yozuvlari keng ishlatilgan, yunon alifbosi asosida unga bitta har qo‘shib (jami 25 ta)
baqtriya yozuvi vujudga kelgan. Zardushtiylik xukmron
din sifatida aholi yunon
xudolari timsoliga sig‘inish alomatlari paydo bo‘lgan.
Ahamoniylar, Aleksandr yurishlari va hukmronliklari davrida g‘arb va sharq
o‘rtasida jadal ichki va tashqi aloqalar o‘rnatilgan, buning barobarida ikki
tomonning o‘zaro roziliklari munosabati bilan garchand har bir davlatning o‘z soliq
tizimlari mavjud bo‘lsada, yetkazilgan harbiy- iqtisodiy zararni qoplash uchun
o‘ljalarni
taqsimlash, boj-xiroj, tovon to‘lovi emas, balki o‘zaro mahsulot
ayriboshlanganligi haqidagi ma’lumotlar ham uchraydi. Bu davrda Eron va Turon
hududlari eronlik va yunon hukumdolari tomonidan
qator satrapliklar hamda
viloyatlarga bo‘lib idora qilingan, har bir ma’muriy-hududiy birliklar ma’lum
soliqlar va o‘lponlar yig‘ish orqali qat’iy tarzda boshqarilgan, satrapliklarni
boshqaruvchi hukmdorlar eron va yunon hukmdorlari tomonidan tayinlangan, soliq
yig‘ib olish ham ular tomonidan idora etilgan.
Dostları ilə paylaş: