yüklə 3,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/179
tarix26.09.2023
ölçüsü3,02 Kb.
#149187
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   179
11sinif biologiya

Kuzatilgan natijalar
Tajriba variantlari
1-novda
2-novda
3-novda
4-novda
O‘simlik o‘sgan muhit 
sharoiti
O‘simlikning 
bo‘yi
1-hafta 
2-hafta 
Barglar soni
1-hafta 
2-hafta 
Barglarning 
o‘lchami
1-hafta 
2-hafta 
Barglarning 
rangi
1-hafta 
2-hafta 
4. Besh haftadan so‘ng o‘tkazilgan tajriba yuzasidan xulosa chiqaring. 
5. Quyidagi savollarga javob bering. 
1) Muhit sharoiti qanday abiotik omillar bilan farqlanadi? 
2) Tuproq, relyef, shamol kabi omillar namlik va haroratning taqsimlanishiga 
qanday ta’sir ko‘rsatadi? Misollar keltiring.
3) Tuproqning sho‘rlanishi, kislorodga boyligi ekosistemaning holatiga qanday 
ta’sir ko‘rsatadi? 
4) Quyidagi omillarni uch toifaga – abiotik, biotik, antropogen omillarga 
ajrating: yirtqichlilik, o‘rmonni kesish, havoning namligi, havo harorati, parazitizm, 
yorug‘lik, binolar qurish, atmosfera bosimi, zavodlardan karbonat angidrid gazining 
havoga chiqarilishi, suvning sho‘rligi. 
5) Qulay mikroiqlim yaratish orqali inson turli harorat sharoitlarida, Antark-
tidaning sovuq qish sharoitida, kosmosning qahraton sovug‘ida ham yashab, ishlay 
oladi. Harorat inson uchun cheklovchi omil bo‘la olmaydi degan xulosa chiqarish 
mumkinmi? 
6) Berilgan ekologik omillarni klasterda ifodalang. 
1. Tuproq omillari. 2. Bakteriyalar. 3. Iqlim omillari. 4. Insonning biogeotse-
nozga bevosita ta’siri. 5. Zamburug‘lar. 6. Topografik omillar. 7. O‘simliklar. 
8. Insonning biogeotsenozga bilvosita ta’siri. 9. Fizik omillar. 10. Hayvonlar. 
EKOLOGIK OMILLAR
Abiotik omillar
Biotik omillar
Antropogen omillar


81
14-§. TURNING POPULATSION STRUKTURASI
Tayanch bilimlaringizni qo‘llang
. Turning ta’rifini eslang. Ta’rifda 
turning o‘ziga xos qaysi jihatlari aks etadi? Hayotning tur darajasiga 
ta’rif bering. Turning populatsiyalardan tuzilganligi tur uchun qanday 
ahamiyatga ega? 
Tabiatda har bir biologik tur bir-biridan nisbatan alohidalashgan popu-
latsiyalardan tashkil topadi. 
Populatsiya 
kelib chiqishi umumiy bo‘lgan, o‘zaro erkin chatishib, nasl
-
dor avlod beradigan arealning ma’lum qismida uzoq muddat mavjud bo‘l
gan, 
shu turning boshqa populatsiyalaridan nisbatan alohidalashgan
indi
vidlarning 
yig‘indisidir.
«Populatsiya» so‘zi lotincha «populus» so‘zi dan olingan bo‘lib 
«xalq», «aholi» degan ma’noni anglatadi.
Populatsiyalar nisbatan turg‘un biologik sistemalar bo‘lib, quyidagi ko‘r-
satkichlar: 
– populatsiya individlari o‘rtasida o‘zaro chatishish natijasida doimiy 
ravishda sodir bo‘ladigan genlar almashinuvi natijasi – genofondi; 
– turli to‘siqlar va tarqalish imkoniyatining cheklanganligi bilan bog‘liq 
holda boshqa populatsiyalardan alohidalashganligi
– ko‘payish jarayonida ishtirok etadigan yosh individlarning soni; 
– genlar dreyfi, mutatsiyalar kabi evolutsiya omillari ta’sirida genlarning 
yangi kombinatsiyalarining yuzaga kelishi bilan tafsiv lanadi. 
Populatsiyaning muhim xususiyatlaridan biri o‘z-o‘zini boshqarishi, ya’ni 
uzoq muddat individlar sonini bir xilda saqlab turishidir. Bu xususiyat 
populatsiya gomeostazi 
(yunoncha «homoios» – o‘xshash, «stasis» – turg‘in)
deyiladi.
Populatsiya guruhli uyushma bo‘lib, alohida olingan individlarga ega 
bo‘lmagan xususiyatlar bilan tavsiflanadi. Bu xususiyatlar insonlarga popu-
latsiyalarning kelajakdagi rivojlanishini oldindan bilish hamda populatsiya lar 
bilan o‘zaro ongli munosabatlarni tashkil etishda muhim ahamiyat ga ega. 
Quyida populatsiyaning xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz. 
Aksariyat hollarda populatsiyadagi individlarning umumiy sonini aniq-
lashning imkoni bo‘lmaydi. Bunda populatsiyadagi individlar soni muayyan 
muhitdagi zichlikni aniqlash orqali topiladi.


82

Yüklə 3,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin