Fiziologikehtiyoj natijasida farzand dunyoga keltirish,tarbiyalash va voyaga yetkazish ya’ni nasl qoldirish (farzand dunyoga keltirish va tarbiyalash) dan iboratdir.
Oilaning moddiy-iqtisodiy munosabatda–uy-ro‘zg‘orni moddiy tomondan ehtiyojlarini ta’minlash boshqarish, mulkiy munosabatlarni ta’minlashdan iboratdir.
Huquqiy-qonuniy -oila qonuniy nikoh asosida quriladi. Shunda uning huquq va manfaatlari davlat tomonidan himoya etilishi kafolatlanadi.
Axloqiy-ma’naviy munosabatda esa oila ma’naviy qadriyatlar asosida shakllanishi, rivojlanishi hamda mustahkamlanishi nazarda tutiladi. Ota-onaning bir-birlari shuningdeq farzand oldidagi burch va mas’uliyatlari, farzandning ota-ona hamda oila oldidagi huquq va majburiyatlari axloqiy-ma’naviy asosda amalga oshirilmog‘i zarur.
O‘zaro kommunikativlilikasosida oila a’zolari bir-birlari bilan munosabatga kirishadilar, bir-birlariga tarbiyaviy ta’sir etadilar, atrof-muhit, jamiyat bilan aloqaga kirishadilar. Shu asosda o‘z-o‘zlarini ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, nazariy-amaliy jihatdan jamiyat talablariga mos rivojlantirib boradilar. Ta’lim va tarbiyavazifasi- ota-onalarni zurriyodlarini qobil va aqlli, imon-e’tiqodli, sog‘-salomat voyaga yetishini ta’minlashlariga bog‘liq. Chunki, oila – nafaqat er va xotinni, ularning maqomlaridan kelib chiqib tarbiyalaydi, balki yosh avlodni ham oilasi, ota-onasiga munosib insonlar bo‘lib yetishishlari, jamiyatga foydasi tegishi uchun qayg‘uradi.
19.Tarbiyadazamonaviypedagogiktexnologiyalardansamaralifoydalanishusullariniyozing.
XXIasr globallashuv, axborot-kommunikasiya texnologiyalari va internet asri, ilg‘or pedagogik texnologiyalar hamda barcha sohalarda raqobat asri hisoblanadi. Shu bois, XX asrning oxirlariga qadar pedagog, metodist olimlar kimni, nimani va qanday o‘qitamiz degan savollar doirasida tadqiqot ishlari olib borgan bo‘lsalar, XXI asrdagi shiddatli ijtimoiy-iqtisodiy, fan-texnika taraqqiyoti ta’lim tizimini shaklan va mazmunan modernizasiya qilishni taqozo etdi. Ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishning muhim omili sifatida zamonaviy pedagogik texnologiya hamda axborot-kommunikasiya tenologiyalaridan unumli foydalanishga ehtiyoj paydo bo‘ldi.
Darhaqiqat texnologiya- (yunoncha ”techne”- mahorat san’at, “logos”-tushuncha, ta’limot) ishlab chiqarishning biror sohasida xomashyo material, yarim fabrikat va shu kabilarga ishlov berish yoki qayta ishlash ularning holati, xossalari va shaklini o‘zgartirishda qo‘llaniladigan usullar (metodlar) majmui demakdir.i
Jumladan, qishloq xo‘jaligi, sanoat ishlab chiqarishda yangi texnika va texnologiyalarni qo‘llash natijasida yuqori sifat va miqdor o‘zgarishida samarali natijaga ega bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: |