1. O‘rta Osiyoda ilk davlatchilikning shakllanishidagi asosiy omillar va boshqaruv


Eron Ahamoniylarining O‘rta Osiyoga hujumi va ularga qarshi milliy



Yüklə 273,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/16
tarix11.10.2023
ölçüsü273,36 Kb.
#153623
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
2 mavzu

Eron Ahamoniylarining O‘rta Osiyoga hujumi va ularga qarshi milliy 
ozodlik kurashlari (To‘maris, Shiroq, Frada qo‘zg‘olonlari misolida) 
Mil. avv. 
559 yilda Eronda podsho 
Kir II 
ahmoniylar davlatiga asos soladi. Mil. avv. 545-540 
yillarga kelib ahmoniy podsholari O‘rta Osiyodagi Parfiya, Marg‘iyona, Baqtriya, 
So‘g‘diyona kabi viloyatlar va ko‘chmanchi qabilalar ustidan o‘z hukmronliklarini 
o‘rnatadilar. O‘rta Osiyo xalqlari bosqinchilarga qarshi mardonavor kurash olib 
bordilar. Xususan, ko‘chmanchi massaget qabilalari ahmoniylarning katta 
qo‘shinlarini tor-mor etdilar (mil. avv. 530 yil). Bu jangda fors podshosi Kir II ham 
halok bo‘ldi. Shuningdek, mil. avv. 522 va 519-518 yillarda Marg‘iyonada hamda 
saklar o‘lkasida forslarga qarshi qo‘zg‘olonlar ko‘tariladi. Shunday qo‘zg‘lonolar 
To‘maris 
va 
Shiroq 
boshchiligida ko‘tarilgan bo‘lib, uning asosiy sababi 
bosqinchilarning o‘lkadagi zo‘ravonliklari hamda mahalliy xalqlar boshiga solingan 
katta miqdordagi boj va o‘lponlar edi. 
To‘maris va Shiroq haqidagi tarixiy o‘gitlar va pandlar garchand afsona 
bo‘lsada, azaldan ular insonlarni ma’naviyatli bo‘lishga chorlagan. Xususan 
To‘maris afsonasini oladigan bo‘lsak, unda qahramonlik xislatlari o‘z aksini 
topganligini ko‘rish mumkin. To‘maris massaget qabilalarining 


rahbari, hukmdor ayol. U o‘z faoliyatini mamlakat tinchligiga, barqarorligiga 
bag‘ishlaydi. Xalqparvar ayol sifatida maydonga chiqadi. Ammo ahmoniylar 
hukmdori Kir massaget qabilalarining barqaror turmush tarziga xavf tug‘dirib, 
avvalo massagetlarni o‘ziga bo‘ysundirmoqchi bo‘ladi. To‘maris o‘z qahramonligi 
bilan dushmanga zarba bera oldi. 
Qayd qilinishicha, sak qabilalariing vakili bo‘lgan Shiroq ismli cho‘pon hiyla 
yo‘li bilan forslarning katta qo‘shinlarini suvsiz sahro ichkarisiga adashtirib qo‘yadi. 
Shiroq ham, fors qo‘shinlari ham ochlik va tashnalikdan halok bo‘ladilar. 
Umuman, o‘sha davrda yashagan mahalliy xalqlar va ularning qahramonliklari, 
abjir va chaqqon chavandoz, mohir mergan va chayir va chabdast jangchi 
bo‘lganliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘plab uchraydi. Jumladan, zod, mohir va 
abjir bo‘lishishga intilish har bir yoshning kundalik harakat dasturiga aylanib bordi. 
Oqibatda ana shu jangavor harbiy ruhiyati jarayonida suvoriy oriylar tarkib topib, 
ular tomonidan o‘zga yurtlarni bosib olish chorvador qabilalarning muhim daromat 
manbaiga aylandi. Ana shu chorvador qabilalarning suvoriy harbiylari hayotda 
o‘zlarini ozod va erkin, xech kimga qaram va tobe his etmas, ular o‘zlarini doimo 
hayotda iqtisodiy va siyosiy mustaqil xis etuvchi ozodlar-oriylar edilar. Ularning 
Urug‘-aymoqlari ham qabila an’anasiga ko‘ra, o‘zlarini oriylar deb atashgan. 
Chunki, o‘sha davr chorvador jamoalarida harbiy demokratiya tizimiga xos tartib-
qoidalar hukmron edi. Har bir oilada tug‘ilgan farzand yoshligidan qabila 
udumlariga sodiqlik ruhida tarbiyalanadi. Tarbiyaning maqsad yo‘nalishi esa har bir 
nufuzli chorvador siymosida oriyni shakllanishi bilan yakunlanadi. 
Mil. avv. 522-yilda ahmoniylar taxtiga Doro I o‘tiradi. U taxtga o‘tirishi 
bilanoq Parfiya, Marg‘iyona va saklar o‘lkasida forslarga qarshi qo‘zg‘olonlar 
ko‘tariladi. Behistun yozuvlariga qaraganda, 522-yilning oxirida Marg‘iyonada 
ko‘tarilgan qo‘zg‘olonga 
Frada 
ismli kishi boshchilik qiladi. Doro I Baqtriya satrapi 
Dadarshish boshchiligidagi qo‘shinlarni qo‘zg‘olonchilarga qarshi jo‘natadi. 
Qo‘zg‘olon shavqatsizlarcha bostirilib 55 ming marg‘iyonalik halok bo‘ladi. Frada 
ham qo‘lga olinib qatl ettiriladi. 
519-518-yillarda bo‘lib o‘tgan bu kurashda saklar forslar tomonidan 
mag‘lubiyatga uchraydi. Saklarning ko‘pchiligi o‘ldirilib, ko‘pchiligi asir olinadi. 
Ularning yo‘lboshchisi Skunha asir olinib, o‘rniga boshqa yo‘lboshchi tayinlanadi. 
Xullas, forslar O‘rta Osiyodagi mahalliy aholinining qahramonona qarshiligini 
qiyinchilik bilan sindirganidan keyingina bu hududlarni batamom o‘zlariga 
bo‘ysundirdilar. 
Ahmoniylar davrida davlat boshqaruvi shohlar shohiga (shahanshohga) tegishli 
edi. Shahanshohning cheklanmagan hokimiyati nafaqat fors zodagonlariga, balki, 
ma’lum darajada soliqlardan ozod qilingan va ahmoniylar davlatida ko‘pgina 
imtiyozlarga ega bo‘lgan ozod fors jamoalariga ham tayangan. Shuningdek, bosib 
olingan viloyatlarning mahalliy zodagonlari ham hokimiyatning tayanchi 
hisoblangan. 


Hokimiyat iyerarxiyasida shahanshohdan keyin boy fors oilalarirling 
boshliqlari turgan. Shahanshoh saroyida kengash mavjud bo‘lib uning tarkibiga boy 
oila boshliqlari, saroy ayonlari, yuqori lavozimdagi amaldorlar va noiblar kirgan. 
Davlat ahamiyatiga molik muhim masalalar ushbu kengashda ko‘rib chiqilsa-da, hal 
qiluvchi qarorni shahanshoh chiqargan. 
Doro I 
hukumronligi davrida uning avlodlaridan bo‘lmish, Kurush va Kambis 
(529-522 yy) o‘zlariga qaram mamlakatlardan muayyan soliq olmaganlar biroq, tobe 
mulklardan ularga sovg‘a-salomlar yuborib turilgan. Doroni forslar savdogari 
deyilishiga sabab, u birinchi bo‘lib soliq tizimini joriy etganligidir. Shu bilan 
birgalikda bosib olingan mamlakatlardan qimmatbaho sovg‘a-salomlar (o‘lja, hadya 
tarzida) olinishi bilan birga, katta miqdorda soliqlar ham to‘langan. Haqiqatda, Doro 
qo‘l ostidagi har bir mamlakat va viloyat ularga katta miqdorda tayinli soliq to‘lab 
turganlar. Xususan, ahamoniylarga tobe okruglar (satraplik) dan o‘n ikkinchisiga 
kirgan «baqtriyaliklardan» «egllar» gacha (Xo‘janda atroflarida yashagan qadimgi 
urug‘ shunday atalgan) bo‘lgan hudud yiliga 360 talant (1 kg talant 30 kg kumushga 
teng bo‘lgan) to‘lab turishi kerak bo‘lgan. 
Mil. avv. 329 yilga kelib, makedoniyalik Aleksandrning O‘rta Osiyoga 
yurishlari boshlanadi. 

Yüklə 273,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin