natijasida ko‘pgina mahalliy aholi qirilib ketdi. Qolganlari ham tog‘li hududlarda
kurashni davom ettirdilar. Ammo mil. avv. 328-yilning oxirida Spitamen janglarning
birida halok bo‘ladi. U tajribali sarkarda sifatida bosqinchilarni ona-yurtidan haydab
chiqarishi uchun imkoniyati bo‘lgan barcha tadbirni ko‘rdi, choralardan unumli
foydalanishga harakat qildi. U mohir sarkarda bo‘lib dushmanning kichik xatosidan
ham unumli foydalanar va uning zayif tomonlarini topishga harakat qilardi. Ammo,
Iskandar harbiy kuch-qudrati jihatdan Spitamandan ustun edi.
Mil. avv. 323 yilda makedoniyalik Aleksandr vafot etganidan so‘ng O‘rta
Osiyo yerlari Salavka hukmronligi ostiga o‘tadi (mil. avv. 306 yil). Salavkiylardan
bo‘lgan Antiox I davrida (mil. avv. 280-261 yy.) O‘rta Osiyo viloyatlarida tinch
hayot boshlanib, qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik, savdo-sotiq anchagina
rivojlanadi. Mil. avv. III asrning o‘rtalariga kelib, salavkiylar davlatida taxt uchun
o‘zaro kurashlar avj olib ketadi. Natijada dastlab Parfiya, keyin esa
Dostları ilə paylaş: