1. O’zbеkiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri


To‘rtinchidan, bu – davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish jarayonini tezda va uzil-kesil yakuniga yetkazishdir



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə79/83
tarix13.03.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#87658
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83
тарих

To‘rtinchidan, bu – davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish jarayonini tezda va uzil-kesil yakuniga yetkazishdir. 
Biz chegaraoldi muammolarini hal etib, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish yo‘lida mustahkam poydevor yaratamiz. 
Biz davlat chegaralarini delimitatsiya qilish borasidagi muzokaralarda yuzaga keladigan murakkab masalalarni hal etish bo‘yicha izchil yo‘lga qo‘yilgan va birgalikda chuqur o‘ylab amalga oshirayotgan ishlarimizni davom ettirish zarur, deb hisoblaymiz. 
Biz oqilona murosa va o‘zaro teng almashinuv asosida, o‘zaro manfaatlarimizni hisobga olgan holda, bu o‘ta dolzarb muammoni tez orada hal etamiz, deb ishonaman. 
Beshinchidan, mintaqada suv resurslaridan adolatli foydalanish muammosini imkon qadar tezroq tartibga solish lozim. 
Ishonchim komil, mazkur masalalarni hal etishda mintaqadagi barcha davlatlar manfaatlarini hisobga oladigan xalqaro huquqiy me’yorlar asosida ish olib borish kutilgan samarani beradi. 
O‘zbekiston BMT tomonidan ishlab chiqilgan Amudaryo va Sirdaryo havzalari suv resurslaridan foydalanish to‘g‘risidagi konvensiyalar loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi. 
Orol dengizining ekologik halokati bilan bog‘liq eng o‘tkir muammolarni hal etish ham sa’y-harakatlarimizni birlashtirishni talab etadi. Orol muammosi bizning nafaqat umumiy dardimiz, balki umumiy vazifamizdir. 
Mintaqaviy va xalqaro darajada say’-harakatlarimizni birlashtirmasdan turib, ushbu tahdidlarga qarshi munosib choralar ishlab chiqa olmaymiz. 
Biz Orolbo‘yida yuzaga kelgan dolzarb muammolarni hal etish, shuningdek, ijtimoiy muhim ahamiyatga molik loyiha va dasturlarni amalga oshirishga donorlik ko‘magini jalb etish maqsadida Markaziy Osiyo mintaqasining barcha davlatlari faoliyatini yanada faollashtirish zarur, deb hisoblaymiz. 
Oltinchidan, mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasida madaniy-gumanitar aloqalar, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash lozim. 
Markaziy Osiyodagi dolzarb masalalarni mamlakatlarimizning sa’y-harakatlarini umumiy mas’uliyat tamoyili asosida birlashtirish orqaligina hal etish mumkin, degan fikrimga, o‘ylaymanki, sizlar ham qo‘shilasiz. 
Yuqorida qayd etilgan vazifalarning amalga oshirilishi Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat rahbarlarining o‘zaro maslahatlashuvlari bo‘yicha uchrashuvlarni muntazam tashkil qilish imkonini yaratgan bo‘lar edi. 
Bizning bu boradagi yondashuvlarimiz bugungi kunda mintaqada umumiy muammolarni hal etishning yo‘llarini birgalikda izlab topishga real zarurat mavjud ekanini anglashdan kelib chiqqan yondashuvdir. 



Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin