6 .
1-§. KIRISH. «GO‘RO‘G‘LINING TUG‘ILISHI» 20. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi portret qaysi
qahramonga tegishli?
«...qoshi qora, zulfi bo‘yniga tushgan, kokili o‘ziga juda ham yarashgan, bodom qovoq, ko‘rganlar bo‘lur aftoda». A) Bibi Oyshaga
B) Ravshanga
C) Bibi Hilolga
D) Zaydinoyga
21. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi parcha qaysi
podshohning amaldorlari tomonidan aytilgan?
«Bibi Hiloldan sohibqiron chiqadi ekan, o‘ldiramiz, kuydirib kulini elakdan o‘tkazamiz, undan keyin sohibi xurush yo‘q bo‘ladi, yurt bizlarga qoladi. Hamma yurtga shahanshoh bo‘lamiz». A) Gajdumbekning
B) Shohdorxonning
C) Odilxonning
D) Qovishtixonning
22. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida go‘rda o‘lib yotgan Bibi Hilol farzand
ko‘rmoqchi bo‘lganida kimlar madadga keladi?
A) Momo Havo, Bibi Oysha, Anbar ena
B) Fotma buvi, Bibi Oysha, Bibi Maryam
C) Momo Havo, Anbar ena, Fotma buvi
D) Bibi Oysha, Bibi Maryam, Momo Havo
23. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida «Bibi Hilol arvohining dod deb
yig‘lagan tovushini bilib» kim(lar) qabr oldiga keladi?
A) abdal
B) Xizr
C) ovtar
D) qirq chiltanlar
24. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘li nimani qo‘liga olgach, «Shu
mozordagi o‘liklarning barini keldim, gartkam» so‘zlarini aytadi?
A) ro‘molni
B) uch oshiqni
C) qo‘g‘irchoqni
D) egarni
25. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘lini emizgan biyani toping.
A) Boychibor
B) Saman ot
C) G‘irot
D) To‘riq ot
26. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘li qaysi yurtni: «Katta taraf –
dushmanimning mamlakati», – deya tilga oladi?
A) Marini
B) Taka turkmanni
C) Yovmitni
D) Shirvonni
27. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida: «Kir yuvaman,» – deb Zaydinoyni
qirga olib chiqaman, shuni olib qochib ketsangiz, hamma or-nomusga
barobar bo‘ladi, siz Gulshan chorbog‘da yotib turing», – deb Go‘ro‘g‘liga kim,
nima uchun aytadi?