oltin va la’li lojuvard tosh konlariga boy o‘lka bo‘lganligi ta’kidlanadi.
Masalan
yunon mualliflaridan biri Ktesiy Ossuriya podshosi Nin va Baqtriya podshosi
Oksiard (boshqa manba’larda
Zaratushra)
urushlari haqida, Kir II ning
baqtriyaliklar bilan to‘qnashuvi to‘g‘risida hiqoya qiladi. Baqtriyaning juda ko‘p
istehkomlari va qal’alari to‘g‘risida, uning baland va mustahkam mudofaa devorlari
bilan o‘rab olingan poytaxti Baqtra nomli shahar bo‘lgani, unda podsho qasri
joylashgani to‘g‘risida ma’lumotlar keltiradi.
Olimlarning izlanishlariga ko‘ra qadimgi Baqtriya hududida miloddan avvalgi
I-ming yillikning birinchi yarmiga oid ikki yuzdan ortiq qishloq- qo‘rg‘onlar,
qal’alar va shahar qoldiqlari topib o‘rganilgan. Aholisi sug‘orma dehqonchilik bilan
shug‘ullangan. Uy-qurilishi, diniy va dunyoviy monumental binolar qurilishi, ko‘p
tarmoqli xunarmandchilik va savdo- sotiq, ayniqsa uning kulolchilik, metallurgiya,
zargarlik, to‘qimachilik va ko‘nchilik soxalari
Baqtriyada yuksak darajada
rivojlanganligidan guvohlik beradi. Bronza davridagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
(Sopolli, Jarqo‘ton va b.) keyingi davrlarda yanada jadallik bilan rivojlanadi.
Natijada Mil. avv. IX-VIII asrlarda Baqtriya hududida harbiy ahamiyatga ega
bo‘lgan siyosiy birlashmalar tashkil topadi.
Mil. avv. VIII-VII asrlarga kelib Qadimgi Baqtriya davlati Sharqdagi kuchli
davlatlardan biriga aylanadi. Ushbu jarayonni arxeologik
va yozma manbalar
ma’lumotlari ham to‘la tasdiqlaydi. Ayrim tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda,
bu davr Baqtriya tarkibiga Marg‘iyona va So‘g‘diyona ham (Tarixiy-madaniy birlik
sifatida) kirgan bo‘lishi mumkin. Baqtriyaning tabiy boyilklari qadim davrlardayoq
Sharq davlatlarida mashhur edi. Buyuk Ipak yo‘lidan ancha ilgariyoq qadimgi
yo‘llarning Baqtriya orqali o‘tganligi bejiz emas.
Ushbu davlatning poytaxtidan topilgan ko‘p sonli turli-tuman topilmalar bu
hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, shuningdek, o‘troq va ko‘chmanchi
aholi o‘rtasida hamda Yaqin Sharq va Old Osiyo bilan o‘zaro iqtisodiy, madaniy
aloqalar gurkirab rivojlanganligidan dalolat beradi.
Agar Avestoda Baqtriyani “eng yaxshi mamlakatlar va o‘lkalardan biri
bo‘lgan, baland bayroqli, go‘zal o‘lka” deb ta’riflansa, yunon mualliflari “ming
shaharli davlat” deb ataydilar. Gerordotdan oldin “baqtriya xalqi” tushunchasini
buyuk Esxil “Forslar” tragediyasida ishlatadi va forslarda yosh baqtriyalik
jangchilardan Tenagan
va Aritom ismlarini tilga olib, ularni Salamin jangida
(miloddan avvalgi 480 yilda) qahramonlarcha kurashib xaloq bo‘lganini eslaydi.
Olimlar tomonidan o‘lkamiz hududlarida bu davrga oid ko‘pgina shahar va
qishloqlar xarobalari ochib o‘rganilgan. Ulardagi topilmalar, manzilgohlar, xom
g‘isht va paxsadan qad ko‘targan bo‘lib, aholi dehqonchilik va chorvachilik bilan
shug‘ullangan. Shaharlarda hunarmandchilik rivojlanganligi
haqida talablalarga
ma’lumotlar beriladi.
Dostları ilə paylaş: