8 .
1-§. KIRISH. «GO‘RO‘G‘LINING TUG‘ILISHI» 33. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi parchada Zaydinoy
kimga nopisandlik bilan javob beryapti?
G‘o‘non toyni o‘ynatasan, Sen ko‘nglimni qabartasan. Yuraging kuysa, yo‘lovchi, Chashmaning boshiga tushib, O‘zing suv ichib ketarsan. A) Xoljuvonga
B) Ravshanga
C) Go‘ro‘g‘liga
D) Gajdumbekka
34. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi parchada qaysi
qahramon portreti chizilgan?
«Yarim belidan pasti uch botmon, yarim belidan yuqorisi ikki botmon. Shirin so‘zli, qizil yuzli, jodu ko‘zli, saraton yulduzli, la’l munchoqli, oyday suluv, oftobdan ortiq, oy desa og‘zi bor, kun desa ko‘zi bor». A) Bibi Hilol
B) Bibi Oysha
C) Xoljuvon
D) Zaydinoy
35. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘li 7 yoshga yetganida kim
uning tushiga kirib quyidagi so‘zlarni aytadi?
Sarg‘aygandir Hiloloyning siyog‘i, Sening otang Yovmit shahrining begi, Bora solib keta bergin Yovmitga, Rozi bo‘lsin Hiloloyning arvohi, Arvoh rozi, Xudo rozi, farzandim... A) Bibi Hilol
B) Hazrat Xizr
C) Ravshanbek
D) Gajdumbek
36. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi qahramon sherni bir tarsaki
urganda sher nimta-nimta bo‘lib tirqirab ketadi?
A) Rustam
B) Qo‘ng‘irboy
C) Xizr
D) Go‘ro‘g‘li
37. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Gajdumbekdan qolgan barcha hovli-
haram va mol-pullarga kim ega bo‘ladi?
A) Bibi Hilol
B) Rustambek
C) Shohdorxon
D) Ravshan
38 «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi parchada qaysi
qahramon tasvirlangan?
«Gajdumbekning cho‘ldagi yilqisini boqib yuradigan yilqiboqar bolalarning oldida hamma vaqt: «Unday qilinglar, bunday qilinglar», – deb aytib xizmat buyurib yurar edi. «Men borib, xo‘jayinlarni ko‘rib, salom berib, yillik pullarni olib, kiyim-kechak qilib kelayin», – deb Zargar shahriga yetdi».