1. O‘rta Osiyoda ilk davlatchilikning shakllanishidagi asosiy omillar va boshqaruv



Yüklə 273,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/16
tarix11.10.2023
ölçüsü273,36 Kb.
#153623
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
2 mavzu

Sug‘diyona
- geografik hudud. Qashqadaryo va Zarafshon 
daryolari havzasi. Xozirgi 


Tojikistonning Panjikent tumani, O‘zbekistonning Samarqand, Qashqadaryo va 
Buxoro viloyatlari o‘rniga to‘g‘ri keladi. 
So‘g‘diyona haqida «Avesto», ahmoniylar davri, mixxat yozuvlari va yunon-
rim tarixchilari ma’lumotlar beradilar. Qashqadaryodagi bir qator turar-joylar va uy-
qo‘rg‘onlar qoldiqlari mil. avv. IX-VIII asrlarga oiddir. So‘g‘diyonada Afrosiyob
Yerqo‘rg‘on, Uzunqir kabi yirik shahar markazlari hamda qo‘shni viloyatlar va 
davlatlar bilan o‘zaro iqtisodiy va madaniy aloqalar rivojlanadi. Darvoqe, o‘z o‘rnida 
o‘lkaning tabiiy sharoiti, iqlim xususiyatlariga mos ko‘plab qishloq xo‘jalik ekinlari, 
xususan, donchilik, bog‘dorchilik, polizchilik kabi sohalar rivoj topgan. 
O‘lkada sun’iy sug‘orishga bunchalik katta ahamiyat berilganligi ajdodlarimiz 
hayotida dehqonchilik naqadar katta o‘ringa ega ekanligidan guvohlik beradi. 
Darvoqe o‘z o‘rnida o‘lkaning tabiiy sharoiti, iqlim xususiyatlariga mos ko‘plab 
qishloq xo‘jalik ekinlari, xususan, donchilik, bog‘dorchilik, polizchilik kabi sohalar 
rivoj topishi barobarida, ulardan olinayotgan daromad hisobidan kelayotgan soliqlar 
ham hukmron davlatlarning byudjetini boyishiga xizmat qilgan. 
Ushbu davlat hukmronligi davrida chet davlatlar bilan jadal savdo- iqtisodiy 
munosabatlar o‘rnatar ekanlar, harbiy yurishlar mahalida mag‘lub davlat g‘olib 
tomonga o‘lpon tarzida katta miqdorda soliqlar to‘laganlar. Shuningdek, o‘lkada 
yetishtirilgan qishloq xo‘jalik, chorvachilik mahsulotlari, hunarmandchilik 
buyumlari, shisha, qog‘oz, jun, qorako‘l teri, qovun, tarvuz, ot, tuya kabilar chet 
elliklar e’tiborini tortgan. 
Miloddan avvalgi II - I asrlarda rivojlangan davlatlardan biri
qadimgi 
Farg‘ona 
(Dovon, Davan) davlatidir. Ushbu davlatning Xitoy bilan aloqalari 
kuchaygan. Shu maqsadda xitoyliklar ushbu o‘lkaga bir necha marotaba yurishlar 
qiladilar. Birinchi yurish muvaffaqiyatsiz tugagach, ular miloddan avvalgi 102 yilda 
bu yerga ikkinchi marta yurish qiladilar, ularning e’tibori asosan ushbu davlatning 
poytaxtini zabt etishga qaratilgan edi. Bu yurishda qurol-aslaha va oziq-ovqat bilan 
yaxshilab ta’minlan-gan 60 ming kishilik qo‘shin ishtirok etadi. 
Dushman poytaxtni qamal qilish bilan bir vaqtda, yaqin atrofdagi chorvador 
xalqlarni ham talar edilar. Bu voqealardan xabar topgan Guyshan oqsoqollari 
yig‘ilib, maslahat qiladilar. Ularning fikricha, «Yu» shahrida Dovon podshosi 
Muguan tomonidan birinchi yurish davrida «Xitoy elchisining o‘ldirilishi va Dovon 
otlarini bosqinchilarga bermasdan, yashirib qo‘yilishi Xitoy qo‘shinlarini ikkinchi 
marta bostirib kelishlariga sabab bo‘lgan. Endi Dovon arg‘umoqlari ularga taqdim 
etilsa, xitoyliklar urushni to‘xtatishlari mum-kin» - deydilar
4
. Agar xitoyliklar 
bosqinchilik urushini to‘xtatishmasa, o‘lguncha kurashishini asosiy maqsad qilib 
qo‘yadilar. 
Xitoy qo‘mondonligi bilan muzokaralar olib borish uchun poytaxtning obro‘li 
oqsoqollaridan birini elchi qilib yuboradilar. Elchi Xitoy 


sarkardasi Li Guan-li huzuriga borib, oqsoqollar yig‘inida bo‘lgan gaplarni unga 
aytib, «arg‘umoqlardan tashqari farg‘onaliklar Xitoy armiyasini yetarli darajada 
oziq-ovqat bilan ta’minlaydi. Agar bu shartlar qabul qilinmasa, dovonliklar barcha 
arg‘umoqlarni o‘ldiradilar, shu orada qang‘uylardan kutilayotgan yordamchi kuch 
ham yetib keladi» - deb Xitoy qo‘shinini qurshovda qolganligini bildiradi. 
Shunday qilib, Qadimgi Farg‘onada mavjud bo‘lgan «arg‘umoqlar» (“samoviy 
nasldor otlar”) hamisha xitoylik savdogarlar, harbiylarni o‘z e’tibori bilan lol 
qoldirganligi ayon. Miloddan avvalgi II-I asrlarda Xitoy hukmdorlari bir necha bor 
bu davlatni bosib olmoqchi bo‘lsalar-da, biroq ularning harakatlari behuda ketadi. 
Harbiy yurishlarning birida ular Dovon davlatining poytaxti Ershini qo‘lga 
kiritadilar, biroq aholining tazyiqi ostida o‘lpon va soliqlar evaziga uni tashlab chiqib 
ketganlar. Ikkinchi bor yurishlarida xitoyliklar Ershi shahrini qamal qildilar, 
shaharga keladigan suv yo‘llarini to‘sib qo‘yadilar. Dovon hukmdorlari qal’aga 
bekinib oldilar va sulh to‘g‘risida muzokaralar boshlaydilar, nihoyat xitoyliklarga 
samoviy otlardan berishga rozilik bildiriladi. Aks holda, barcha arg‘umoqlarni 
qirg‘in qilmoqchi bo‘ladilar. Qang‘ davlatidan madad yetib kelishidan cho‘chib, 
xitoyliklar sulhga rozi bo‘ladilar. Ular Ershiga kirmasdan zarur miqdordagi nasldor 
otlardan tovon olib, vatanlariga qaytadilar. 
Farg‘onaning dehqonchilik vohalarida aholining o‘troqlashuvi kuchayadi. 
Buning oqibatida esa obikor yerlarga bo‘lgan ehtiyoj ortadi. Kichik-kichik sug‘orish 
kanallari qazib chiqarilib, minglab gektar yangi yer maydonlari o‘zlashtiriladi. 
Sug‘orish texnikasi takomillashadi, sug‘orish tarmoqlari kegayadi. Hozirgi vaqtda 
ham mavjud bo‘lgan yirik sug‘orish tarmoqlari tarkib topishiga o‘sha paytlardayoq 
tamal toshi qo‘yilgan. 

Yüklə 273,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin