10 .
1-§. KIRISH. «GO‘RO‘G‘LINING TUG‘ILISHI» 47. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Shohdorxon Odilxon podsho ustiga
qo‘shin tortganda o‘zining o‘rniga kimni qo‘yib ketadi?
A) vaziri Subyonni
B) noibi Subyonni
C) vaziri Holmonni
D) noibi Holmonni
48. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida urush vaqtida Odilxonning lashkariga
kim boshchiligida ko‘p lashkar kelib qo‘shiladi?
A) Nu’mon
B) Nozim
C) Nazar
D) Zamon
49. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida uchraydigan «mushk» nima?
A) qora tusli va xush isli dur
B) qora tusli va xush isli marvaridlar shodasi
C) qora tusli va xush isli suyuq modda
D) qora tusli va xush isli dorivor giyoh
50. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi parchada qaysi
qahramonning iztiroblari tasvirlangan?
«Bu shaharda menda oshna yo‘q g‘ayridin, Ko‘p dard qo‘shding yana dardning ustiga...» «Ajal yetib shu vaqtlarda o‘lmadim, Yovmit elning qadrini hech bilmadim». A) Gajdumbekning
B) Hiloloyning
C) Ravshanning
D) Jig‘alixonning
51. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi qahramon qabristonda yurgan
chaqaloqning o‘g‘il yoki qizligini bilish uchun uch oshiq va egarni bir tarafga,
ikkita qo‘g‘irchoq va ro‘molni bir tarafga qo‘yib sinaydi?
A) Rustambek
B) Ravshanbek
C) Gajdumbek
D) Qovishtixon
52. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi parchada qaysi
shahar xalqi haqida gap ketgan?
«Gajdumbek bilan Ravshanbek qochib ketibdi. Ketsa-ku, mayliga-ya, Shohdorxonning ko‘nglini qora qilib ketibdi. Orqasidan bir ming amaldor quvib ketgan edi, hammasi cho‘lda otidan ayrilib, piyoda bo‘lib o‘libdi. Endigi maslahat Bibi Hilolni kuydirib, kulini elakdan o‘tkarib yubormoqchi bo‘lib yotibdi». A) Zargar
B) Yovmit
C) Mari
D) Taka turkman
53. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida: «Endi davlatga ega bo‘ldim, xotin
olmasam sira bo‘lmaydi», – deya Rustambek kimning singlisini oladi?
A) Yusufning
B) Nazarning
C) Badgirning
D) To‘liboyning