1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi



Yüklə 3,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/179
tarix26.09.2023
ölçüsü3,02 Kb.
#149187
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   179
11sinif biologiya

60-rasm.
Yorug‘lik ta’sirida hujayrada xloroplastlarning holati:
1 – yorug‘lik yetarli vaqtda; 2 – havo bulutli vaqtda.


203
moddalar, kislorod) ta’sirida o‘zgarishi 
taksis 
deyiladi. Ko‘p hujayrali 
organizmlarning hayotiy jarayonlari nerv, gumoral va immun sistemalar 
orqali boshqariladi. Sodda hayvonlarda nerv sistemasi bo‘lmaydi, shu sababli 
ular tashqi muhit bilan aloqasi hujayra ichidagi suyuqlik orqali gumoral 
boshqariladi.
Tirik organizmlarda nerv sistemasining paydo bo‘lishi natijasida 
boshqarishning yangi shakli – nerv orqali boshqarish yuzaga kelgan. Nerv 
sistemasining rivojlanish darajasi bilan bog‘liq holda nerv sistemasining 
ustuvorligi asosida neyrogumoral boshqarish shakllangan. Nerv boshqarilish – 
nerv sistemasi vositasida organizmning bir butun yaxlitlikdagi hayotini 
ta’minlaydigan jarayonlar yig‘indisi sanaladi. Turli hayvonlarda nerv 
sistemasining tuzilish darajasi har xil bo‘lishiga qaramasdan ular o‘xshash, 
ya’ni organizmdagi barcha organ va to‘qimalarni yaxlit tizimga birlashtirish 
va tashqi muhit bilan aloqani ta’minlash vazifasini bajaradi. Nerv 
sistemasining organizm hayot faoliyatini boshqarishi reflekslar orqali amalga 
oshadi. Siz «Odam va uning salomatligi» o‘quv fanida refleks, refleks 
yoyi, ularda nerv markazlari, sezuvchi va harakatlantiruvchi nervlarning 
ishtirok etishi, shartsiz va shartli reflekslarning o‘zaro aloqadorligi, shartli 
reflekslarning paydo bo‘lishi bilan tanishgansiz. Bularning hammasi nerv 
orqali boshqarilishga misol bo‘ladi.
Nerv sistemasi filogenezi. 
Tirik organizmlardagi har bir organlar sis-
te masining tarixiy rivojlanishi filogenez deyiladi. Nerv sistemasining 
filogenezi quyidagi bosqichlarga bo‘linadi. Birinchi bosqich: to‘rsimon yoki 
diffuz tipidagi nerv sistema. Bo‘shliqichlilarda nerv sistema bir-biri bilan 
nerv o‘simtalari vositasida turli yo‘nalishlarda birlashgan butun tanani to‘r 
shaklida o‘rab olgan nerv hujayralaridan iborat. Tananing istalgan qismiga 
ta’sir qilinganda nerv to‘rida qo‘zg‘alish paydo bo‘ladi va organizm butun 
tanasining harakati bilan javob qaytaradi. Ikkinchi bosqich: stvol tipidagi 
nerv sistema. Kiprikli chuvalchanglarning nerv sistemasi bir juft nerv tuguni 
va undan tananing ikki yoni bo‘ylab ketadigan bir juft nerv stvolidan iborat. 
Nerv stvollari ko‘ndalang nervlar orqali tutashadi. Umumiy holatda nerv 
sistemasining tuzilishi narvonni eslatadi.
So‘rg‘ichli va tasmasimon chuvalchanglarning nerv sistemasi tananing 
oldingi tomonida joylashgan bir juft nerv tuguni, ularni tutashtiruvchi halqum 
atrofi nerv halqasi, undan tananing oldingi tomoniga (so‘rg‘ichlariga)


204
va keyingi tomoniga uch juft nerv stvoli hamda 
stvollarni tutashtiruvchi ko‘ndalang nervlardan 
iborat. Nerv stvollarining tananing ikki yonida 
joylashgan bir jufti yaxshi rivojlangan. To‘garak 
chuvalchanglarning nerv sistemasi halqum atrofi 
nerv halqasi, undan tananing oldingi va keyingi 
tomoniga uch juft nerv stvoli hamda stvollarni 
tutashtiruvchi ko‘ndalang nervlardan iborat. Nerv 
stvollarining tananing yelka va qorin tomonida 
joylashgan bir jufti yaxshi rivojlangan.
Uchinchi bosqich: zanjir tipidagi nerv siste-
masi. Halqali chuvalchanglarning nerv sistemasi 
bir juft halqum usti nerv tuguni, bir juft hal-
qum osti nerv tuguni, halqum atrofi nerv 
halqasi hamda bir-biriga yaqin joylashgan juft 
qorin nerv zanjiridan iborat. Tananing har bir 
segmentida bir juft nerv tugunlari mavjud. Nerv 
tugunlaridan tananing turli qismlariga nervlar 
boradi. Molluskalarning nerv sistemasi halqum 
atrofi nerv halqasi, halqum usti nerv tuguni, 
(«bosh miya») va tananing turli qismlarida 
joylashgan nerv tugunlarini tutashtiruvchi nerv 
zanjiridan iborat. Serharakat hayot kechiradigan 
va ko‘pchiligi yirtqich bo‘lgan boshoyoqli 
molluskalarda nerv sistemasi murakkab tuzi-
lishga ega. Sakkizoyoqning qizilo‘ngach atrofida 
joylashgan oldingi (bosh) nerv tugunlaridan 
hosil bo‘lgan gangliylar o‘zaro birlashib bosh 
miyani hosil qiladi. Mazkur molluskalar guruhida sezgi organlaridan ko‘rish 
va tuyg‘u organlari ko‘proq rivojlangan. Ular turli tasvirni, mexanik va 
kimyoviy ta’sirlarni farqlay olish, toshlardan uya qurish, shaxsiy tajribalardan 
hayoti davomida foydalanish xususiyatiga ega.
Umurtqasiz hayvonlar ichida bo‘g‘imoyoqlilarning nerv sistemasi yuksak 
darajada tuzilgan. Bo‘g‘imoyoqlilarning nerv sistemasi halqali chu val-
changlarning nerv sistemasiga o‘xshash, lekin funksional jihatdan takomil-

Yüklə 3,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin