1. O‘rta Osiyoda ilk davlatchilikning shakllanishidagi asosiy omillar va boshqaruv


talabalari uchun o‘quv qo‘llanma). T., 2006



Yüklə 273,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/16
tarix11.10.2023
ölçüsü273,36 Kb.
#153623
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
2 mavzu

talabalari uchun o‘quv qo‘llanma). T., 2006. 
10)
 
O‘zbekiston tarixi.«Darslik».//Mas’ul muharrirt.f.d R.X. Murtazayeva. T., 
2005 y. 
11)
 
Usmonov Q, Sodiqov M, Oblomurodov N. O‘zbekiston tarixi. I qism. O‘quv 
qo‘llanma. T.: «Meros», 2002. 
12)
 
Usmonov Q, 
Sodiqov M, 
Burxonova S. 
O‘zbekiston tarixi. 
«Darslik». T., 2006


 
 
1.
 
O‘rta Osiyoda ilk davlatchilikning shakllanishidagi asosiy omillar va 
boshqaruv. 
Miloddan avvalgi II ming yillikning oxirlari va I ming yillikning boshlarida 
ajdodlarimiz temirni ishlatishni, undan qurol-yarog‘lar tayorlashni o‘zlashtirganlar. 
Shu tarzda mexnat qurollarining takomillashishi ham mintaqada davlatchilikning 
shakllanishiga turtki bo‘lgan muhim omillardan edi. Bu esa o‘z navbatida inson 
faoliyatining muhim mahsuli bo‘lib, bu holat jamiyatning barcha sohalarida 
iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy sohalar rivojiga turtki bo‘lgan. 
Umuman bu davrda aholi ishlab chiqarishning ma’lum bir sohalariga 
dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilikka ixtisoslashib bordi. Bu 


jarayon ishlab chiqaruvchi kuchlarning o‘sishi va ularning bir yerga to‘planishi uchun 
zamin yaratdi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning o‘sishi o‘z navbatida mahsulot hajmining 
o‘sishiga, qo‘shimcha mahsulot paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Demak, qadimgi 
xo‘jaliklarning ixtisoslashuvi, sug‘orma dehqonchilikning rivojlanishi, metallning 
hayotga jadallik bilan kirib kelishi va yoyilishi, hunarmandchilikda turli tarmoqlarning 
rivojlanishi, o‘zaro ayirboshlash va savdo-sotiq taraqqiy etishi natijasida jamiyat 
hayotida ijtimoiy-iqtisodiy yuksalish kuzatiladi. Bu yuksalish ilk davlatchilikning 
asosiy poydevori hisoblangan. 
Ko‘pchilik tadqiqotlardan bizga ma’lumki, ilk shaharlar davlatchilik paydo 
bo‘lishining muhim va asosiy belgisi hisoblanadi. Ushbu ma’lumotlar mil.avv. II 
ming yillik oxiri I ming yillik boshlari Qadimgi Baqtriya hududlarida davlatchilik 
ko‘rinishlari paydo bo‘la boshlaganidan dalolat beradi. Ktesiy bergan ma’lumotlarga 
ko‘ra, mil.avv. II ming yillikning dastlabki asrlarida Baqtriya qudratli podsholik 
bo‘lib, mintaqada hukmronlik mavqeini qo‘lga kiritish maqsadida Midiya va 
Ossuriya o‘rtasidagi urushlarda ishtirok etgan. 
Davlatchilik paydo bo‘lishining muhim belgilaridan yana biri jamiyatning 
ijtimoiy tabaqalarga bo‘linishi hisoblanadi. Ko‘pchilik manbalardan bizga 
ma’lumki, Avesto jamiyati quyidagi to‘rtta tabaqaga bo‘lingan: 1) qohinlar, 2) 
harbiylar, 3) dehqon-chorvadorlar, 4) hunarmandlar. Jamiyatning bunday 
tabaqalashuvi qadimgi, ya’ni, zardushtiylikkacha bo‘lgan a’analarni ham aks 
ettiradi. Bu an’analar ayrim o‘zgarishlar bilan ko‘p asrlar, Avestodan keyingi 
davrlarda ham saqlanib qolgan. 
Dastlabki ikki tabaqa ancha imtiyozlarga ega bo‘lib, jamiyatni boshqarganlar. 
Ayniqsa, qohinlar juda yuqori mavqeda turganlar. Zaratushtra o‘z g‘oyalarini targ‘ib 
etish jarayonida podsho Vishtaspning eng yaqin odami va maslahatchisiga aylanadi. 
O‘sha davrdagi jamiyatning har bir bo‘lagi - uy, qishloq, voha va viloyat - o‘lka 
ma’lum unvoni bo‘lgan o‘z diniy yo‘lboshchisiga ega bo‘lgan. Manbalarga ko‘ra, 
davlatning bosh qohini 
«zaratushtrotem» unvoniga ega bo‘lgan. Undan tashqari «zautara» (diniy qo‘shiqlar 
ijrochisi), «aturpat» (olov bosh qohini), «xirpat» (ibodatxona va diniy tadbirlar 
boshlig‘i) kabi diniy unvonlar ham mavjud bo‘lgan. Jamiyatning asosiy ishlab 
chiqaruvchilari va moddiy yaratuvchilari dehqonlar, chorvadorlar va hunarmandlar 
edilar. Avestoda qullar ham bir necha bor eslatib o‘tiladi. Ular tabaqalarga kirmagan 
va jamiyat hayotida unchalik katta rol o‘ynamaganlar. 
Mil. av. bir minginchi yillarning boshlarida ajdodlarimiz temirdan mehnat 
qurollari, qurol-yarog‘lar, bezakli buyumlar yasashni o‘zlashtiradilar va temirdan 
foydalanish keng tarqaladi. Odamlar hayotida temir davri boshlanadi. Temirdan 
yasalgan omoch, ketmon, belkurak va boshqa mehnat qurollari oila yumushini 
yengillashtirgan, ular bilan ancha keng maydonlarni haydash, to‘g‘onlar qurish, 
kanal va ariqlar qazib suv chiqarish imkoni paydo bo‘lgan. Bu dehqonchilikning 
yuksalishiga olib kelgan. 


Temirning kashf etilishi hunarmandchilikni yanada yuqori pog‘onaga ko‘taradi. 
Temirdan qattiq va o‘tkir pichoqlar, o‘roqlar yasalishi mehnat umumdorligini 
oshirishga yordam bergan. 

Yüklə 273,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin