-92-
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Аmir Temur jahon tarixida. T., 2010.
2. Аhmedov B. Tarixdan saboqlar. T: O‘qituvchi, 1994.
3. Sharafiddin Аli Yazdiy. Zafarnoma. T., 1997.
4. Saidqulov T.S. O‘rta Osiyo xalqlari tarixining tarixshunosligidan lavhalar.
T: O‘qituvchi, 1993.
Botirov Davrbek To‘ymurodovich
Olot tuman 31-IDUMI o‘qituvchisi
AMIR TEMUR TARIXINI O‘QITISHDA YANGI PEDAGOGIK
YONDASHUVLAR
Annotatsiya:
Mazkur maqolada tarix darslarini o‘qitishda yangi pedagogik
yondashuvlar, zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalar va
interfaol usullarnini qo‘llab o‘rganish borasida tavsiyalar keltirilgan. Hozirgi vaqtda
ta’lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy metodlari keng qo‘llanilmoqda.
O‘qitishning zamonaviy metodlarini qo‘llash o‘qitish jarayonida yuqori
samaradorlikka erishishga olib keladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, tarix fani
o‘qituvchilari oldida tarix darslarining samaradorligini yana ham oshirish vazifasi
ko‘ndalang turibdi. Bunda esa tarix darslarida interfaol usullarni qo‘llash esa yaxshi
samara berishi haqida fikrlar aytib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
milliy davlatchilik, Amir Temur va temuriylar davri tarixi,
ta’lim tizimi, darsliklar, an’anaviy ta’lim, zamonaviy darslar.
«Barchamiz yaxshi tushunamiz, ta’lim-tarbiya – har qaysi davlat
va jamiyatning nafaqat bugungi, balki ertangi kunini ham hal
qiladigan eng muhim va ustuvor masaladir»
Shavkat Mirziyoyev
-93-
Mustaqil O‘zbekiston milliy davlatchilikning tiklanishi xalqimiz taqdirida
mislsiz ahamiyat kasb etdi. O‘zligini anglashga bel bog‘lagan har bir xalq va millat
avvalo buyuk ajdodlari, siyosiy, harbiy arboblari va ulug‘ allomalarining mamlakat,
qolaversa, jahon tarixida tutgan o‘rni, xizmatlarini e'zozlashni o‘rniga qo‘yadi,
boshqalarga ham uni e'tirof ettiradi
Ana shunday bemisl, betakror, butun dunyo e'tirofiga sazovor bo‘lgan buyuk
siyosiy va harbiy arbob, fan-madaniyat homiysi Sohibqiron Amir Temur hayotini
chuqur o‘rganish juda muhimdir. Yoshlarimiz uni qanchalik mukammal o‘rgansalar,
undan shunchalik saboq oladilar. O‘zbekistonning sobitqadam, jasur, aql-idrokli, Ona
Vatan qudratini jahonga ko‘z-ko‘z qilishga qodir va xos fidoiy farzandlari bo‘lib
yetishadilar.
Amir Temur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan mavzularni zamonaviy
pedagogik va axborot-kommunikativ texnologiyalar yordamida o‘rganish nihoyatda
muhimdir. Chunki bugungi kunda maktab, akademik litsey va boshqa ta’lim
dargohlarida
yangi
pedagogik
yondashuvlar
va
axborot
kommunikativ
texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etilishiga katta ahamiyat berilmoqda.
O‘zbekiston tarixini o‘qitishda va o‘rganish jarayonida fan dasturlarida Amir
Temur va temuriylar davri tarixiga muhim o‘rinlardan biri ajratiladi. Bu mavzu o‘z
ichiga bir qator mavzularni qamrab olgan bo‘lib, ularni o‘quvchi va o‘quvchilar
yaxshi o‘zlashtirib olishlari uchun darslarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar
asosida tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi
Vatanimiz ta’limi keng qamrovli islohotlarni amalga oshirishdek murakkab
jarayonni boshidan kechirmoqda ulardan ko‘zda tutilgan maqsad maktab faoliyatini
demokratlashtirish, uning insonparvarlik tamoiyillarini rivojlantirish, bu vazifalarning
muvaffaqiyatli hal qilishning muhim shartlaridan biri chet el maktabi va pedagogikasi
tajribalariga munosabatni tubdan o‘zgartirishdan iborat ekanligini hayotning o‘zi
ko‘rsatmoqda.
Bu tajribalarni sinchkovlik va qunt bilan o‘rganish orqali ta’limda xato va
yanglishishlardan, shubhali xulosalardan o‘zimizni saqlashimizdan tashqari ta’lim-
-94-
tarbiyada qotib qolgan, eskirgan, o‘z dolzarbligini yo‘qotib borayotgan ish shakllari
va uslublaridan tezroq xalos bo‘lish bilan birga, uni munosib tarzda yangilashda
qo‘shimcha boy manbalarga ham ega bo‘lamiz.
Tarix fani o‘qituvchilari oldida tarix darslarining samaradorligini yana ham
oshirish vazifasi ko‘ndalang turibdi. Bunda esa tarix darslarida interfaol usullarni
qo‘llash yaxshi samara berayotganligi o‘tkazilayotgan tajribalardan ham ko‘rinib
turibdi.
Bugun endi tarix fani ustozlari oldida ish faoliyatimizda keng qo‘llashimiz va
o‘z o‘rnida yangi pedagogik yondashuvlardan samarali foydalanishimiz hamda tarix
darslari samaradorligini yanada oshirishga o‘z hissamizni qo‘shishdek vazifalar
turibdi.
Mazkur mavzu zamon shiddat bilan rivojlanayotgan bir davrda ta’lim
sohasida ham islohotlar, yangiliklar qilishni taqozo etmoqda. Endi o‘quvchi va
o‘quvchilarni an’anaviy ta’lim metodlari bilangina o‘qitish yetarli bo‘lmay
qolmoqda. Shu bois ta’limga yangicha yondashish kunning dolzarb masalasiga
aylandi. Zero: “Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz va bunga zamonning
o‘zi ham yo‘l qo‘ymaydi”.
Ko‘p hollarda o‘qituvchilar o‘qitish usullarini tanlashda dars va darsdan
tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarga faqat tayyor bilim berish, ya‘ni ularni oqitish
ta’limini bir tomonini ko‘zda tutib o‘quvchilarning o‘rganishi, ta‘limning ikkinchi
muhim tomonlarini uyushtirish unga rahbarlik qilish, bilim, malaka va qobiliyatlarini
sistemali ravishda o‘stirib borish kabi muhim jihatlarini e‘tibordan chetda
qoldiradilar.
Shuningdek
o‘qitishning usul va usullarini tanlash o‘quv
materiallarining mazmunidagi o‘ziga xosliklarni, uning ta‘lim-tarbiyaviy vazifalarini
o‘quvchilarning bilimi, malakasini etiborga ola bilmaslik hollari ham shunday jiddiy
kamchiliklar jumlasidan edi.Bu hol ma‘lum darajada o‘quvchilarning tarix faniga
qiziqishlari pasayishga umumiy ta‘lim-tarbiya ishlarini natijasiga salbiy ta‘sir ko‘rsatdi.
Shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o‘quvchi (yoki o‘quvchi) larni faqat tayyor
bilimlarni egalashga o‘rgatib kelingandi. Bunday usul o‘quvchi (yoki o‘quvchi)larda
-95-
mustaqil fikrlash, ijodiy izlanish, tashabbuskorlikni so‘ndirar edi. Endi o‘quv
jarayonini yangilangan dastur va standart talablariga javob beradigan zamonaviy
darslar asosida tashkil etish davri keldi.
Boshqacha qilib aytganda zerikarli darslar o‘rniga darslarni tashkil etishga
ma’suliyat bilan yondashadigan, kasbiy bilimdon, metodik mahoratga ega,
ma’suliyatli, zamonaviy, interfaol pedagogik texnologiyani mukammal o‘zlashtirib
olgan, innovatsiyalar asosida ta’limni tashkil eta oladigan o‘qituvchilarga talab oshib
bormoqda.
Dostları ilə paylaş: |