1. O‘rta Osiyoda ilk davlatchilikning shakllanishidagi asosiy omillar va boshqaruv



Yüklə 273,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/16
tarix11.10.2023
ölçüsü273,36 Kb.
#153623
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
2 mavzu

Kushonlar davlati 
tashkil topadi. Kushon davlatiga 
jangovar xunn qabilalarining ta’qibi natijasida Shimoliy-sharqdan Yunon-Baqtriya 
davlatiga miloddan avvalgi 140-130 yillarda bostirib kirgan yuechji qabilalari asos 
solganlar. Sug‘diyona va Baqtriyaga kelib o‘rnashgan 
yuechjilar 
xyumi, shuanji, 
guyshuan, xi - se va dumi (dyumi) kabi yirik, bir-biriga qarindosh xonadonlardan 
iborat ediki, ular o‘rtasida hokimiyat uchun kurashda Guyshuan xonadoni g‘olib 
chiqadi va Guyshuan (Kushon) podsholigiga asos solinadi. 
Qadimgi xitoy manbalariga ko‘ra yuechji qabilalari miloddan avvalgi IV-
III asrlar chegarasida Mongoliya hududida yashovchi xunnlarning qo‘shnilari 
bo‘lishgan. Miloddan avvalgi III asrning ikkinchi yarmiga kelib yuechjilar juda katta 
kuchga aylanganlar. Xunnlarning boshlig‘i ularga o‘lpon to‘lashga majbur bo‘lgan. 
Ammo bir oz vaqt o‘tgach xunnlar sardori Maodun xunlarni kuchli hokimiyat ostida 
birlashtirib, bu ko‘chmanchi qabilalarni qudratli kuchga aylantirdi. Miloddan avvalgi 
176 yilda xunn lashkarboshilaridan biri yuechjilarni jangda mag‘lubiyatga uchratadi. 
Maodunning o‘g‘li Laoshin mil.avv. 174 yilda yuechjilarni yana tor-mor keltiradi va 
hukmdorini ham o‘ldirib bosh chanog‘idan may qadaxi yasattiradi. Mag‘lubiyatga 
uchragan ko‘chmanchi yuechjilar g‘arbga-Sharqiy Turkiston va O‘rta Osiyo 
hudulariga kirib kela boshlaydilar. Ammo bu hududlarida yuechjilar xitoy 
manbalaridan “usun” deb ataluvchi ko‘chmanchi chorvador qabilalar bilan to‘qnash 
keladilar. O‘zaro urushlarda oxir oqibat usun qabilalarining qo‘li baland kelib
yuechji qabilalari Tyanshan, Farg‘ona va Pomir tog‘lari osha Shimoliy Gʻarbiy 
Hindiston va Baqtriya yerlariga kirib keladilar. 
Yuechji qabilalari haqida ma’lumotlar faqat qadimgi va o‘rta asr xitoy 
manbalarida saqlangan. Qadimgi yunon-rim tarixchilari (Strabon, Pompey Trog) 
asarlarida esa bu nom umuman uchratilmaydi. Aftidan ular yuechjilarni boshqa 
nomda atagan bo‘lsalar kerak. Ular Yunon-Baqtriya davlatining qulashi haqida 
bergan ma’lumotlarida esa asianlar, pasianlar, toxarlar, sakaraullar haqida yozadilar. 
Yuechjilarning kelib chiqishi haqida tadqiqotchilar o‘rtasida yakdil fikr yo‘q. 
Ba’zi olimlar yuechjilarni massagetlarning avlodi deb hisoblasalar (S.P.Tolstov), 
ba’zilar ularni toxarlarning avlodi deb hisoblaydilar (I.Markvart, E.Pulleyblenk). 
O‘zbek olimi akademik A.Asqarov fikriga ko‘ra, yuechjilar skif-sak qabilalari 
ittifoqiga kiruvchi toxarlarning Xitoycha nomlanishidir. Yuechjilarning geografik 
joylashuvi, moddiy va madaniy hayot darajasiga qarab turkiy qabilalardan deb 
hisoblash mumkin. Jumladan yapon olimi K.Yenoki “miloddan avvalgi III 
asrlardagi yuechjilar joylashgan o‘rni va xo‘jalik hayotiga ko‘ra VI asrdagi turklar 
bilan juda o‘xshash” deb qayd qiladi. 
Umuman 

Yüklə 273,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin