Misol: short S = 100; int I = (int)S; Sonli qiymatlarni satrga almashtirish C++ turlarning to’g’ridan-to’g’ri almashtirishda o’zgaruvchini uning o’nlik ko’rinishidan belgilar qatori ko’rinishiga yo’l qo’ymaydi, chunonchi, ular shakllarning ko’gina komponentalarida ishlatiladi. To’g’ridan-to’g’ri almashtirish faqatgina asosiy va qo’shimcha turlar uchun amalga oshiriladi. Massiv hisoblanadigan satr kattaliklar hosilaviy tur bo’lganligi sababli bunday almashtirishga yo’l qo’yilmaydi. Bunday almashtirishlar uchun quyidagi standart almashtirish funksiyalari ishlatiladi: “IntToStr”, “StrToInt”,”FloatToStr” va boshqalar. Ko’pchilik ma’lumotlar turlari uchun shu kabi satrga va teskari o’tkazish funksiyalari mavjud.
Misol: char S[10]; // belgilar massivi int I = 100; // butun qiymatli o’zgaruvchi S = IntToStr(I); // o’tkazish 13.Borland C++ muhiti Additional komponentalari paneli ob’yektlari Borland C++ muhiti Additional komponentalariga quyidagilar kiradi:
TSpeedButton va TBitBtn tugmalari. Bu tugmalarTButtonvazifalarini bajaradi. YAgona farqi matndan tashqari racmlarni ham aks ettiradi.TSpeedButton tugmasi fokus olmaydi. Bushuni bildiradiki, agar matn qatorida satr terib, bu tugma bosilsa, shu hodisa qayta ishlangandan so‘ng fokus yana matn qatoriga qaytib keladi
Maskalangan kiritish qatori (TMaskEdit) Bu komponent ma’lum formatga mos satr kiritishga imkon beradi. Asosiy xossasi EditMask bo‘lib, shu xossa qatorida ikki marta chertilsa kiritish muharriri ochiladi. Input Mask qatorida maska kiritish mumkin. Test Input, qatorida maskani testlash mumkin.
Maska terish osondir. Agar qator to‘rt raqamli son, tere va uch raqamli sondan iborat bo‘lishi kerak bo‘lsa, Input Mask qatoriga 9999-999 kiritish mumkin.
Siljitish yo‘lchasiga ega panel (TScrollBox) TScrollBox komponentasining oddiy Panel komponentasidan farqi siljitish yo‘lchasiga ega bo‘lishi mumkinligidir.
Formaga TScrollBox komponentasini o‘rnatib, uning ichiga (TImage). komponentasini o‘rnating. Endi Image1 gakatta rasm joylab, AutoSize xossasiga true qiymatini bering. Agar Image1 komponentasida rasm kattaligini olib ScrollBox chegarasiga sig‘may qolsa, siljitish yo‘lchalari paydo bo‘ladi.