4 .
1-§. KIRISH. «GO‘RO‘G‘LINING TUG‘ILISHI» 6. Quyidagilardan qaysi adib o‘z asarida elchi – diplomat lavozimidagi kishi
uchun asosiy fazilat ko‘p kitob o‘qish va so‘zning mohiyatini bilishdan
iboratligini yozadi?
A) Lutfiy
B) Yusuf Xos Hojib
C) Ahmad Yugnakiy
D) Ahmad Yassaviy
7. Yusuf Xos Hojib o‘zining qaysi bosh qahramonini kitobning doimiy
yo‘ldoshi sifatida tasvirlaydi?
A) O‘zg‘urmishni
B) Oyto‘ldini
C) Kuntug‘dini
D) O‘gdulmishni
8. Alisher Navoiyning «Layli va Majnun» asarida qaysi qabila boshlig‘ining
qizi uchun maktab ochib beriladi?
A) Hay qabilasi boshlig‘i
B) Bani Omar qabilasi boshlig‘i
C) Qipchoq qabilasi boshlig‘i
D) No‘g‘ay qabilasi boshlig‘i
9. Turli fan sohalaridan boxabar bo‘lgan Farhod, atrofidagi qizlarning
barchasi hayoli va oqila, har bir san’atda mohir bo‘lgan Shirin obrazlari qaysi
ijodkor qalamiga mansub?
A) Ahmad Yassaviy
B) Yusuf Xos Hojib
C) Ahmad Yugnakiy
D) Alisher Navoiy
10. Quyidagilardan qaysi ijodkorning asarlarining asosiy qahramonlari bilimi,
shijoati, go‘zal xulqi bilan ajralib turadi?
A) Alisher Navoiy
B) Yusuf Xos Hojib
C) Ahmad Yugnakiy
D) Bobur
11. Bobur qaysi yaqin insoni haqida yozganida uning botirligi, shijoati,
kitobsevarligi «Xamsa» dostonlarini sevib o‘qishiga alohida urg‘u beradi?
A) otasi
B) onasi
C) opasi
D) do‘sti
12. Alisher Navoiyning qaysi asarida insonni ulug‘laydigan imon, karam,
adab, qanoat, vafo, rostlik, ilm kabi fazilatlar haqida alohida fikrlar bayon
qilinadi?
A) «Lison ut-tayr»da
B) «Farhod va Shirin»da
C) «Layli va Majnun»da
D) «Hayrat ul-abror»da
**************************************************************************************
13. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida «Bul otingiz yaxshi, bul otingiz
yomon» deb podshoning tabladagi otlarini sinab beradigan sinchi kim edi?
A) To‘liboy sinchi
B) Ravshanbek
C) Ahmadbek
D) Urayxon