14.2. Mashinalarni yig‘ish usullari.
Yig‘ish davrida mashinaning sifatli yig‘ilishi, mashina detallariga qo‘yilgan
quyumlarning miqdoriga va yig‘ishda berkituvchi bo‘g‘imning aniqligini amalga
oshirish, texnologik yig‘ish usullariga kelib taqaladi.
Yig‘ishda quyidagi usullar ishlatiladi:
1. To‘liq o‘zaro almashinuvchanlik usuli, to‘liq emas o‘zaro
almashinuvchanlik usuli, guruhlab o‘zaro almashinuvchanlik, rostlash va keltirish
moslashtirish usullari bilan erishiladi.
Seriyali va ommaviy ishlab chiqarish turlarida to‘liq o‘zaro
almashinuvchanlik usuli keng ishlatiladi. Yig‘iladigan detallarga quyumlarni
konstruktor tomonidan belgilanadi. Belgilangan quyumlar texnologik quyumlarga
teng yoki ulardan katta bo‘lsa, to‘liq o‘zaro almashinuvchanlik usulida yig‘ish
amalga oshiriladi. Yig‘ish zanjirida tirqish qo‘yilgan bo‘lsa, bunday holatda ham
yig‘ish to‘liq o‘zaro almashinuvchanlik usulida amalga oshiriladi.
2. To‘liq bo‘lmagan o‘zaro almashinuvchanlik usuli. Bu usulda ham
yig‘ishni bajarish mumkin. Birlashtiruvchi detallarni quyumi (dopuski) oldingi
holga qaraganda kattaroq qilib qabul qilinadi. Berkituvchi zvenoning talab qilingan
aniqligi ta’minlangan bo‘ladi, lekin hamma yig‘ish holatlarida bu ijobiy
(
5
.
3
)
345
bo‘lavermaydi. Bu masalani hal qilish uchun aniqlik ehtimollar nazariyasi bo‘yicha
hisoblab topiladi.
3. Guruhli o‘zaro almashinuvchanlik usuli, ya’ni detalni tanlash usuli bilan
yig‘ish (selektiv). Bu holda konstruktorlik quyumi texnologik quyumdan kichik
bo‘ladi. Guruhli quyumlarni va guruhlar sonini aniqlash kerak. Texnologik
quyumlar detallarni tayyorlash natijasida olinadi. Detallarni quyumlariga qarab
ularni guruhlarga ajratiladi. Qamraluvchi va qamrovchi detallarni tanlab olib,
yig‘ish amalga oshiriladi.
4. Rostlash-sozlash usuli - o‘lchamlar zanjiriga kiruvchi detallar o‘zlarining
texnologik quyumlariga ega bo‘lib, yig‘uv aniqligini ta’minlovchi berkituvchi
zveno o‘lchamiga konstruktorlar o‘zgarish kiritish hisobiga amalga oshiriladi.
Rostlashdan so‘ng kompensator vint bilan mahkamlanadi. Yig‘ishda
foydalaniladigan kompensatorga hech qanday qirqib ishlov berilmaydi. Keltirish
usuli. Bu usulda qo’shimcha ishlov berish yordamida yig‘ish sxemasi ko‘rib
chiqiladi. Yig‘ish zanjirining berkituvchi zveno o‘lchami aniqligiga erishish uchun,
kompensatsiyalovchi zvenoning kompensatoridan ma’lum bir qismi qirqib tashlab,
yig‘ish amalga oshiriladi. Keltirish usuli yakka tartibli va mayda seriyali ishlab
chiqarishda, yuqori malakali ishchi tomonidan bajariladi.
Yig‘ish texnologik jarayonini loyihalash uchun, texnologiklikni yaxshilash
uchun, konstruksiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha ma’lumotnomalar,
kataloglar va yig‘uv jihozlarini pasportlari, yig‘ish moslamalari, asboblar, yig‘ish
ishlarining normativlari bo‘lishi kerak. Texnologik jarayon loyihalashdan oldin,
buyum konstruksiyasini qabul qilib olishni texnik shartlarini va yig‘uv chizmasini
nazorat qilish shartlarini o‘rganadi.
Yig‘uv chizmalari kerakli qirqimlarga, ko‘rinishlarga buyum qismlarini
spetsifikatsiyasiga, yig‘ishda ushlash o‘lchamlariga, yig‘ish bo‘shliqlariga va tortib
o‘tkazish (natyag)ga va buyumning massasiga e’tibor berish kerak.
Texnik shartlarda - yig‘ish aniqligi, birikmalarni talab qilingan sifatlari,
ularni germetikligi, birlashgan detallarining bikirligi va zichligi, rezbali
birikmalarni mahkamlash momenti, ruxsat etilgan momentni tebranishi,
(
5
.
3
)
346
detallarning birlashgan yoki yig‘ilgan qismidagi bo‘shliqlar va tortib o‘tkazish
(natyag) qiymatlari, aylanuvchi qismlarining balansirovka aniqligi va buyumning
vazifasiga qarab berilgan ma’lumotlar. Texnik shartlarda yana birikmalarni
yig‘ishning texnologik usuli, yig‘ish ketma-ketligi, yig‘ish oralig‘ida va yig‘ish
oxiridagi nazorat usuli ko‘rsatilgan bo‘ladi. Yig‘uv chizmasidagi va texnik
shartlardagi kamchiliklar konstruktorlik byurosida qarab, tuzatiladi. Shu vaqt
ichida, konstruksiyani yig‘ish usuli o‘zgartirilib, yig‘ishni soddalashtirish mumkin,
lekin bu o‘zgarishlar mashinaning xizmat vazifasini bajarishga ta’sir etmasligi
kerak.
Buyumni yig‘ish chizmasini konstruktor chizganda, buyumni yig‘ishdagi
o‘lchamlar zanjirini oxirgi zvenosini yig‘ish aniqligini ta’minlashi kerak. Birinchi
navbatda yig‘ishning to‘liq o‘zaro almashinuvchanlik usulini qo‘llab, chizish
kerak. Agarda konstruktor tomonidan oxirgi zvenoga berilgan quyum (dopusk)
zanjirning boshqa zvenolarining hammasini quyumiga teng yoki undan katta
bo‘lsa, u holda yig‘ish usulini bajarish mumkin. Ko‘p zanjirli zvenolarda oxirgi
zanjir uchun quyum (dopusk) kichkina bo‘lganda, zanjirning tarkibidagi tashkil
etuvchilarni quyumlari juda kichkina qilib olingan, bu holatlarda yig‘ishni amalga
oshirish qiyin bo‘ladi. Bu holatda ham konstruktor buyumni yig‘ish uchun,
to‘liqsiz (qisman) o‘zaro almashinuvchanlik usulini qo‘llab, oxirgi zvenoni
quyumini ushlashga harakat qiladi.
O‘lchamlar zanjirini oxirgi zvenosini aniqligi yuqori bo‘lsa, zanjirdagi
zvenolar soni kam bo‘lsa, bunday yig‘ishda guruhli o‘zaro almashinuvchanlik usuli
qo‘llaniladi. Bunday yig‘ish usulida, yig‘ish chizmasida va texnik shartlarda
birikma detallarini tayyorlash uchun quyum, o‘lchamlar guruhidagi detallar soni
aniq ko‘rsatiladi.
Agar to‘liq, qisman va guruhli o‘zaro almashinuvchanlik usulidan
foydalanib bo‘lmasa, konstruktor u holda yig‘ishni moslashuv (prigonga) yoki
rostlash (regulirovka) usulidan foydalanib hal qilishi mumkin. Birinchi holda, bu
o‘zgarishlar buyum konstruksiyasining chizmasida moslashuv usuli va bu
(
5
.
3
)
347
yuzalarga qancha qiytim qoldirilishi ko‘rsatiladi. Ikkinchi holatda, buyum
konstruksiyasida bikr yoki rostlanuvchi kompensator o‘lchami ko‘zda tutiladi.
Shunday qilib, yig‘ish usulini turini qanday qabul qilishni konstruktor hal
qiladi. Konstruksiyani o‘rganib chiqayotgan texnolog, konstruktorni qabul qilgan
usulni tekshiradi. Agar texnolog yig‘ishni faol usulini taklif qilsa, konstruktor
yig‘ish usulini o‘zgartirishga rozi bo‘ladi.
Yig‘ilayotgan buyumni o‘rganish umumiy va uzelli yig‘ish texnologik
sxemasini tuzish bilan tugallanadi. Buyumning namunasi mavjud bo‘lsa, yig‘ish
texnologik sxemasini tuzish osonlashadi. Texnologik yig‘ish sxemasi asosida
yig‘ish texnologik jarayonlarini loyihalash amalga oshiriladi. Yuqoridagi
texnologik yig‘ish sxemalarini mavjudligi, murakkab buyumlarni yig‘ish
texnologik jarayonini loyihalash ancha osonlashadi. Oldin buyumning umumiy
yig‘ish sxemasi, keyin uzelli yig‘ish sxemasini ishlab chiqiladi. Uzelli yig‘ish
texnologik jarayonini bir nechta texnologlar parallel loyihalaganda, ishlab
chiqarishni tayyorlash vaqti bir necha marta kamayadi.
Umumiy va uzelli yig‘ish jarayoni bazaviy detalni stendga yoki moslamaga
o‘rnatib yig‘ish boshlanadi. Agar buyum bir nechta o‘lchamlar zanjiridan iborat
bo‘lsa, yig‘ishni eng murakkab, javobgarligi yuqori bo‘lgan, oddiy zanjirlarni bir-
biri bilan bog‘lovchi murakkab zanjirdan boshlash kerak. Har qanday o‘lcham
zanjiri bo‘yicha yig‘ishni boshlash uchun berkituvchi zvenoni birikmasini tashkil
qiluvchi qismlarini o‘rnatish bilan yig‘ish tugallanadi. Bunday yig‘ish ketma-
ketligi texnologik sxemalarda aniq va tushunarli qilib ko‘rsatilishi kerak.
Yig‘ishning texnologik sxemalarini bir nechta variantlarda tuzish mumkin.
Ular struktura bo‘yicha va yig‘ish ketma-ketligini bajarish bo‘yicha farq qilishi
mumkin. Yig‘iladigan buyum murakkab bo‘lsa, yig‘ish variantlari soni ham ko‘p
bo‘ladi. Yig‘ish variantini tanlashda - yig‘ish jarayonini grafik ko‘rinishi,
yig‘uvchi slesarlar soni, yig‘ishning mehnat hajmi va tannarxi, yig‘ish ishini
bajaruvchi
uchun
o‘ng‘ayligi,
xuddi
shuningdek
yig‘ish
jarayonini
mexanizatsiyalashgani va avtomatlashtirilgan jarayonini qo‘llash mumkinligiga
ahamiyat berib tanlanadi.
(
5
.
3
)
348
Yig‘uv texnologik jarayonlarni ishlab chiqish tartibi.
1. Yig‘ishni tashkil qilish uchun yig‘ilgan mahsulotni ishlab chiqarish takti
va ritmi aniqlanadi.
2. Yig‘ma chizmani va detallarning ishchi chizmalarini texnologiyaboplikka
(texnologiyalikligi) tahlil qilinadi.
3. Konstruktsiyaning o‘lchamlari o‘rganib chiqiladi va yig‘ish aniqligini
hisoblash usuli aniqlanadi.
4. Yig‘uv texnologik jarayonini differensiyalash darajasi aniqlanadi.
5. Yig‘ma birliklarini va detallarini biriktirish ketma-ketligi o‘rnatiladi,
yig‘ishning texnologik sxemasi yaratiladi.
6. Yig‘uv texnologik operatsiyaning mazmuni tuziladi detallarning
yig‘uvdagi holati, buyumning nazorati va tugallangan sinov usullari belgilab
qo‘yiladi.
7. Yig‘uv texnologik jarayonini amalga oshirish uchun texnologik jihozlar
tanlanadi, ayrimlari loyihalanadi.
8. Yig‘ish jarayonini texnik me’yorlash o‘tkaziladi.
9. Yig‘uv texnologik jarayonining xususiyatlari tuziladi.
Dostları ilə paylaş: |