5 1-§. KIRISH. «GO‘RO‘G‘LINING TUG‘ILISHI» 14. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi fikrlarni qaysi
qahramon ikki yuz guburlari oldida aytadi?
«Mening bir o‘yim bor. Yovmit yurtidan Odilxon podshoni yo‘q qilaman, qo‘rg‘onini qulataman o‘ligini silataman, xazinasini o‘lja qilib sizlarni talataman». A) Shohdorxon
B) Jig‘alixon
C) Gajdumbek
D) Qovishtixon
15. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi xat qaysi
qahramonga tegishli?
«Bu qanday behurmatlik, podsholardan bunday behurmatlik lozim emas edi-ku. Podsholar yurishni, turishni oldin elchilar bilan bildirib, elchiga ko‘nmasa, so‘ngra safar qilib kelar edi. Bu rasm avvaldan oxir qoida bo‘lib kelayotgan edi...» A) Odilxonga
B) Shohdorxonga
C) Qovishtixonga
D) Holmonga
16. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Shohdorxon mag‘lub bo‘lib,
mullavachchalarni qo‘yib yuborishga buyruq berganida, tashqaridan kimlar
mullavachchalarning ichiga qo‘shilib o‘lja bo‘lib ketadilar?
A) Jig‘alixonning o‘g‘li Gajdumbek va qizi Bibi Hilol
B) Qovishtixonning qizi Bibi Oysha va o‘g‘li Jig‘alixon
C) Qovishtixonning qizi Bibi Oysha va o‘g‘li Ravshanbek
D) Jig‘alixonning qizi Bibi Hilol va o‘g‘li Gajdumbek
17. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi parchada nuqtalar
o‘rniga mos ismlarni qo‘ying.
« ... ... ni o‘g‘il qilib olaman deb, har kuni tong otguncha uning kokilini yetti martaba o‘rib, har o‘rganda mushkning suvini berar edi. U ham bir bola bo‘ldiki, ko‘rganlar havasda, ko‘rmaganlar armonda, kamsiz, suluv- xushro‘y». A) Hamza, Bibi Hilol
B) Shohdorxon, Gajdumbek
C) Hamza, Ravshan
D) Shohdorxon, Bibi Hilol
18. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Shohdorxonning tushiga kirgan
«ko‘kargan chinor»ning ta’biri nima edi?
A) madrasaning ilmli mullavachchalari
B) baxtli va ko‘p xalq
C) Haqning kalimasi
D) masjidda namoz o‘qiyotgan fuqarolar
19. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida kim haqida: «Birovlar Gajdumbekning
quli der edi, birovlar o‘g‘li der edi», – fikrlari bildiriladi?
A) Gajdumbek
B) Ravshanbek
C) Rustambek
D) Shohdorxon