Pedagogik optimizm. Tarbiyachilar yuqori optimizm, ya’ni kelajakka katta ishonch bilan mustaqil O‘zbekiston Respublikasining yangi qonunlarini hayotga tatbiq qilmoqdalar. O‘quvchilar shaxsiyatining cheksiz imkoniyatlariga ishongan tarbiyachilarning pedagogik optimizmi, ayniqsa, turli yoshdagi turli aqliy darajadagi o‘quvchilarga nisbatan, ularning dam olish va o‘qish qoidalarini, shartlarini tashkillashtirishda yaqqol ko‘rinadi.
O‘quvchilarga hurmat. Insonga hurmat – insonlararo munosabatlarning asosiy talabidir. Tarbiyachining faoliyatida o‘quvchilarga hurmat alohida o‘rin tutadi, ularda ishonch, samimiyliq kattalarning maslahatlariga va takliflariga moyillik uyg‘otadi. Qo‘polliq o‘quvchilar shaxsiyatiga hurmatsizliq o‘quvchilarda ularga javoban xafagarchiliq g‘azab, hattoki, ba’zi nirsalarni aytaylab teskarisini qilishga intilishni tug‘diradi. Bunday paytlarda o‘quvchilar hatto adolatli talablarni bajarishdan ham bosh tortadilar. Tarbiyachiga bo‘lgan bunday munosabat ba’zan ular olib borayotgan fanga, ishga, mashg‘ulotga, hatto o‘zi tahsil olayotgan ta’lim muassasasiga, o‘quv xonasiga bo‘lgan munosabatga ko‘chadi.
O‘quvchining ruhiy holatini tushunish. O‘quvchilar xulqining buzulishini, tarbiyasidagi salbiy o‘zgarishlarni sezish qiyin jarayon emas. Tarbiya jarayoniga pedagogik ta’sir usulini to‘g‘ri tanlash uchun o‘quvchilarning tartibbuzarlik sabablarini o‘rganish keraq chunki shaxsning turli psixologik holatlarining tashqi ko‘rinishi bir xil bo‘ladi. Masalan, o‘quvchining guruhdagi faolligining susayishining asosiy sabablari, uning injiqligi, ko‘z yoshlari, uydan chiqib, uzoqroqqa ketishi va ota-onasidan uzoqda (ba’zi o‘quvchilarning turar joylarda) istiqomat qilishidan iborat bo‘lishi mumkin.
O‘quvchining ruhiy holatini tushunish uchun tarbiyachilar o‘quvchilar shaxsning fazilatlarini, xususiyatlarini, ularning yashash sharoitlarini bilishlari va chuqur tahlil qilishlari kerak. Tarbiyachining kuzatuvchanligi va sezgirligi o‘quvchining xulqida namoyon bo‘layotgan ruhiy holatini tushunishga yordam beradi.
O‘quvchi harakatlarining sabablari va tashqi xususiyatlarining ochilishi. O‘quvchilarning harakatlari yetakchi, tarbiyachi, jamoa, atrofdagi insonlar tomonidan yaxshi, oliyjanob yoki yomon deb baholanadi. Tarbiyachining o‘quvchiga bo‘ladigan munosabat (yondashuv)lari, ularning harakatlari tabiatiga bog‘liq. O‘quvchi harakatlarini to‘g‘ri baholash uchun, harakat mohiyatini, ya’ni ichki sabablarini ochish lozim. Ko‘pincha o‘quvchilar harakatining ichki sabablari tashqi ko‘zdan yashiringan bo‘ladi, ya’ni tashqi tomondan darrov ko‘rinmaydi. Ularni tarbiyachi tomonidan tushunishga, ba’zan o‘quvchining o‘zi katta yordam berishi, ya’ni bo‘lgan voqyea haqida o‘zi hurmat qiladigan tarbiyachisiga ochiq gapirib berishi mumkin. Tarbiyachi bunday yomon holatni keltirib chiqaruvchi tashqi holatlardan xulq sabablarini ajrata olishi lozim.
O‘quvchining taqdiriga qiziqish. Ta’lim muassasalarida olib boriladigan tarbiya mobaynida o‘quvchilarning taqdiriga qiziqish tarbiyachilarda o‘quvchilarga muhabbat va ularning taqdiriga javobgarlik hissi tufayli rivojlanadi. Tarbiyachilar har bir o‘quvchining taqdiri, ayniqsa, guruh hayotidan qoniqish hosil qilmaydigan, guruhdoshlaridan yotsiraydigan va guruh ishlaridan o‘zini olib qochadigan o‘quvchilar taqdiri bilan qiziqishlari lozim. Lekin o‘quvchining taqdiri bilan astoydil tashvishlangan va unga yordam berishni xohlagan tarbiyachilar o‘quchilarga mehribonliq ularga e’tibor va g‘amxo‘rliklarini ko‘rsatishlari uchun dastlabki omadsizlikdan cho‘chimasliklari, turli yangi usullarni izlashlari lozim. Tarbiyachilarning kundalik faoliyatlaridagi o‘quvchiga g‘amxo‘rliklari, xayrixohlik munosabatlari va pedagogik ta’sirning usullarini to‘g‘ri tanlashlari o‘quvchilarda o‘z tarbiyachisiga muhabbat, sadoqat, ularda xursandchilik xohishini uyg‘otadi, shuningdeq yangi ijobiy xislatlarni rivojlantirishga va salbiy xislatlarni yo‘qotishga yordam beradi.
Endi tarbiyachilarning o‘quvchilarni tarbiyalash jarayonida foydalanishlari mumkin bo‘lgan pedagogik ta’sir usullaridan ba’zilari bilan tanishtiramz:
Ishontirish – bu aniq xulq-atvor yoki qaysidir ishni mumkin emasligini, to‘g‘riligini va zarurligini isbotlash va tushuntirishdir.
Ishontirish jarayonida o‘quvchilarda yon-atrofidagi insonlarni hatti-harakatlarini va o‘z xulqlarini baholash mezonlariga mos bo‘ladigan axloqiy qarashlar shakllanadi.
O‘quvchini ish bilan ham, so‘z bilan ham ishontirish mumkin. O‘quvchini ishlatish orqali ishontirish jarayonida tarbiyachi isbotlanayotgan holat, vaziyat va muammolarni, hayotiy tajriba sharoitlaridan kelib chiqqan holda, yaratadi. Ishontirish ta’sir usuli o‘quvchi xulqini tuzatuvchi usul bo‘lib xizmat qilishi mumkin. So‘z bilan ishontirish jarayonida, o‘quvchilarga yo‘l qo‘yilgan xatolar tabiati axloqiy me’yor nuqtai nazaridan tushuntiriladi. Ishontirish usuli samimiylikni va jo‘shqinlikni talab qiladi. Bu jarayonda tarbiyachilarning kechinmalari o‘quvchilarga o‘tadi. Ishontirish bilan ixlos tug‘dirish usullari juda o‘xshash. Bu usullarning o‘xshashligi ishontirish ham, ixlos tug‘dirish ham suhbat orqali amalga oshirilishidan iboratligidadir, lekin ixlos tug‘dirishda tarbiyachilar o‘quvchi qilayotgan hatti-harakatlarning to‘g‘ri yoki xatoligini isbotlamaydilar. Bu jarayonda ular tarbiyalanuvchiga o‘z fikrlarini sekin va ohistalik bilan aytadilar. O‘quvchi tarbiyachining so‘zlarni tinglab turib, o‘z hatti-harakatini tanqidiy baholay boshlaydi va o‘z xulqini to‘g‘irlashga harakat qiladi.
6.Kasbiykompetentsiyaningshakllanishbosqichlari?
Kasbiy kompetensiyaning modeli Kasbiy qadriyat, kasbiy ko`nikma va malaka, Kasbiy biim va tushuncha
7.Pedagogikafanlartizimihaqidaumumiytavsifbering.