1. Nikoh eng qadimgi axloqiy munosabat shakli? Javob


Ajralish va uning axloqiy kamolotga salbiy ta’siri?



Yüklə 9,36 Kb.
səhifə2/2
tarix25.12.2023
ölçüsü9,36 Kb.
#194807
1   2
1. Nikoh eng qadimgi axloqiy munosabat shakli Javob-fayllar.org

4. Ajralish va uning axloqiy kamolotga salbiy ta’siri?

Javob: Ajralish muammosi hozirgi zamon insoniyat jamiyatining eng muhim ijtimoiy muammolaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun chet ellarda ham, O‘zbekistonda ham ajralish muammosini o‘rganishga keng ilmiy jamoatchilik e’tibori qaratilib kelinmoqda. Bu muammoni turli soha mutaxassislari: yuristlar, demograflar, iqtisodchilar, sotsiologlar, psixologlar va boshqa fan sohalari mutaxassislari o‘rganmoqdalar. Ularning e’tibori bu hodisa sabablari, omillari, motivlarini o‘rganish, ularni bartaraf etish, ajralishlarning salbiy asoratlarini kamaytirish masalalariga qaratilgan. Chunki oilalarning buzilishi tufayli nafaqat shu ajralishgan er-xotin va ularning farzandlari, balki jamiyat ham ko‘p zarar ko‘radi. Ajralishlar ko‘plab noxush hodisalar: noto‘liq oilalar sonining ortishi, bolalar va o‘smirlar o‘rtasida qonunbuzarlikning ko‘payishi, pedagogik nazoratsiz qolgan bolalar sonining ortishi, yolg‘izlik, sobiq er-xotinlar va qarindoshlarning o‘zaro munosabatlarining yomonlashuvi kabilarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Bu o‘rinda haqli ravishda agar ajralishlar shu qadar salbiy oqibatlarni yuzaga keltiradigan bo‘lsa, uni rasmiy ravishda ta’qiqlab qo‘ysa bo‘lmaydimi? — degan savol yuzaga kelishi mumkin. Albatta mumkin, masalan, dunyoning ayrim davlatlarida, jumladan, Italiya, Niderlandiyada yaqin-yaqin zamonlargacha ajralish huquqiy jihatdan nihoyatda murakkab jarayon edi. Biroq bu usul ham oila mustahkamligini ta’minlashda kutilgan natijalarni bermaydi. Balki ajralishni ta’qiqlash, ajralish erkinligini bermaslik, o‘z navbatida nikoh yoshining o‘sishini, oila qurmaslik, nikohgacha va nikohdan tashqaridagi jinsiy aloqa, psixologik nosog‘lom oilalar miqdorining or­tishi nikoh-oila munosabatlari zamirida yuzaga keladigan jinoyatlar, qotillik, xiyonat kabilarning ortishiga olib keladi. Albatta bularning ham shaxs, inson ruhiyati, oilada bola tarbiyasi, qolaversa jamiyat uchun zarari oldingilardan kam emas. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda ajralish erkinligi deyarli barcha davlatlar nikoh-oila qonunchiligida qayd etilgan. Bu o‘rinda muhimi ajralishni ta’qiqlash va unga ras­miy ravishda halaqit qilish emas, balki ajralishlarning oldini olish, unga olib keladigan sabablar va omillarni bartaraf etishdir. Shunday qilib ajra­lish fojiami yoki fojiadan qutulishmi? Ayrimlar agar oilada farzandlar bo‘lmasa bu fojiadan qutulishdir, er-xotinlarning o‘zaro munosabatlari maqsadga muvofiq ravishda shakllanmayotgan bo‘lsa, ularda o‘zaro tushunish, o‘zaro hurmat, bir-birlariga nisbatan emotsional yaqinlik, mehr-oqibat bo‘lmasa, oila o‘z funksiyalarini bajarmayotgan bo‘lsa, bunday juftlar ajralib ketgani ma’qul deb hisoblaydilar.

Ajralishlarning o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik va etnopsixologik xususiyatlari mavjuddir. Bu xususiyatlar oilalarning buzilishiga olib keladigan sa­bablar, ularning amalga oshish jarayoni, oqibatlari, ajralishgacha va undan keyingi davrlardagi er-xotin­larning ahvoli kabilarda ifodalanadi. Shunday xususiyatlardan biri ajralish niyatini bildirib rasmiy tashkilotlarga murojaat qiluvchi ajralish tashabbuskori kim ekanligida namoyon bo‘ladi. Sharq oilalarida, ayniqsa o‘zbek (qishloqlarda) oilalarida ajralish tashabbuskori ko‘proq erkaklar bo‘ladilar va aksincha, Yevropa xalqlari oilalarida, yosh oilalarda va urbanizatsiyalashuv darajasi yuqori bo‘lgan shahar oilalarida ajralish tashabbuskori ko‘proq ayollar bo‘ladi.


http://fayllar.org
Yüklə 9,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin