sifatida o‘z
nomlarida mis, oltin va kumush tangalar zarb etishni boshlaydilar.
Kanishka davrida (78-123) Hindistonning janubiy viloyatlari, Xorazm, Choch,
Farg‘ona va hatto Gʻarbiy Xitoy ham Kushon dvlati tarkibiga kiritiladi. Buddizm
dini davlat diniga aylantiriladi. Davlatning poytaxti Dalvarzintepadan (Surxondaryo
viloyatida) Peshavor(Hindiston-Pokiston)ga ko‘chiriladi.
Kanishka podsholik
qilgan davrda Kushon saltanati Osiyodagi eng yirik davlat darajasiga ko‘tarilgan.
Numizmatik manbalarda Kanishkadan keyin Vasishka (4 y podsho bo‘lgan),
Xuvishka (32 y podsho bo‘lgan), Vasudeva (34 y podsho bo‘lgan) kabi
podsholarning nomlari saqlangan bo‘lib, ular ushbu davlat tarixida keskin ajralib
turadigan iz qoldirishmagan.
Milodiy IV asrning oxiriga kelib ichki nizolar, g‘arbdan sosoniylar davlati
va shimoldan ko‘chmanchi turkiy qabilalar bergan zarbalar
natijasida Kushon
podsholigi batamom yemiriladi va barham topadi.
Dastlabki hukmdorlar Kadfiz I va Kadfiz II lar davlat yerlarini kengaytirib, pul
islohoti o‘tkazadilar. Milodiy II asrga kelib Kushon davlati yerlari Shimoliy
Hindiston, Afg‘oniston, O‘rta Osiyo, Sharqiy Turkistondan iborat edi. Kushon
hukmdorlari, xususan Kanishka (II asr) davrida savdo-sotiq, ichki va tashqi savdo
ayniqsa rivojlanadi. Dehqonchilik,
chorvachilik, hunarmandchilik ham ancha
taraqqiy etadi. Bu jarayonda Buyuk Ipak yo‘lining ahamiyati nihoyatda katta bo‘ldi.
Kushon davlatida asosiy din buddaviylik bo‘lib, yunon, zardo‘shtiylik aqidalariga
ham e’tiqod qilinar edi.
Antik davr O‘rta Osiyo xalqlari moddiy va ma’naviy
madaniyatida jiddiy
o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Mil. avv. IV-II asrlar oromiy yozuvi asosida Xorazm,
Parfiya va So‘g‘d yozuvlari paydo bo‘ldi. Kushon davriga
kelib yana bir yozuv-
Kushon (Baqtriya) yozuvi shakllanadi. O‘rta Osiyo va Afg‘oniston hududidagi
arxeologik tadqiqotlar antik davr madaniyatining gullab yashnaganidan
dalolat
beradi. Ayritom va Ko‘hna Termizda Budda ibodatxonalari ochilgan.
Dostları ilə paylaş: