70. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida O’zbеkistonning kuchli ijtimoiy siyosati. Ijtimoiy barqarorlikning ta'minlanishi. Uzoq muddat davom etadigan o’tish jarayonida ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, eng avvalo iqtisodiy turmush taraqqiyotida hayotda kutilmagan noxush jarayonlar, qiyinchiliklar va laizalar ro’y berishi tabiiy jarayondir. Bunday sharoitda eskicha sotsialistik iqtisodiy tuzum qonuniyatlari asosida hayot kechirishga ko’nikib qolgan jamiyat a'zolarining kattagina qismi bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan yangi jamiyat qonun-qoidalariga ham nazariy, ham amaliy jihatdan yetarli darajada tayyor bo’lmasligi oqibatida nochor va kam ta'minlangan iqtisodiy turmush tarziga tushib qolishi mumkin. Ana shu obyektiv jarayonni nazariy jihatdan to’g’ri va oqilona baholay olgan o’zbekiston Prezidenti I.Karimov mustaqillikning birinchi kunidan boshlab aholini kuchli ijtimoiy himoyalash masalasini davlat iqtisodiy siyosatining muhim tamoyili sifatida o’rtaga tashladi. o’tish davridagi obyektiv shart-sharoit taqozosiga ko’ra mamlakatimizda amalga oshirilayotgan aholini kuchli ijtimoiy himoyalash siyosati jamiyatning barcha a'zolarini emas, balki aholining kam ta'minlangan, moddiy va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lgan qisminigina himoya qilishni ko’zda tutadi. Mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoyalashda quyidagi manbalardan foydalanilmoqda:1)Davlat byudjeti 2)Ijtimoiy sug’urta jamg’armasi 3)Korxona va jamoat tashkilotlari ajratayotgan mablag’lar 4)«Navro'z», «Mahalla», «Sog’lom avlod uchun», «Salomatlik va mehr-shafqat» kabi xayriya jamg’armalari va boshqalar. Darhaqiqat aholining kam ta'minlangan qismini ijtimoiy himoyalash masalasi o’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida mustahkam o’rin olgan.Mamlakatimiz bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o’tishi bilan o’zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g’risida»gi Qonuniga asosan aholini nafaqaga cbiqarishning yagona tartibi joriy etildi. Bundan tashqari, nogironlik pensiyasi va boquvchisini yo’qotgan oila a'zolariga beriladigan pensiyalar ham mavjud. Mazkur pensiyalarni joriy etish va to’lash bilan bog'liq tartib qoidalar 1992-yil 4-fevralda e'lon qilingan o’zbekiston Respublikasining «O'zbekistonda nogironlami ijtimoiy himoyalash to'g’risida»gi Qonunida asoslab berildi. 1994-yildan boshlab o’zbekistonning aholini ijtimoiy himoyalash tizimi tubdan o’zgartirildi. Ijtimoiy ko’mak berishning mutlaqo yangi tizimi shakllantirildi.Bu tizimning mohiyati bola boquvchi onalarga to’lanayotgan nafaqaning miqdori ko’paytirilibgina qolmay, uning muddati ham uzaytirildi. Ilgari bunday yordam bir yarim yilgacha to’langan bo’lsa, endi bu muddat ikki yilgacha uzaytirildi. Ishlovchi onalar ham, ishlamaydigan onalar ham bu nafaqadan foydalanadigan bo’ldilar. 1994-yil 24-avgustda Prezidentning «Kam ta'minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid tadbirlar to'g’risida»gi Farmoniga ko’ra 1994-yilning oktabridan davlat kam daromadli oilalarga faol yordam bera boshladi.
71. Mustaqillik yillarida ma'naviy hayot. Ma'naviy qadriyatlarning tiklanishi. Manaviyatni shakillantiradigan asosiy mеzonlar (I.A.Karimovning “Yuksak manaviyat-yеngilmas kuch” asari asosida). O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi dolzarb muammolardan biri-yangi tarixiy sharoit-da jamiyatga munosib kishilarni tarbiyalash edi. Bu o’z navbatida bir necha o’n yillar mobaynida sinfiy-partiyaviy mafkura tomonidan taqiqlangan o’zbek xalqining ma'naviy merosini tik-lash va uning yanada kamol topishi uchun keng imkoniyatlar ochish kerak edi.Endilikda mamlakat istiqlolga erishgandan so’ng, asrlar davomida ota-bobolarimiz yaratgan bu boyliklarni e'zozlash, avaylab asrash, o’rganish va ko’paytirish imkoniyatiga ega bo’lindi.1991-yili Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi barcha hur fikrli kishilar tomonidan keng nishonlandi. o’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori bilan 1994-yil Ulug’bek yili deb e'lon qilindi va uning 600 yilligi mamlakat va jahon miqyosida keng nishonlandi. Bu tadbirlar buyuk alloma qoldiigan ilmiy merosning umuminsoniy qadriyat-ga aylanganligi nishonasidir. Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Zahiriddin Bobur va boshqa ko’plab ajdod-larimiz milliy madaniyatimizni rivojlantirishga ulkan hissa qo’shgan allomalar sifatida xalqimizning milliy iftixori bo’lib qoldi. Samarqand, Buxoro va Xiva butun insoniyat uchun ziyoratgohga aylandi.Bulardan tashqari, mustaqillik yillarida Cho’lpon, Fitrat, Behbudiy, Berdaq, Fayzulla Xo’jayev singari madaniyat va jamoat arboblari yubileylarini o’tkazish yuzasidan ko’rilgan chora-tadbirlar ham ma'naviy hayotdagi muhim qadamlardir.UNESKO bilan o’zbekiston o’rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida yana bir muhim qadam qo’yildi. o’zbekiston hukumati va UNESKO o’rtasida imzolangan bitim faqat madaniyat, ilm-fan va maorif sohalari muammo-lari bilan cheklanib qolmaydi. U mavjud ekologik, xususan, Orol dengizi qurishi bilan bog’liq muammolarni hal etishning ilmiy yechimini topishni ham nazarda tutishi bilan qimmatlidir. Bitimga ko’ra, ko’p o’tmay Toshkentda UNESKOning vakolatxonasi ochildi. UNESKO ijroiya qo’mitasining maxsus qaroriga binoan Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi, noyabr kuni Termizda «Alpomish» dostoni yaratilganligining 1000 yilligi keng nishonlandi. Xorazmda «Avesto»ning 2700 yilligi keng nishonlandi. Mo’tabar madaniy yodgorlik hisoblangan «Avesto» kitobi dunyoga kelganidan buyon birinchi marta o’zbek tiliga tarjima qilindi va nashr etildi. 1994-yil 23-aprelda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning «Ma'naviyat va ma'rifat» jamoatchilik markazini tashkil etish to’g’risidagi Farmoni e'lon qilindi. Markazning asosiy vazifasi va faoliyat yo’nalishi qilib o’zbek xalqining boy ma'naviy-madaniy merosi, shar-qona va umuminsoniy qadriyatlar asosida mamlakat, millat kelajagini belgilaydigan ilg’or g’oyalarni yuzaga chiqarish, mintaqada yashayotgan millatlarning madaniy, ma'rifiy, ma'naviy taraqqi-yot tomirlari mushtarakligini targ’ib qilish va hokazolar qilib belgilandi. Mamlakat Prezident I.A.Karimovning Farmoni bilan 1991-yildan boshlab har yili 21-mart-«Navro'z» bayrami umumxalq bayrami sifatida nishonlanadigan bo’ldi. Bu kun dam olish kuni deb e'lon qilindi. Xalqimizning azaliy qadriyati, sevimli bayrami hisoblanmish «Navro'z» bayramining xalqimizga qaytarib berilishi mamlakat tarixida katta voqea bo’ldi. Bu qadimiy bayramni xalqimiz nihoyatda orziqib kutishining yana bir boisi shundaki, Navro’z rizq-ro’zimiz bo’lmish dehqon yilining boshlanishi hamdir. Har bir jamoa, muassasada nishonlanadigan bunday bayramlar, kishilarda xalqimizning qadimiy an'analariga hurmat, mehnatga muhabbat hissini tarbiyalaydi. Bundan tashqari, ma'naviy hayotdagi diniy bayramlar, hayit kunlarining mamlakatda umumxalq bayrami sifatida nishonlanishi uchun keng yo'1 ochilgani ham ma'naviy poklanishning muhim ko’rinishidir.
Yurtboshimizning mazkur asarida inson ma’naviyatini shakllantiradigan asosiy mezonlar sifatida quyidagilar belgilangan: 1)ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko’hna tarixiy yodgorliklar-bu mezonda bizning yurtimizda yetishib chiqqan tabarruk zotlar, siyosatchi va sarkardalar, yurtimizning tarixiy shaharlarida qad ko’tarib turgan obida va asori-atiqalar, ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan nodir qo’lyozmalar hamda zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto” haqida to’xtaladilar. 2)xalq og’zaki ijodi-bunda millatimizning afsonaviy qahramonlari, ya’ni “Alpomish” dostoni to’g’risida to’xtalib, shunday deydilar: “Bu qahramonlik eposini kuylab, uni qalbiga, shuuriga jo qilgan millatni hech qanday kuch yenga olmaydi.” 3)biz uchun muqaddas hisoblangan-dinimiz, ya’ni islom dini. Mazkur bandda dinning inson hayotidagi o’rni, unga qiziqishning kuchayotganligi, yurtimizdagi hadisshunis olimlar at-Termiziy, Imom Moturidiy va Burhoniddin Marg’inoniy haqida fikrlar bildirilgan. 4)zaminimizda yashab ijod etgan ajdodlarimizning bemisl ilmiy-ijodiy kashfiyotlari-bunda yurtboshimiz ajdodlarimiz al-Farg’oniy, Ibn Sino, az-Zahaxshariy singari qomusiy olimlarimizning ilmiy ijodlari va Amir Temur bobomizning podshohlikni yuritishdagi qobiliyatlari va nasihatlariga to’xtalgan. 5)oila-yurtboshimiz yurtimizdagi oilalarning ahvoli va ularning o’rni, sog’lom avlod kabi muhim masalalarga e’tibor berish kerakligini uqtiradilar. Shuningdek, yurtboshimiz inson ma’naviyatini shakllantiradigan mezonlar qatorida mahalla va ta’lim-tarbiya mezonlariga to’xtalib, ularga ham e’tibor beriish kerakligi va shular asosida inson ma’naviyati shakllanishini ta’kidlaganlar.