1. O‘rta Osiyoda ilk davlatchilikning shakllanishidagi asosiy omillar va boshqaruv



Yüklə 273,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/16
tarix11.10.2023
ölçüsü273,36 Kb.
#153623
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
2 mavzu

2.
 
Qadimgi Xorazm, Baqtriya, So‘g‘d (So‘g‘diyona) va qadimgi 
Farg‘ona davlatlaridagi ijtimoiy-iqtisodi va madaniy hayot. 
Insoniyatning 
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti natijasida mil. avv. I ming yillikning boshlariga kelib, 
O‘rta Osiyoning nisbatan rivojlangan hududlarida ilk davlat uyushmalari paydo 
bo‘la boshlaydi. Mil. avv. IX-VIII asrlarga kelib, Baqtriya (Janubiy O‘zbekiston, 
Janubiy Tojikiston, Shimoliy Afg‘oniston) hududlarida ana shunday siyosiy 
birlashmalar tashkil topadi. O‘sha davrda Marg‘iyona va So‘g‘diyona qadimgi 
Baqtriya va Xorazmda davlatchilik shakllana boshlaganligi haqida ma’lumotlar bor. 
Qadimgi Xorazm 
davlati O‘rta Osiyodagi eng qadimgi davlatlardan biri 
bo‘lib, bu davlat birlashmasi mil. avv. VII-VI asrlarda Amudaryoning o‘rta oqimi 
qismidan Orol havzalarida vujudga kelgan. Baqtriya va Xorazm davlatining hududiy 
chegaralari o‘rta Amudaryo oqimidagi yerlar orqali o‘tganligi aniqlandi. 
Xorazmning yirik sug‘orish inshootlari mil. avv. VII- VI asrlarga oiddir. Manbalarda 
qayd etilishicha VII-VI asrlarda Xorazmda ulkan sug‘orish inshootlari mavjud 
ekanligi ma’lum. 
Qadimgi Xorazmda baliqchilik, keyinroq dehqonchilik, chorvachilik va 
hunarmandchilik rivojlangan. Iqlim sharoitidan kelib chiqib, dastlab tabiiy 
toshqinlar va yomg‘ir suvlaridan foydalanilgan bo‘lsa, keyinroq dehqonchilikda 
sun’iy sug‘orishga o‘tila boshlangan. Natijada ishchi kuchidan foydalanish 
shakllari ham o‘zgara borgan. Sodir bo‘lgan bunday o‘zgarishlarni Markaziy 
Osiyoning turli joylardan topilgan arxeologik topilmalar ham tasdiqlaydi. 
Hatto yunon tarixchisi Strabon (mil. avv. 63-milodiy 24 y.) 
xorazmiylarning ajdodlari massagetlarga borib taqalishini uqdiradi. Darhaqiqat, 
massaget qabilalari totemlarida ot kulti markaziy o‘rinda turgan. Shuning uchun ham 
Xorazm tangalarida ot kultini iloxiylashtirish bejis emas edi. Arxeologik 
materiallarga ko‘ra, Xorazm tarixining massagetlargacha bo‘lgan davrida bu 
zaminda suvyorgan va tozabog‘yob madaniyatlari simbiozida tarkib topgan qovundi 
qabilalari yashar edilar. Ular miloddan avvalgi II-ming yillikning oxirgi choragida 
qadimgi Xorazmning massaget nomi ostida yuritilgan ko‘chmanchi qabilalarining 
asosini tashkil etgan. 
Akademik A. Asqarovning fikricha, ularning bir qismi Amudaryoning kuyi 
tarmoqlari havzalaridagi dehqonchilikka qulay pastkam, sernam tekisliklarda 
ziroatchilik bilan shug‘ullana boshlagan bo‘lsa (Amirabod madaniyati), boshqa 
qismi to‘qayzor jilg‘alar va dashtlarda chorvachilik bilan shug‘ullanishda davom 
etadilar (Kuyi soy madaniyati). Mahalliy aholining dehqonchilik xo‘jaligi bronza 
davrining nomozgoh va sopolli madaniyatlari sohiblarining dehqonchilik 
xo‘jaligidan tubdan farq qilardi. Qadimgi Xorazmning amirabod madaniyatida 
ibtidoiy dehqonchilik endigina shakllana boshlagan, uning aholisi esa yarim 
yerto‘la 


tipidagi kulbalarda yashar, qadimgi shahar madaniyatiga xos hayotdan xali juda 
uzoq edi. Nomozgoh va sopolli madaniyatlari aholisi allaqachon qadimgi Sharq 
sivilizatsiyasi-ning ilk davlatchilik bosqichini o‘tamoqda edi. 
Miloddan avvalgi VI asrning ikkinchi yarmiga kelganda Amudaryoning kuyi 
havzalarida siyosiy-iqtisodiy va etnomadaniy vaziyat o‘zgardi. Yarim yerto‘la 
shaklidagi kulbalarda yashab, motiga dehqonchiligi va ko‘chmanchi chorvachilik 
bilan shug‘ullanib kelayotgan Xorazmda atrofi osmon o‘par mudofaa devorlari bilan 
o‘ralgan Ko‘zali-qir va Qal’ali-qir kabi qal’a- shaharlar qad ko‘tardi. Xorazm 
haqidagi ma’lumotlar Avestoning Mitra Yashtida, Yashtning Sharqiy Eron 
viloyatlari haqida yaratilgan misralarda keltiriladi. 
Qadimda Markaziy Osiyo hududi, xususan Qadimgi Xorazm, Baqtriya, 
So‘g‘diyona, Choch, Qang‘ davlat bilashmalari xususida jumladan, akademik 

Yüklə 273,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin