1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi



Yüklə 3,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə151/179
tarix26.09.2023
ölçüsü3,02 Kb.
#149187
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   179
11sinif biologiya

O‘simlik bo‘limlari
Aromorfozlar
Yo‘sinlar bo‘limi
Qirqquloqlar bo‘limi
Qirqbo‘g‘imlar bo‘limi
Ochiq urug‘lilar bo‘limi
Yopiq urug‘lilar bo‘limi
5. Har bir bo‘limga mansub biron tur misolida idioadaptatsiyalarni aniqlang. 
O‘simlik turlari
Idioadaptatsiyalar
Funariya yo‘sini
Suv qirqqulog‘i
Dala qirqbo‘g‘imi
Qarag‘ay
Madaniy tok
6. Kuzatganlaringiz asosida xulosa chiqaring. 


195
38-§. HAYVONOT DUNYOSIDAGI EVOLUTSION O‘ZGARISHLAR
Tayanch bilimlaringizni qo‘llang. 
Quyi sinflarda olgan bilimlaringizga 
asoslanib, hayvonot dunyosi sistematikasi haqida fikr yuriting.
Hayvonlar filogenezi deyilganda bir hujayrali organizmlardan to 
sutemizuvchi hayvonlarning paydo bo‘lishi va tarixiy rivojlanishi tushuniladi. 
Ma’lumki, irsiy o‘zgaruvchanlik asosida foydali belgiga ega bo‘lgan 
organizm o‘z avlodiga nisbatan anatomik, morfologik tuzilishi va hayotiy 
jarayonlarning jadallashuviga ega bo‘lganligi sababli yashash uchun kurash 
va tabiiy tanlanishda saqlanib qolish imkoniyati ortadi. Yerda hayotning 
paydo bo‘lishi va rivojlanishining dastlabki erasi bo‘lgan arxey erasining 
ikkinchi yarmida yuz bergan uchta yirik aromorfozning ikkitasi: ko‘p 
hujayrali organizmlarning paydo bo‘lishi va jinsiy ko‘payish hayvonlar 
filogenezida muhim o‘rin tutgan.
Turli sistematik guruhlarga mansub hayvonlar tuzilishi va hayotiy 
jarayonlari o‘rtasidagi umumiy belgilar ularning yagona umumiy ajdoddan 
kelib chiqqanligini ko‘rsatadi. Shuning uchun hayvonot dunyosining turli 
sistematik guruhlari o‘rtasidagi filogenetik munosabatlarni shajara daraxti 
sifatida tasavvur qilish mumkin (59-rasm).
Bir hujayrali organizmlarda yuz bergan evolutsion o‘zgarishlar.
Evolutsiya jarayonida birlamchi okeanda dastlab turli xil organik moddalar 
tabiiy yo‘l bilan sintezlanib to‘planib borgan. Keyinchalik bu moddalardan 
juda mayda shilimshiq zarrachalar shaklidagi protobiontlar hosil bo‘lgan. 
Protobiontlar tashqi muhitda erigan organik moddalarni shimib olib 
o‘sganligi va bo‘linib ko‘payganligi taxmin qilinadi. Tabiiy tanlanish tufayli 
protobiontlarning tuzilishi mukammallashib, dastlab prokariotlar, ularda 
yadro va hujayra organoidlari paydo bo‘lishi natijasida esa bir hujayrali 
eukariot organizmlar kelib chiqqan. Xivchinlar yordamida harakatlangan 
bunday organizmlar barcha bir hujayralilarning umumiy ajdodi hisoblanadi. 
Keyinchalik bir hujayralilardan ayrimlari koloniya bo‘lib yashashga o‘tgan. 

Yüklə 3,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin