duch keladi. Pastga tashlanarkan, oqimning tezligidan suvi qoyalardan bir
stadiyadan ortiqroq nariga borib tushadi. Apasiaklar ana shu sharsharaning tagidan
qup-quruq joydan Girkaniyaga o‘taveradilar. Quyidagi ma’lumot esa yanada
qiziqarlidir. Daryo oqib o‘tadigan yerlarda keng maydon va tekisliklar ko‘p. Tog‘u
qoyalarga duch kelgan daryo ana shu maydon-larga shiddat-la tushib, ularni teshib
kiradi-da, bir oz masofaga yer ostidan oqib, yana yuzaga chiqadi.
Mintaqaning tabiiy-geografik o‘rni, iqlim xususiyatlari xo‘jalikning qadimdan
sun’iy sug‘orishga asoslangan o‘troq dehqonchilik, yer egaligi, dasht va cho‘l tabiiy
sharoitiga mos ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi chorvachilik kabi turlari muttasil
rivojlanganligidan dalolatdir. Bu holat Xorazm davlatining ishlab chiqarish
darajasining yuksalishiga, uning qudrati o‘sishiga turtki bo‘lgan. O‘z o‘rnida bunday
xususiyat doimo mamlakat byudjetini shakllantiruvchi, uning harbiy va madaniy
taraqqiyoti uchun asos bo‘luvchi soliq tizimini shakllantirishni taqozo etgan.
Masalan o‘lkada sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilikning rivojlanganligi
uchun qadimdan ulkan miqdordagi ishchi kuchlariga ehtiyoj sezilgan. Xususan,
miloddan avvalgi VII – VI asrlardayoq Xorazmda ulkan sug‘orish tizimlari mavjud
bo‘lganligi, ularni barpo etishda esa minglab chorakorlar xizmat qilganligi tarixdan
ayon.
Dostları ilə paylaş: