1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi



Yüklə 3,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/179
tarix26.09.2023
ölçüsü3,02 Kb.
#149187
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   179
11sinif biologiya

61-rasm. 
Nerv sistemasining 
asosiy tiplari: 1 – kovakich
-
lilarning diffuz tipidagi nerv 
sistemasi; 2 – yassi chuval
-
changlarning stvol tipidagi 
nerv sistemasi; 3 – halqali 
chuvalchang ning nerv zan
-
jiri tipidagi nerv sistemasi; 
4 – umurtqalilar ning nerv nayi 
tipidagi nerv sistemasi.
1
2
3
4


205
lashgan, qorin nerv zanjiridagi juft nerv tugunlari qo‘shilishi natijasida 
nerv tugunlari yiriklashgan. Ularning bosh bo‘limida asosiy sezgi organlari 
joylashganligi sababli nerv markazlarining hajmi kattalashgan.
To‘rtinchi bosqich barcha xordalilar uchun xarakterli bo‘lgan naysimon 
nerv sistema hisoblanadi. Nerv hujayralari nerv nayi bo‘ylab bir xil 
joylashgan. Xordali hayvonlar bitta tipga mansub bo‘lganligi sababli, ularning 
nerv sistemasi tuzilishida umumiylik mavjud. Tuban xordalilarda nerv nayi 
markaziy nerv sistemasini, undan chiquvchi bir qancha nervlar periferik 
nerv sistemasini tashkil etadi. Hayvonlarning tuzilishi murakkablashgan 
sayin nerv sistemasining tuzilishi ham sezilarli darajada o‘zgaradi (61-rasm).
Nerv sistemasining keyingi bosqichi hayvonlarning xulq-atvorini 
ta’minlaydigan bosh miyaning shakllanishi bilan bog‘liq. Umurtqali hayvonlar 
(baliqlar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar 
va sutemizuvchilar) nerv sistemasi bir xil anatomik tuzilishga ega bo‘lib, 
ayniqsa sutemizuvchilarda yuqori darajada tuzilgan.
Siz «Odam va uning salomatligi» o‘quv fanida odamning nerv
sistemasi bilan tanishgansiz. Barcha umurtqali hayvonlarda ham markaziy 
nerv sistemasi bosh va orqa miyadan, periferik nerv sistemasi bosh va orqa 
miyadan chiquvchi nervlardan iborat. Bosh miya beshta bo‘lim: oldingi, 
oraliq, o‘rta, uzunchoq miya, miyachadan iborat. Bosh miyaning har bir 
bo‘limi aniq sezgi organlari bilan filogenetik bog‘lanishga ega. Bajaradigan 
funksiyasiga ko‘ra somatik va vegetativ nerv sistemasi farq qilinadi. 
Vegetativ nerv sistemasi simpatik va parasimpatik nervlarga ajraladi. 

Yüklə 3,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin