Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent:
“O‘zbekiston”, 2008-yil.
2.
“Amir Temur o‘gitlari” 1996-yil
3.
Hakim Sattoriy “Hazrat Sohibqiron” asari “Sharq” 2016,2019-yil
4.
Salohiddin Toshkandiy “Temurnoma” “Toshkent” 1991-yil
5.
“Amir Temur ajdodlari” “Qomuslar Bosh tahririyati “Toshkent” 1992-
yil.
-100-
Fayziyeva Nilufar Erkinovna
Romitan tuman 41-IDUM o‘qituvchisi
AMIR TEMUR DAVLATINING RAMZLARI
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Amir Temur davlatining ramzlari xususida
ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, Amir Temur tarixini o‘qitishning dolzarbligi
xususida fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
davlat ramzlari, bayroq, Amir Temur, madhiya, mo‘g‘ullar
hukmronligi, Sayyid Baraka.
Bugun biz xalqimizning ko‘z oldimizda bunyod bo‘layotgan yangi tarixiga
nafaqat guvohmiz, balki bu tarixiy jarayonning bevosita ishtirokchilarimiz. Shuning
uchun ham yaqin o‘tmishimizda yuz bergan voqea-hodisalarni to‘laqonli va haqqoniy
aks ettirish ham bizning burchimizdir.
Amir Temur shaxsiyatini tiklash va uning nomini tarixiy mavqeyiga munosib
tarzda dunyoga tanitish g‘oyasining paydo bo‘lishi va amalga oshirilishi
hammamizning ko‘z o‘ngimizda sodir bo‘ldi.
O‘zbekiston mustaqilligi bizga buyuk sohibqironni qaytarib bergani bilan ham
alohida qadrlidir. Amir Temur yana xalqimiz qalbidan munosib o‘rin oldi.
XIV asrning 2-yarmi va XV asr vatanimiz tarixida voqealarga nihoyatda boy,
tarixiy saboq davri hisoblanadi. Chunki bu davrda mo‘g‘ullar hukmronligi va feodal
tarqoqlik tugatilib, bosqinchilarning vayronagarchiliklari va bir yarim asrlik zulmlari
oqibatida iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy turg‘unlik holatida tushib qolgan mamlakatimiz
o‘z mustaqilligini qayta tiklashga kirishdi. Bu diyorda Amir Temur boshchiligida
yagona tug‘ ostida markazlashgan, kuchli va mustaqil feodal davlat tashkil topdi.
Markaziy Osiyo xalqlari ostida yuz bergan bu tarixiy voqeada, shubhasiz, Amir
Temurning xizmati g‘oyat buyukdir.Yirik davlatni yaratib, Amir Temur
mamlakatning iqtisodiy va madaniy rivoji uchun sharoitlarni tayyorlagan. O‘tgan
davrlarning qadimiy an’analari yangi tarixiy ko‘rinishda qayta tiklanadi. Yaqin va
-101-
O‘rta Sharq bo‘ylab Movaraunnahr savdo-sotiq, iqtisod va madaniyat markaziga
aylanishi zamirida, Samarqand, Kesh, Buxoro, Termiz, Toshkent, Marv va boshqa
qadimiy shaharlar obodonlasha boshlagan.
Masjid, madrasa, maqbara, karvonsaroy va hammomlarning katta binolari qad
rostlay boshlagan. Har qanday g‘alaba me’morchilikda abadiylashishi odatiy holatga
aylanib qolgan. Bunyodkorlik faoliyatida Amir Temur ma’lum bir siyosiy
maqsadlarga amal qilgan. U qurdirgan inshootlar saltanatning kuch-qudratini
ko‘rsatib bera olishi kerak bo‘lgan.
Boshqaruv yillari davomida Amir Temur feodal tarqoqlikka barham beradi.
Fransiya, Angliya, Kastiliya kabi yirik Yevropa qirolliklari bilan savdo-diplomatik
aloqalarni yo‘lga qo‘yadi. Afsuski, Amir Temurning vafotidan so‘ng, g‘arbiy
Yevropa bilan savdo-diplomatik aloqalar nihoyasiga yetadi.
Amir Temur tarix sahifalarida Aleksandr Makedonskiy, Yuliy Sezar kabi yirik
sarkardalar bilan bir qatorda turadi. Amir Temur – insoniyat tarixidagi eng qat’iyatli
shaxslardan biridir. Turli manbalarga tayangan holda u haqidagi bilimlarimizda ham
hukmdor, zobit, sarkarda, ham jangchi sifatida gavdalanadi. O‘z davlatining kuch-
qudratini oshirib, uni mustahkamlash uchun Amir Temur davlatining boshqa
davlatlarga o‘xshab o‘z ramzlari – davlat bayrog‘i, gerbi va mamlakatning madhiyasi
mavjud bo‘lgan. Bu davlat bayrog‘iga moviy osmon, butun koinotga ta’sir qiluvchi
quyosh va hayvonlarning eng qudratlisi sher suratini aks ettirgan. Alloh yaratgan eng
buyuk mo‘jiza quyoshdir. Quyosh hammaga rizq-ro‘z ulashadi. Shuning uchun nur
sochib turgan quyosh ramzi bayroqda asosiy o‘rin tutgan. Amir Temur ovni
yoqtirgan, hayvonlarning qudratlisi sher unga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Moviy osmon
esa beg‘uborlik, tiriklik ramzi sifatida qabul qilingan. Davlat bayrog‘ini maxsus
bo‘linma jangchilari qo‘riqlashgan. Jang paytida bayroq eng baland joyda hilpirab
turgan. Bayroqning yiqitilishi, dushman tomonidan qo‘lga kiritilishi mag‘lubiyat
hisoblangan.
Davlat tamg‘asi yoxud davlat gerbi uchburchak shaklda bo‘lgan.
Sohibqironning uch iqlimda shimol, janub, g‘arb ya’ni uchta qit’a, 27 mamlakatga
-102-
hukmronligiga ishora qilingan. Davlat gerbi mamlakatning rasmiy qog‘ozlarida,
yorliqlarida va mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarda o‘z ifodasini topgan.
Hatto otlarning taqasida ham tamg‘a belgisi ifodalangan. Qilich, egar-jabduq,
gazlamalarda tamg‘a bo‘lgan. Unda “Kuch adolatda!” ya’ni “Rosti-rusti” uning
uzugida yozilgan.
Sohibqiron saltanatining madhiyasi ham bo‘lgan. Bu madhiya “Alloh yor” deb
nomlangan. Davlat bayramlari paytida, harbiy yurishlarda, jangga kirishishdan oldin
harbiy ko‘riklarda bu madhiya yangragan va hamma ishda Alloh yor bo‘lsin deb
da’vat etilgan.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, O‘rta Osiyoda Temur va Temuriylar davrida
madaniyat rivojlandi va kamol topdi. XIV-XV asrlardagi Movaraunnahr va
Xurosondagi madaniy taraqqiyotning tamal tojini Buyuk Sohibqiron Amir Temur
qo‘ygan edi. O‘zining mustaqil davlatchilik yo‘lidan borayotgan mamlakatimizda
Sohibqiron saltanatidagi ko‘pgina foydali jihatlar o‘z ifodasini topgan.
Bayrog‘imizdagi moviy rang, ichki siyosatda “Kuch adolatda!” degan shiorlarni
amalga oshirilishi huquqiy davlat barpo etilishi sari qo‘yilayotgan qadam bularning
isbotidir.
Dostları ilə paylaş: |