1. O’quv materiallar ma’ruzalar mavzulari: 1-Modul. Fanning predmeti va uslublari



Yüklə 98,29 Kb.
səhifə10/15
tarix07.12.2022
ölçüsü98,29 Kb.
#72988
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
quritish. Mikroblarning hayot faoliyati uchun suv zarur, chun-ki oziq moddalar bakteriya hujayrasiga faqat erigan holda o’tadi. Mikroorganizmlar ko’payib borayotgan substratning namligi 30% dan kam bo’lsa, ko’pgina mikroblarning rivojlanishi to’xtaydi, lekin bunda ularning ko’plari xalok bo’lmasdan, uzoq vaqtgacha saqlanib qoladi. quritishning mikroorganizmlarga yomon ta’sir qilishidan mahsulotlarni konservalashda foydalaniladi.
Nur energiyasi. Yashil va qirmizi qizil oltingugurt bakteriyalarini aytmaganda, oftob nurlari mikroorganizmlarga halokatli ta’sir etadi. Tik oftob nurlari ko’pchilik mikroblarni bir necha soat mobaynida o’ldiradi. Operatsiya xonalari, bakterologik labaratoriya va boshqa xonalarni, suvni, sutni sterillash uchun shulardan foydalaniladi.
Osmotik bosim mikroblar hayoti uchun katta ahamiyatga ega. Muhitda tuzlar va qand kontsentratsiyalari yuqori bo’lsa, mikrob hujayrasi suvni chiqarib yuboradi va unga oziq moddalari kirmay qolganligi uchun tashqi muhit bilan normal moddalar almashinuvi to’htab qoladi.
Yuqori bosim mikroorganizmlarga unchalik ta’sir etmaydi. Tirik mikroblarni okeanlar ostida ham topish mumkin.
Mexanik tebranish mikroblarga bir oz bakteritsid ta’sir etadi. Ultratovush ta’siridan mikroblar tez xalok bo’ladi.
Kimyoviy moddalarning mikroorganizmlarga ta’siri ularning kontsentratsiyasiga, qancha muddat ta’sir etib turishi va temperaturaga bog’liq. Bir qancha kimyoviy birikmalar mikroblarga xalokatli ta’sir etadi. Lekin ularning kichik dozalari mikroblarga yomon ta’sir qilmaydi, balki ularning rivojlanishiga yordam beradi. Kimyoviy moddalarning bakteriostatik ta’siri, ya’ni mikroblarning o’sishi va ko’payishini to’xtatib qo’yadigan ta’siri hamda mikroorganizmlarni butunlay o’ldiradigan bakteritsid ta’siri tafovut qilinadi. Ko’pgina kimyoviy birikmalarning bakteritsid hususiyatlardan kimyoviy dezinfektsiyada foydalaniladi. Dezinfektsiya - patogen mikroblardan xalos bo’lish, ularni yo’q qilishdir, ayni paytda saprofitlar o’z hayot qobiliyatini saqlab qolishi mumkin. Dezinfektsiyalovchi moddalarning soni juda ko’p. SHular orasida fenol va uning unumlari, tarkibida xlor bo’ladigan moddalar, og’ir metallar tuzlarining birikmalari, ishqorlar, kislotalar, yuza aktiv moddalar, bakteritsid gazlar va boshqalar hammadan ko’p ishlatiladi.
Tabiiy sharoitlarda mikroblar odatda o’simliklar va hayvonlar bilan birga rivojlanib boradi va biotsenozning tarkibiy qismini tashkil etadi. Biotsenoz-yashash muhitining bir qismida makon tutgan jami o’simlik va hayvonlardir. Bir joyning o’zida xilma xil turdagi bakteriyalar, zamburug’lar, sodda jonivorlar, virus va boshqalar yashaydi. Ularni orasida yashash uchun doimiy ko’rash bo’lib turadi. Mikroorganizmlarning har xil gruppalari va turlari o’rtasidaga o’zaro munosabatlar xilma-xil bo’lib, asosan, simbioz, metabioz, antogonizmdan iborat. Simbioz-mikroorganizmlarni o’zaro foyda keltirib birga yashashidir.
Metabiozda bir turdagi mikroblar o’z hayot faoliyati natijasida ikkinchi turdagi mikroblar rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratib beradi. Metabioz tabiatda moddalar aylanib yurishini asosini tashkil qiladi. Yashash uchun ko’rashda mikroorganizmlar o’rtasida antogonistik munosabatlar ham paydo bo’ladi. Sodda jonivorlar bakteriyalarni yeydi. Patogen mikroblar kasallik ajratmalari bilan tashqi muhitga tushib, saprofitlar uzoq raqobatga jidash bermay, tezda xalok bo’ladi. SHu moddalar qatoriga antibiotiklar kiradi.
Mikroorganizmlarning hayot faoliyati tashqi omillar bilan chambarchas bog’liqdir. Tashqi muhit o’zgarsa, mikroorganizmlarning hayot faoliyati va rivojlanishi ham o’zgaradi.
Mikroorganizmlarning haroratga bog’liq ravishda o’sishi. Mikroorganizmlar ham huddi boshqa tirik organizmlar singari o’ziga xos normal temperaturada yaxshi yashaydilar. Temperatura yuqori yoki past bo’lsa, mikroorganizmlarning o’sishi, rivojlanishi va ko’payishi pasayadi. M.: Tuberkulyoz (sil) kasalini qo’zg’atuvchi mikrobning minimal temperaturasi ]30, optimal temperaturasi ]37,3 va maksimali ]42 darajadir. Barcha mikroorganizmlar temperatura ta’siriga qarab 3 ta katta guruhga bo’linadi:

  1. Psixrofillar - grekcha «psixro»-sovuq, «filein»-sevaman degan ma’noni anglatadi. Bular sovuqni sevadigan mikroblardir. M.: SHimoliy qutb dengizi mikroblari uchun optimal daraja -15-20, maksimali -30-35, minimali 0 va xatto -6 dir. Bu guruhga nur sochuvchi, dengiz, suv xavzalarida uchraydigan va temir bakteriyalar kiradi.

  2. Mezofil - grekcha «mezos»-o’rtacha degan ma’noni anglatadi. Ular uchun optimal daraja ]30]37, maksimali ]45]50, minimali ]10 dir. Bu guruhga ko’pchilik saprofit bakteriyalar, patogenlar va achituvchi mikroblar kiradi.

  3. Termifil - grekcha «termos»-issiq degani. Unga issiqsevar bakteriyalar kirib, ular uchun optimal daraja ]50]60, mak-simali ]80, minimali ]35 dir. Ularga hayvonlarni ovqat hazm qilish traktidagi va tuproqning yuza qatlamida yashovchi mikroblar kiradi hamda o’zlari ham issiqlik ajratib chiqaradi.

Past temperatura mikroblarni o’ldirmaydi va aksincha ularni o’sishini vaqtincha pasaytiradi. SHuning uchun oziq-ovqat mahsulotlari past temperaturada saqlanadi. Tuproqda va odamning terisida uchraydigan mikroblardan Bas Mezenterikusning sporasi 10-12 soat qaynatilganda o’ladi. Yuqori temperatura bilan sterilizitsiya o’tkaziladi.
Sterilizatsiya - lotincha «sterillis»-naslsizlantirish ma’no-sini bildiradi. Sterilizitsiya qilinganda patogen va patogensiz mikroorganizmlar va ularning sporalari ham o’ldiriladi. Sterilizitsiya bir necha usullar bilan o’tkaziladi:

  1. Alangada qizdirish yoki flombir qilish usuli. Bu usul bilan alangada buzulmaydigan asbob va uskunalar sterizitsiyalanadi.

  2. Quruq issiq bilan sterillashda quritish yoki Paster shkafidan foydalaniladi. Quruq issiqlik Bilan sterillash (170 darajada 45 minutdan 1 soatgacha) 180 darajada 15 minut va 200 darajada faqat 5 minut davomida o’tkaziladi.

  3. Qaynatib sterillash usuli bilan asosan vegetativ shaklli mikroblar, uzoq muddat sterillansa sporalar ham o’ldiriladi.

  4. Harakatdagi bug’ bilan sterillash usulida mahsus KOX apparati ishlatiladi. Suv qaynaganda bug’ hosil bo’ladi va yuqoriga ko’tarilib, narsalarni yonidan o’tib issiqlik hosil qiladi va ularni sterillaydi.

  5. Bosim ostidagi bug’ bilan sterillash usulini qo’llash uchun atoklav kerak.

  6. Tendelizatsiya usulini Tendel degan olim tavsiya etgan. Bunda suyuqlik ]60]65 darajada 1 soatdan besh kun yoki ]70]80 darajada bir soatdan uch kun sterillanadi.

  7. Pasterizitsiya usuli ham tendelizatsiyaga o’hshagan. Farqi shuki, pasterizatsiya (70 darajada 30 minut yoki) 80 darajada 15 minut davomida o’tkaziladi.

Yuqori temperatura ta’sirida oqsillar denaturatsiyaga uchraydi. Fermentlarning aktivliga pasayadi. Mikroblar faqat namlikda yashashga moslashganligi uchun suvsiz quruq sharoitga tushib qolsa hujayrasining suvi kamayadi va yashash faoliyati to’xtaydi.
Nazorat uchun savollar:

  1. Mikroorganizmlarga fizik omillarning ta’sirini aytib bering?

  2. Mikroorganizmlarning o’zaro munosabati qanday?

  3. Kislorodga bo’lgan munosabati qanday?




Yüklə 98,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin