1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi


Ko‘p hujayrali organizmlarda yuz bergan evolutsion o‘zgarishlar



Yüklə 3,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/179
tarix26.09.2023
ölçüsü3,02 Kb.
#149187
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   179
11sinif biologiya

Ko‘p hujayrali organizmlarda yuz bergan evolutsion o‘zgarishlar.
Dastlabki ko‘p hujayrali hayvonlar koloniya bo‘lib yashovchi bir 
hujayrali xivchinlilardan kelib chiqqan. Tanasi ikki qavat – ektoderma 
va entodermadan tuzilgan bu organizmlar sharsimon koloniya devorining 
botib kirishi – invaginatsiya tufayli paydo bo‘lganligi haqida taxminlar bor. 
Gastrula bo‘shlig‘i keyinchalik birlamchi ichak bo‘shlig‘iga, gastrula teshigi 
birlamchi og‘izga aylangan.


196
59-rasm.
Hayvonot dunyosi evolutsiyasi.
S
O
D
D
A
A
H
A Y
V O
N L
R
Sutemizuvchilar
Qushlar
O‘rgimchaksimonlar
Qisqichbaqasimonlar
Hasharotlar
Sudralib yuruvchilar
Ikkiyoqlama nafas 
oluvchi baliqlar
Suvda hamda quruqlikda 
yashovchilar
Tog‘ayli baliqlar
Suyakli baliqlar
Lansetniklar
Tasmasimon 
chuvalchanglar
So‘rg‘ichli 
chuvalchanglar
Kiprikli 
chuvalchanglar
Kam tukli 
chuvalchanglar
Qorinoyoqli 
molluskalar
Ko‘p
tukli 
chuvalchanglar
Soxtaoyoqlilar 
(sarkodalilar)
Sporalilar
Infuzoriyalar
Gidrasimonlar
Xivchinlilar
Korall poliplari
Ssifoid meduzalar
Ikki pallali 
molluskalar
Boshoyoqli 
molluskalar
Dastlabki sodda eukariot organizmlar
IGNA
TANLILAR
MOLLUSKALAR
BO‘G‘IM OYOQLILAR
XORDALILAR
TO‘GARAK 
CHUV
ALCHANGLAR
HALQALI 
CHUVALCHANGLAR
YASSI 
CHUVALCHANGLAR
BO‘SHLIQICHLILAR


197
Hasharotlar
Ko‘p hujayralilarning kelib chiqishi to‘g‘risida juda ko‘p izlanishlar olib 
borilgan. Rus olimi I.I.Mechnikov esa dastlabki ko‘p hujayrali hayvonlar 
sharsimon koloniyadagi ayrim hujayralarning koloniya ichiga ko‘chib o‘tishi – 
migratsiyasi natijasida paydo bo‘lganligini qayd etadi. Keyinchalik ichki 
hujayralar bir qator tig‘iz joylashuvi natijasida ichki qavat hujayralari 
entodermani hosil qilgan; tashqi qavat esa ektodermaga aylangan. Ektoderma 
hujayralari harakatlanish, sezish va himoya qilish funksiyasini bajarishga 
moslashgan. Ana shu yo‘l bilan kolonial xivchinlilardan ikki qavatli ko‘p 
hujayrali hayvonlar – bulutlar va bo‘shliqichlilar kelib chiqqan. Ular 
haqiqiy ko‘p hujayrali hayvonlar hisoblanadi, tanasi turli funksiyalarni 
bajarishga ixtisoslashgan hujayralardan tashkil topgan. Lekin bulutlar va 
bo‘shliqichlilarda to‘qima va organlar rivojlanmagan. 
Yassi chuvalchanglar ikki tomonlama simmetriyali hayvonlar orasida eng 
sodda tuzilgan. To‘qima va organlarining rivojlanganligi ularning tuban ko‘p 
hujayralilarga nisbatan yuksak tuzilganligini ko‘rsatadi. Ularda hazm qilish, 
ayirish, nerv, jinsiy sistemalarning paydo bo‘lishi yirik aromorfozlardan 
hisoblanadi. Yassi chuvalchanglar hazm qilish sistemasi bir uchi berk, faqat 
og‘iz teshigi bilan tashqariga ochilishi bilan bo‘shliqichlilarning gastrula 
bo‘shlig‘iga o‘xshab ketadi. Yassi chuvalchanglar erkin suzib yurishdan suv 
tubida o‘rmalab yurishga o‘tgan qadimgi bo‘shliqichlilardan kelib chiqqanligi 
taxmin qilinadi. Suv tubida o‘rmalab yurish tufayli hayvonlarning oldingi 
va keyingi, qorin va orqa tomonlari paydo bo‘lgan; ularda ikki tomonlama 
simmetriya yuzaga kelgan. Dastlab erkin yashovchi yassi chuvalchanglar – 
kipriklilar, ulardan parazit yashovchi so‘rg‘ichlilar va tasmasimon 
chuvalchanglar paydo bo‘lgan. 
To‘garak chuvalchanglar tana bo‘shlig‘i, o‘rta va orqa ichagi, anal 
teshigining rivojlanganligi bilan yassi chuvalchanglardan farq qiladi. To‘garak 
chuvalchanglarning tuban tuzilgan guruhlarida kipriklarining bo‘lishi ularni 
kirpikli yassi chuvalchanglardan kelib chiqqanligini ko‘rsatadi. 
Halqali chuvalchanglar ham qadimgi erkin yashovchi kiprikli yassi 
chuvalchanglardan kelib chiqqan. Ko‘p tukli halqali chuvalchanglar lichinkalari 
tanasida kipriklarning bo‘lishi, nerv va ayirish sistemalari tuzilishining yassi 
chuvalchanglarnikiga o‘xshashligi yuqoridagi fikrning dalilidir. 
Yassi chuvalchanglar suv tubida faol o‘rmalab hayot kechirishga 
o‘tgan. Natijada tabiiy tanlanish ta’sirida ular tanasida faol va xilma-xil 
harakatlanishga yordam beradigan halqalar va harakat organlari shakllangan. 
Nerv sistemasining tuzilishi murakkab, bir juft halqum usti va halqum osti 


198
nerv tugunlari, halqum atrofi nerv halqasi hamda qorin nerv zanjiridan 
tashkil topgan. Tananing bosh qismida maxsus sezgi organlari paydo 
bo‘lgan. Halqali chuvalchanglarning ovqat hazm qilish sistemasining yanada 
takomillashuvi, qon aylanish sistemasining paydo bo‘lishi, ularning faol 
hayot kechirishi muhim evolutsion o‘zgarishlardan biri bo‘lib, yashash 
uchun kurash va tabiiy tanlanishda saqlanib qolishiga imkon yaratgan.
Suv tubidagi balchiqda va tuproqda yashashga o‘tish bilan ko‘p 
tuklilarning harakat organlari reduksiyaga uchragan va ulardan kam tukli 
halqalilar, qadimgi kam tuklilardan esa zuluklar paydo bo‘lgan.
Molluskalarning tashqi ko‘rinishi va ichki tuzilishi yuqorida keltirilgan 
hayvonlarning birortasiga o‘xshamaydi. Lekin dengizda yashovchi ikki 
pallali va qorinoyoqli molluskalar lichinkasining tuzilishi ko‘p tukli halqali 
chuvalchanglarnikidan deyarli farq qilmaydi. Shuning uchun molluskalar va 
halqali chuvalchanglar qadimgi bitta umumiy ajdoddan kelib chiqqan deyish 
mumkin. Molluskalar tanasi halqalarga ajralmagan. Ularning ba’zilari jabralari 
yordamida suvda erigan kislorod bilan nafas oladi. Jabralarining yuzasi tana 
yuzasidan bir necha marotaba ortiq. Bu holat organizmning kislorodga bo‘lgan 
ehtiyojini yetarlicha qoplash imkonini beradi. Quruqlikda tarqalgan molluskalar 
o‘pka bilan nafas oladi. Hayvonot olamida yuz bergan muhim evolutsion 
o‘zgarishlardan biri nafas olish organlari – jabra va o‘pkaning paydo bo‘lishi 
sanaladi. Qon aylanish sistemasida yurak paydo bo‘lgan. Nerv sistemasi 
tananing har xil joyida tarqoq joylashgan nerv tugunlaridan tashkil topgan. 
Tanasi himoya vazifasini bajaradigan spiralsimon chig‘anoq bilan o‘ralgan.
Bo‘g‘imoyoqlilar tipiga mansub sinflarning vakillari bir-biridan tanasining 
bo‘limlarga bo‘linishi, bosh bo‘limining ixtisoslashuv darajasi, oyoqlarining 
tuzilishi va lichinkalarining rivojlanishi bilan farq qiladi. Lekin tuban tuzilgan 
bo‘g‘imoyoqlilar tanasining deyarli bir xildagi bo‘g‘imlardan iboratligi 
oyoqlarining uchi ayri – ikki shoxga ajralganligi, dum ayrisining bo‘lishi 
bilan ko‘p tukli dengiz halqalilariga o‘xshash bo‘ladi. Bo‘g‘imoyoqlilarning 
kelib chiqishi halqali chuvalchanglar yupqa kutikulasining pishiq tayanch 
skeletga aylanishi, yurish oyoqlarining paydo bo‘lishi, muskullarning yurish 
oyoqlari asosida to‘planishi orqali borgan. Gavdaning oldingi bo‘g‘imlaridan 
bosh paydo bo‘lgan, orqa qon tomiri kengayib, yurakni hosil qilgan. 
Bo‘g‘imoyoqlilarning tanasi qattiq va pishiq xitin bilan qoplangan, tanasi va 
oyoqlari bo‘g‘imlarga bo‘lingan. Bo‘g‘imli oyoqlari harakatlanishdan tashqari, 
sezish, oziq tutish vazifalarini bajaradi. Muskullari bajaradigan vazifasiga 
ko‘ra ixtisoslashgan. Bosh qismidagi muskullar oziqni chaynash, ko‘krak 


199
muskullari tanani harakatga keltirish vazifasini bajaradi. Nafas olish organlari 
jabra, o‘pka yoki traxeyalardan tashkil topgan. Nerv sistemasi nerv tugunlari, 
halqumni aylanib o‘tadigan nerv halqasi va qorin nerv zanjiridan tuzilgan. 

Yüklə 3,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin