1. O‘qituvchining kasbiy mahoratini rivojlantirishda pedagogikaning ahamiyati. Pedagogik tashxislash asosida o‘qituvchining kasbiy rivojlanishini ta’minlash usullari



Yüklə 34,11 Kb.
səhifə1/6
tarix16.12.2023
ölçüsü34,11 Kb.
#182655
  1   2   3   4   5   6
1. O‘qituvchining kasbiy mahoratini rivojlantirishda pedagogikan-www.fayllar.org (1)


1. O‘qituvchining kasbiy mahoratini rivojlantirishda pedagogikaning ahamiyati

MAVZU: Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o‘qituvchi kasbiy faoliyatida tutgan o‘rni va ahamiyati
REJA:

1 . O‘qituvchining kasbiy mahoratini rivojlantirishda pedagogikaning ahamiyati.

2. Pedagogik tashxislash asosida o‘qituvchining kasbiy rivojlanishini ta’minlash usullari.

3. O‘qituvchi faoliyatini pedagogik tashxislash.



1. O‘qituvchining kasbiy mahoratini rivojlantirishda pedagogik ahamiyat

Yu.N.Kulyutkina, Ya.S.Turbovskiy, P.V.Xudominskiy kabi tadqi­qotchi olimlarning fikricha, o‘qituvchining doimiy pedagogik faoliyati, mazmunan refleksiv xususiyatga ega bo‘lib, u barcha refleksiv jarayon­larni qamrab oladi. Qayd etish joizki, hozirgi kungacha pedagogik ref­leksiya tushunchasining mukammal tasnifi mavjud emas. Ehtimol maz­kur hodisani o‘rganish psixologiya, pedagogika, pedagogik psixo­logiya, falsafa kabi fanlarning o‘zaro aloqadorligida amalga oshirilishi bilan bog‘liq holda hal qilinar. B.Z. Vulfov, V.N.Xarkin kabi olimlar ref­leksiyani – insonning o‘z–o‘zini anglashi…, kasbiy refleksiyani esa – o‘z–o‘zini kasbiy faoliyati davomida anglashi, o‘qituvchi mahoratida pedagogik refleksiyani – pedagogik kasbiy omilkorlikda o‘zini anglashi deb ta’riflaydilar.



G.M.Kodjaspirova o‘qituvchining pedagogik faoliyati barcha qirrala­ri bilan refleksiv hodisa bo‘lsa, demak bu pedagogik refleksiya, degan nuqtai nazarni ilgari suradi.
Shu munosabat bilan ta’kidlash joizki, o‘qituvchining kasbiy faoli­yatida refleksiya muhim rol o‘ynaydi. B.Z.Vulfovning fikriga ko‘ra, kas­biy refleksiya jarayonida o‘qituvchi o‘zi tanlagan pedagogik kasbi talab qiladigan darajada o‘z imkoniyatlarini, u haqdagi mavjud tasavvurlarini pedagogik tajribasining muhim jihatlari bilan nisbatlaydi, va «ixtiyoriy ravishda shaxsiy pedagogik mahorat zanjiri»ni hosil qiladi. Uning fikr mulohazasi L.S.Rubinshteynning pedagogik faoliyatdagi tashqi sabab­larning ichki shart–sharoitlar asosida bilvosita harakati haqidagi mashhur qoidasini tasdiqlaydi.
O‘qituvchi pedagogik mahoratning asosiy xususiyatlaridan biri uning rivojlanishida uzluksizlikning mavjudligidir. Demak, refleksiv jarayonda o‘qituvchining kasbiy mahorati, kasbiy sifatlari mavjudmi yoki yo‘qmi deb qayd etish kerak emas, balki ularning rivojlanishini, boyib borishini, kuchayishini rag‘batlantirish inobatga olinishi lozim. Ta’lim jarayoni aynan shunga xizmat qilishi kerak, qachonki bilimlar, ko‘nikma va malakalar ongli ravishda o‘z–o‘zini takomillashtirishga ichki undov bilan qabul qilinsagina u ishlanadi.
O‘qituvchining «o‘z–o‘zini kasbiy jihatdan har tomonlama mukam­mal takomillashtirishi», hamisha amalga oshadigan faoliyat emas. Shun­ga qaramay, o‘qituvchining o‘zi haqidagi deyarli har qanday fikr-mulo­hazasi, kasbiy refleksiyaning deyarli har bir jarayoni, kasbiy faoliyatni qiziqarli qilish uchun muhim ahamiyatga ega: chin ko‘ngildan va mehr bilan bajariladigan og‘ir mehnat ham kasbiy faoliyatni osonlashtiradi, bu esa refleksiyaning asosiy mazmun va mohiyati asoslaridan biridir.
Pedagog olimlar G.A.Golitsin va G.P.Shedrovitskiyning ishlarida refleksiyaga o‘qituvchi pedagogik faoliyati rivojlanishining asosiy omili va tabiiy mexanizmi sifatida katta ahamiyat berilgan. G.P.Shedrovitskiy refleksiyani insonning «ijobiy faoliyatlari majmuasi» nuqtai nazaridan o‘rganishni taklif qiladi. U qandaydir pedagogik faoliyatni amalga oshi­rish mumkin bo‘lmasa, bu g‘oya asosida ushbu faoliyat doirasidan tash­qariga «refleksiv chiqish» tizimi quriladi, deb hisoblaydi. Bunda inson amalga oshirilmagan faoliyatdan, yangi faoliyat pozitsiyasiga o‘tadi va «fikran ma’nolar qurish» vositalariga ega bo‘ladi, ulardan kelib chiqib, birlamchi faoliyatni tushunadi va tavsiflaydi, bunda ikkinchi yangi fao­liyatda birinchisidan muhim «material» sifatida foydalanadi.
Olimlarning bu kabi xulosalari o‘qituvchining o‘z–o‘zini rivojlantirishda (bu uning o‘z ijodiy mehnati natijasidan qoniq­mas­ligi aslo mumkin emasligi bilan belgilanadi) shijoati, kasbiy faoliyatiga oid yangiliklarni muntazam izlanishida, ijodkorligida namoyon bo‘lishi bilan asoslanadi, demak refleksiya o‘qituvchining o‘z–o‘zini kasbiy takomillashtirishiga ham asos bo‘ladi, deb aytish mumkin.
Kasbiy pedagogik faoliyatda refleksiv jarayonlarni o‘rganib ta’kid­lash mumkinki, refleksiya nafaqat pedagogik faoliyatni rejalashtirish bilan bog‘liq hodisa, balki refleksiya mohiyatini kasbiy faoliyatni opti­mal­lashtirish maqsadida ham qo‘llanadi. Ba’zi olimlarning fikricha, ref­leksiya – asrlar davomida o‘qituvchining kasbiy faoliyatida to‘planib kelingan tajribalarida, uning xulq–atvori, muloqot madaniyati, tafak­kurida yig‘ilgan eski andozalarni, kamchiliklarni bartaraf etish imko­niyatini beradi (G.F.Pojmelkina, E.Yu.Koloshina, E.V.Frolova).
O‘qituvchining kasbiy pedagogik fikrlashning zarur tarkibiy qismi sifatida qarash mumkin, u o‘qituvchiga o‘z kasbiy faoli­yatiga tahliliy yondashishni, o‘zining pedagogik faoliyatdagi o‘rnini aniq­lash va rejalashtirilayotgan ishlarda ijobiy natijalarga erishish uchun pedagogik faoliyatni maqsadli o‘zgartirishning optimal yo‘llari va konstruktiv vositalarini topish imkoniyatini beradi.
Kasbiy qiyinchiliklarni engishdagi rolini o‘rgangan V.A.Metayevaning ishlari hozirgi kunning eng dolzarb tadqiqotlaridan biri sanaladi. Olima refleksiyaning rivojlanganlik darajasi «o‘qituv­chi­ning kasbiy faoliyatidagi qiyinchiliklarni samarali hal qilishning asosi bo‘lmish» pedagogik mahorat natijasida muvaffaqiyatlarga erishishiga bog‘liq, degan xulosaga keladi.
Inson psixikasi ichki tizimlari tashqi ijtimoiy faoliyat strukturasini qizg‘in o‘zlashtirish jarayonida shakllanishini, tashqi faoliyatning ichki faoliyatga o‘tishini ta’minlaydigan interiorizatsiya (tashqi omillarning ichki omillarga o‘tishi) nazariyasiga (P.Jane, J.Piaje, A.Vallon, A.A.Leontev va boshqalar)1 asoslanib, aytish mumkinki, kasbiy reflek­siyaning rivojlanish muammosi o‘qituvchining pedagogik maho­ratini oshirish asosi sifatida o‘rganiladi.
O‘qituvchi o‘z faoliyatini muntazam tahlil qilmasligi aslo mumkin emasligi isbotlangan, bu o‘qituvchidan kasbiy faoliyati davomida atro­fidagi insonlar (o‘quvchi, ota-ona, hamkasblari) bilan muntazam kommu­nikativ munosabatni tashkil etish pozitsiyasida tura olishini talab qiladi, o‘qituvchida bu faoliyat subyekti sifatida o‘ziga refleksiv munosabatni shakllantiradi, bu esa ijtimoiy munosabatlar interiorizatsiyasi (tashqi omillarning ichki omillarga o‘tishi) natijalarini o‘zida aks ettiradi. Demak, refleksiya, garchi ong funksiyasi sanalsada, kishilarning o‘zaro munosabatlari yig‘indisi ta’sirida shakllanadi va inson psixikasiga sezdirmasdan o‘tadi, u o‘z navbatida, inson faoliyatini ongli ravishda o‘zgartirish mazmunini belgilaydi.
Ma’lumki, har qanday kasbiy faoliyat obyektni o‘zgartirish jarayoni bo‘lib, ayni paytda, subyektning o‘zini ham o‘zgartirish jarayonidir, fao­li­­yat­ning sifat va samaradorligini oshirish esa shaxsning faoliyat subyekti sifatida takomillashuviga olib keladi yoki aksincha bo‘lishi ham mumkin. Bu qoida A.A.Leontevning «shaxsni tadqiq qilishning to‘g‘ri yo‘li ijtimoiy munosabatlarda subyekt faoliyati natijasida o‘zi – o‘zini hara­kat­lantirish evaziga hosil bo‘ladigan transformatsiyalarni (shakl yoki qiyofaning o‘zgarishi) o‘rganishdan iborat» ekanligi haqidagi xulosasi refleksiv jarayonlarni o‘rganish uchun ham asos sanaladi.
O‘qituvchi pedagogik faoliyatini o‘rganishga bag‘ishlangan ko‘p yillik tajribalar asosida qilingan nazariy xulosalar pedagogik mahoratning rivojlanish jarayonini beshta elementdan iborat tizim asosida o‘rganish imkoniyatini beradi. Bu o‘qituvchining kasbiy refleksiyasi rivojlangani sari kechadigan va uning asosida uzluksiz pedagogik kasbiy mahoratini va o‘z – o‘zini takomillashtirish imkoniyatini ta’minlaydigan jarayonlarni chuqurroq tushunishni ta’minlaydi.

Yüklə 34,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin