Yig'labdi-da chamasi... Ushbu “Shudring” she’ridan olingan parchada qanday badiiy san’at bor?
A) tajnis B) iyhom C) talmeh D) mubolag‘a
62. Mirtemir qaysi she’rida shom vaqti bolalar bilan kelin yo‘lini to‘sganligini eslab yozadi?
A) “Shudring”B) “Qishlog‘im”C) “Baliq ovi”D) “To‘rg‘ay”
63. Mirtemir nimani yoki kimni qo‘li qadoqlim deb tan oladi?
A) onasin qo‘lin B) qishlog‘in C) yoshligin D) ─”
O‘tkir Hoshimov 1. O‘ Hoshimovning «Sof, samimiy, tabiiy, iliq, rohat qilib o'qiladi»gan asarining (A.Qahhor fikri ) nomini ko‘rsating.
A) “Cho‘l havosi” B) “Po‘lat chavandoz”
C) “Dunyoning ishlari” D) “Qatag‘on”
2. «Muhabbat» asari (O‘ Hoshimov) qanday janrda yozilgan?
A) hikoyalar to‘plami B) hikoya
C) she’riy to‘plam D) roman
3. O‘ Hoshimovning romanlarini aniqlang.
A) «Ikki karra ikki besh», «Bahor qaytmaydi»
B) «Inson sadoqati», «To'ylar muborak»
C) «Nur borki, soya bor», «Ikki eshik orasi», «Tushda kechgan umrlar»
D) «Odamlar nima derkin», «Shamol esaveradi»
4. O‘ Hoshimovning onasining ismi kim bo‘lgan?
A) Komila B) Oysha C) Hakima D) Mustafbibi
5. «Dunyoning ishlari» qissasini kim dostondek o‘qiladi deb tan olgan?
A) A.Oripov B) E.Vohidov C) A.Qahhor D) S.Ahmad
6. «Dunyoning ishlari» qissasidagi “Alla” hikoyasida kuchala degan so‘z ishlatiladi.Uning ma’nosi nima degani?
A) o‘rmak B) qish ayozi
C) qabriston duosi D) terakning to‘p guli
7. Yozuvchining Kislovodskka borganligi qaysi hikoyada beriladi?
A) “Iltijo” B) “Alla”C) “Gilam paypoq” D) “Haqqush”
8. Bir yil avval Niluga Hakima aya tug‘ilgan kunida nima olib bergan?
A) ko‘ylak B) velosiped C) tufli D) shirinlik
9. “Qarz” hikoyasidagi Nilufarning yoshi nechada?
A) besh B) olti C) yetti D) sakkiz
10. “Gilam paypoq” hikoyasida onasining oyog‘iga muolaja uchun qarg‘ani kim otib keladi?
A) Adibning o‘zi B) Hoji buvi
C) yozuvchining dadasi D) qo‘shnisi
11. -Qarz? Hali birovdan qarz ham olasizmi? “Qarz” hikoyasidan olingan ushbu jumla kimga tegishli?
A) Hakima ayaga B) Adibning o‘ziga
C) Adibning akasiga D) dadasiga
12. “Alla” hikoyasida adib yoshligini eslaganda o‘sha damlar qaysi fasl jarayoni kechayotgan edi?
A) yoz B) bahor C) kuz D) qish
13. O‘.Hoshimov nechanchi yil tug‘ilgan?
A) 1943-yil B) 1936-yil C) 1941-yil D) 1950-yil
14. “Cho‘l havosi” asarining janri nima?
A) hikoyalar to‘plami B) qissa
C) she’riy to‘plam D) roman
15. Adibning hayot yo‘liga diqqat qiladigan bo‘lsak, u xat tashuvchi, musahhih, muxbir, gazetada bo‘lim mudiri, nashriyotda va jurnalda bosh muharrir kabi bosqichlami bosib o‘tganiga guvoh bo‘lamiz.
Ushbi ta’rif kimning ish faoliyatiga bog‘liq?
A) E.Vohidov B) O‘. Hoshimov
C) O.Sharafiddinov D) A. Oripov
16. Qaysi javobda O‘. Hoshimovning hikmatlar to‘plamidan iborat asari mavjud?
A) “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” B) “Odamlar nima erkin”
C) “Qatag‘on” ) “Ikki karra ikki-besh”
17. Qaysi javobda O‘. Hoshimovning dramasi mavjud emas?
A) «Inson sadoqati» B) «To'ylar muborak»
C) “Istanbul fojeasi» D) “Qatag‘on”
18. O‘. Hoshimov qachon vafot etgan?
A) 2013-yil 24-may B) 2014-yil 12-mart
C) 2012-yil 24-aprel D) 2015-yil. may
19. “Qish kechalari sandalga suqilib tizilishib yotardik. Uy nim qorong‘i. Piligi pastlatib qo‘yilgan chiroq xira nur sochadi. Shiftda lampa shisha uchidan chiqqan nur doirasi ko‘rinadi. Chiroq doim bir joy da turgani uchun shiftning o‘sha yeri sarg‘ayib qolgan. Hamma yoq jimjit. Shu qadar jimki, dadamning hujrasidagi soatning chiqillayotgani ham eshitiladi”.
Ushbu parcha “Dunyoning ishlari” qissasining qaysi hikoyasidan olingan?
A) “Iltijo” B) “Alla” C) “Gilam paypoq D) “Haqqush”
20. “Tashqarida hamon terak barglari shitirlaydi. Daryo shovullaydi. Mana shu shovullagan sukunat ichida dilni titratadigan iztirobli nido yangraydi: …” Nuqtalar o‘rniga nechta so‘z qo‘yiladi?
A) 2 ta B) 3 ta C) 5 ta D) 4 ta
21. O‘tkir Hoshimovlar oilada beshta farzand bo‘lganini qaysi hikoyadan bilib olish mumkin?
A) “Iltijo” B) “Alla”
C) “Gilam paypoq” D) “Haqqush”
22. “0‘lib qoladi! Bolaginam o‘lib qoladi!” Ushbu gap aytilgan vaqtda xonada jami necha kishi bor edi?
A) 2 ta B) 3 ta C) 5 ta D) 4 ta
23. “Dunyoning ishlari” asarida “Kim bilsin, tabiatning marhumlar ruhiga yilda bir marta ko‘rsatadigan marhamati, ehtimol, shudir” degan jumla qaysi fasl tarovati haqida?
A) yoz B) bahor C) kuz D) qish
24. “Qizining tug‘ilgan kunida atlas ko‘ylak, o‘g‘lini velosiped bilan qutlaganida onasiga oddiy bir paypoq olib berishni esidan chiqarmadimikan?”
Qaysi asardan olingan?
A) “Iltijo” B) “Qarz”
C) “Gilam paypoq” D) “Oq marmar, qora marmar”
25. Qissaning qaysi hikoyasida insonning ona oldidagi farzandlik burchi hech qachon to‘lab bo‘lmas qarz ekanligi nihoyatda chiroyli yoritilgan?
A) “Iltijo” B) “Qarz”
C) “Gilam paypoq” D) “Oq marmar, qora marmar”