-98-
bergach,o‘z yurti Qohiraga qaytishini ijod etishini davom etirishiga ruxsat
berganliklari haqida o‘z xotiralarida yozadi. Amir Temur bobomiz o‘z hulq- atvori va
atrofdagilarga muomalasi bilan ko‘pchilikka o‘rnak bo‘lgan.. (Hakim Sattoriy
“Hazrat Sohibqiron” asari 34-154 bet)
Amir Temurning siymosini yaratish 1994-yildan boshlab kirishildi. Hatto
ko‘rik-tanlov ham e’lon qilindi. Natijada
suratlar orasidan rassom, professor Malik
Nabiyevning chizgan surati tanlab olindi. Bir necha oylik ishlaridan so‘ng, Malik
Nabiyevning chizgan surati, Ilhom Jabborov yaratgan haykali muvofiq topildi. Amir
Temur bobomiz haqida so‘z borganda bir savol meni qiynaydi. 1941-yil Alisher
Navoiy bobomizning 500 yiligi munosabati bilan negadir Amir Temur bobomizning
ham qabrlari ochiladi? Nega Amir Temur bobomizning ham ruhlari toptaladi?
Ekspeditsiya a’zolari quyidagilar edi:
Qori Niyoziy, antropolog M.Gerasimov,
professor L.Oshanin, eronshunos A.Seminov, arxitektor B.Zasipkin, arxeolog
B.Shishkinlardan iborat edi. 1941-yil 19-iyun kuni Amir Temur qabrini ochishga
kirishiladi. Uning qabri o‘g‘illaridan ancha farq qilib, o‘z salovati va ulug‘vorligi
bilan ajralib turardi. Qabr 20 sm qalinlikda og‘ir marmartosh bilan berkitilgan bo‘lib,
toshning uzunligi 2 metr 45 sm, eni 90 sm. Bu qabr
toshga mahorat bilan yozuv
bitilgan. Qabrning uzunligi 3 metr, eni va chuqurligi 1 metr. 20-iyun kuni
ekspeditsiya o‘z ishini davom ettiradi. Butun jarayon kinosuratga olinayotganligi va
hujjatlashtirilib borilayotganligi uchun ish sekin davom etardi. Amir Temurning
tobutini lahaddan oladilar. Tobutning hamma tomoni archadan yasalgan edi, shuning
uchun ham shuncha yillar o‘tsada tobutga hech narsa bo‘lmagan edi. Ustki qismida
esa ko‘k rangli ipak choyshab yopilgan edi. Ipak choyshab yomon saqlanganligi
uchun naqshlar butunicha aniqlanmadi. Sohibqironning jasadi uzun qilib yotqizilgan
bo‘lib, yuzi Makka tomonga qaratilgan edi. Amir Temur jasadi ko‘rindi.
Atrofni
allaqanday hushbo‘y hid qopladi. Bu yerda turganlar hiddanmi yoki hayratdanmi
o‘zlarini orqaga oladilar Uning boshi, bo‘yi, oyoq tomonlari mumiyolangan
muskullari, teri parcharalari turardi. I.V.Oshanin jasadning
suyaklarini tekshirganda
quyidagilarni aniqlagan edi: Temur yelkasi keng va bo‘yi o‘rtacha – 166,2 sm
-99-
bo‘lgan. Miyasining hajmi 1668 sm kub.sm bo‘lib, u erkak kishi miyasining o‘rta
hajmidan (1500 kub.sm) ortiqdir. Antropolog Gerasimov Amir Temurning soch va
soqoli ranglarini o‘rganib chiqadi. Suyaklari ham o‘rganadi. Afsuski, Temur
bobomizni suyaklarini o‘rganish maqsadida Moskvaga olib ketildi.
Amir Temur bobomiz hayoti yoshlarimiz uchun muhim tarbiya omilidir. Zero,
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning fikrlari bilan
izohlasak, – “
Tarix bu ko‘hna dunyoda o‘tgan ko‘p jahongirlarni biladi.Ularning
aksariyati faqat buzg‘unchilik qilgan. Amir Temurning ulardan farqi shundaki, u umr
bo‘yi bunyodkorlik bilan mashg‘ul bo‘lgan. Uning “Qay bir joydan bir g‘isht olsam,
o‘rniga o‘n g‘isht qo‘ydirdim, bir daraxt kestirsam, o‘rniga o‘nta ko‘chat ektirdim”
degan, so‘zlari fikrimizning dalilidir.
Zero, Amir Temur va temuriylar davri (XVI asr ikkinchi yarmi va XV asr)
Movarounnahr va Xuroson o‘lkalarida madaniy rivojlanishning
yuksak darajaga
erishuvi, ma’naviy hayotning takomillashuvi bilan izohlanadi.
Mening fikrimcha nafaqat tarix fani o‘qituvchisi balki, matematika, fizika,
geografiya, ingliz tili barcha-barcha fan o‘qituvchilari buyuk davlatchiligimiz
asoschisi haqidagi manbalarni bilishi yosh avlodga uni har doim talqin etishi milliy
g‘ururni o‘quvchilar ongiga singdirishi lozim deb hisoblayman. Zero,buyuk
ajdodlarimiz yod etgan yosh avlod ularga munosib ajdod bo‘lishga
harakat qiladi,
ularni hech qanday yot g‘oyalar chalg‘itmaydi.
Dostları ilə paylaş: