7 1-§. KIRISH. «GO‘RO‘G‘LINING TUG‘ILISHI» A) Xumoroy, Rayhon arabni yomon ko‘rgani uchun
B) Xoljuvon, qiz olib qochish odati shunaqa bo‘lgani uchun
C) Xoljuvon, Rayhon arab o‘zini olib qochgani uchun
D) Xumoroy, Shirvonda bandi bo‘lganligi uchun
28. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi so‘zlarni Xoljuvon
qanday maqsadda aytadi?
Yangi olamday qilganman o‘zimni, Yo‘lingga to‘rt qildim shahlo ko‘zimni. Sen qanday bemazasan, yo‘lovchi, Qo‘yib yubor, mahkam ushla qizimni! A) o‘ch olish maqsadida
B) Rayhon arabdan qo‘rqqani uchun
C) Zaydinoyning ko‘ngli undan qolmasligi uchun
D) o‘z yurtiga tezroq ketish uchun
29. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘lining bobosi kim?
A) Shohdorxon
B) Odilxon
C) Qovishtixon
D) Ravshan
30. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘lining g‘ayritabiiy tug‘ilishi
nimaga ishora hisoblanadi?
A) nomusulmonlar – g‘ayridinlar qilgan nohaqliklar o‘tkinchi ekanligiga
B) kelajakda favqulodda kuch-qudrat va aql-idrok egasi bo‘lib kamol
topishiga
C) onasining e’tiqodi salomatligiga, ishonch va umidi meva berganligiga
D) kelajakda har narsaga qodir ilmli imom va kuch-qudratli sarkarda
bo‘lishiga
31. «Go‘ro‘g‘li» nomining talqinlari haqidagi to‘g‘ri fikrlarni toping.
1) Uning «go‘r» – qabrda tug‘ilishi motivini asoslaydigan qarashlar
ustuvorlik kasb etadi;
2) Uning «ko‘r otaning farzandi» ekanligiga urg‘u beradigan yo‘nalish
ham mavjud;
3) Po‘lkan shoir variantida «Go‘ro‘g‘li» nomining talqinlari haqidagi ikkala
qarashning ham ta’siri ochiq seziladi;
4) Nomning «go‘r» va «ko‘r»dan tashqari «kur» o‘zagi ham mavjud bo‘lib,
bu narsa talqinda rang-baranglikni keltirib chiqaradi;
5) «Kur» o‘zagi alp, botir, mard, kar kabi ma’nolarni ifodalaydi.
A) 1, 2, 3, 4
B) 2, 3, 5
C) 1, 2, 4, 5
D) 1, 3, 4, 5
32. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘li Zaydinoyni olib qochgach,
uni kimga nikohlaydilar?
A) Rustambekka
B) Go‘ro‘g‘liga
C) Gajdumbekka
D) Ahmadbekka