1. O’zbеkiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə81/83
tarix13.03.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#87658
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83
тарих

To‘rtinchidan, biz parlament va fuqarolik jamiyatining muhim institutlari bo‘lgan siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarishga alohida e’tibor bermoqdamiz. Beshinchidan, respublikamizda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash, diniy ekstremizm va terrorizm xavfiga qarshi kurash olib borish bo‘yicha ishlar ham yangicha yondashuvlar asosida tashkil etilmoqda. 

90. O‘zR Prezidenti SH.M.Mirziyoevning Afg‘oniston bo‘yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusida o‘tkazilgan halqaro konferensiyasidagi nutqi (“Xalq so‘zi”, 2018 yil, 28 mart). Mazkur anjuman xalqaro hamjamiyat tomonidan Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlarning mantiqiy davomidir. Forumda shaxsan ishtirok etayotgani uchun Prezident Muhammad Ashraf G‘ani Janobi Oliylariga alohida minnatdorlik bildirmoqchiman. Shuningdek, xalqaro konferensiya o‘tkazish bo‘yicha bizning tashabbusimizni avval-boshdanoq qo‘llab-quvvatlagan va barcha qatnashchilarga o‘zining tabrik xatini yo‘llagan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi janob Antoniu Guterrishga samimiy minnatdorlik izhor etaman. Biz janob Antoniu Guterrishning Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish jarayonlari doirasida muzokaralar o‘tkazish tarafdori ekanini, shuningdek, mintaqamizda xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni qo‘llab-quvvatlash borasidagi sa’y-harakatlarini yuksak baholaymiz.Shu yilning yanvar oyida BMT Xavfsizlik Kengashida Qozog‘iston raisligida Markaziy Osiyo va Afg‘oniston bo‘yicha fikr almashuvlar bo‘lib o‘tgan edi. Fursatdan foydalanib, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Abishevich Nazarboyevga ana shu o‘ta muhim muammoni muhokama etish bo‘yicha ko‘rsatgan tashabbusi uchun samimiy tashakkur bildiraman. Shuningdek, bo‘lib o‘tgan muhokamalar chog‘ida bildirgan zarur va qimmatli takliflari uchun BMT Xavfsizlik Kengashining barcha a’zolaridan minnatdorman. Bu takliflarning katta qismi ushbu konferensiyaning afg‘onistonlik hamkasblarimiz bilan birgalikda tayyorlangan yakuniy hujjati loyihasi – Toshkent deklaratsiyasida hisobga olindi. 
Shu bilan birga, bugungi anjumanda ishtirok etayotgan: 
– Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Federika Mogerini xonimni; 
– Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Turkiya, Hindiston, Eron, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi siyosat mahkamalari, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini chin qalbimdan qutlashdan g‘oyat mamnunman. 
Ming afsuski, jafokash Afg‘oniston zaminidagi bu to‘qnashuv qariyb 40 yildan buyon davom etmoqda. 
Ma’lumki, “urush olovi” afg‘on xalqiga chetdan tiqishtirildi, bu – uning tanlovi emas. 
Ana shu yillar mobaynida yuz minglab tinch aholi urush qurboniga aylandi, millionlab insonlar o‘z uylarini tashlab ketishga va boshqa mamlakatlardan boshpana izlashga majbur bo‘ldi. 
Bu mojaroga yangi-yangi kuchlarning jalb etilishi uning mislsiz darajada keskinlashib ketishiga olib keldi. Ushbu urush nafaqat Afg‘onistonning muammosi, balki tobora murakkablashib borayotgan xalqaro muammoga aylandi. 
Afg‘onistonda xalqaro terrorchi guruhlar sonining kengayishi, zo‘ravonlik va qon to‘kishlar, narkobiznesning barham topmayotgani – bularning barchasi bu mamlakatdagi vaziyatni jahon jamoatchiligi tomonidan inkor etilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ko‘rsatmoqda. 
Eng yomoni, Afg‘onistondagi qurolli qarama-qarshilik va zo‘ravonlik sharoitida butun bir avlod voyaga yetdi. Lekin bu, ayrim ekspertlar andishasizlarcha ta’kidlayotganidek, “boy berilgan avlod” emas. Ular urush, muhtojlik va qiyinchiliklardan charchagan odamlar, xolos. Ular o‘zaro nizolarga chek qo‘yib, tinch hayotga, o‘z mamlakatini taraqqiyot va farovonlikka olib boradigan bunyodkor mehnatga qaytishni xohlaydi va shunga intiladi. 
Men qat’iy aminman: afg‘on xalqida o‘z farzandlari va kelajak avlodlarning baxt-saodati yo‘lida yangi, tinch hayotni boshlash va barpo etish uchun kuch-g‘ayrat, donishmandlik, mardlik va matonat yetarli. 
Bugungi anjumanimizda vakillari ishtirok etayotgan davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar bu jafokash mamlakatdagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etishga ko‘maklashishda muhim rol o‘ynashga qodir va shunday bo‘lishi kerak. 
Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi voqealar oqibatida Afg‘onistondagi vaziyat ma’lum bir vaqt davomida xalqaro siyosat e’tiboridan chetda qoldi. Ammo buning natijasida mazkur mojaro o‘z keskinligi va jiddiyligini yo‘qotgani yo‘q. 
O‘zbekistonda xalqaro konferensiya o‘tkazish taklifi va Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarni birlashtirish zarurati quyidagi omillar bilan bog‘liq. 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin