Rahbar kompetensiyasining shakllanish bosqichlari
Qobiliyatni aniqlash
Tarbiyalash va shakllantirish
Chiniqtirish (kichik hajmdagi topshiriqlar berish)
Ishonch (mustaqil rahbarlik lavozimiga tayinlanish)
Rahbarlik cho‘qqisi
Rahbar kompetensiyasining shakllanish bosqichi rahbarlik qobiliyatining mavjudligini aniqlash zarur. Bunda rahbarlik lavozimiga tayinlashdan oldin uning ish va hayotiy tajribasini ham hisobga olgan holda ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. Bu rahbarning qadriyatli yo‘nalishlari bilan bog‘liq, uning ijtimoiy borliqni his eta bilishi va tushunish qobiliyati, mustaqil hayot yo‘lini topa olishi, o‘zining ijtimoiy jamiyatdagi roli va o‘rnini anglab yetishi, harakatlarni tashkil etishda aniq maqsadni belgilash hamda qaror qabul qilish malakasi, dunyoqarashi bilan bog‘liq kompetentlik, u Rahbar uchun ta’lim jarayonida va boshqa vaziyatlarda o‘zini aniqlash mexanizmini ta’minlaydi. Rahbarning individual ta’lim yo‘nalishi va uning hayotiy faoliyatining umumiy dasturi ana shu kompetentlikka bog‘liq. Ta’lim tizimidagi har bir rahbar boshqaruvning zamonaviy uslublarini va uning muhim vazifalarini anglab yetadi.
18.Oilaningxuquqvamajburyatlarinimalardaniborat ?
Oila–ijtimoiy institutlarning eng qadimgisidir. Insoniyat boshidan kechirgan tarixiy davrlarning qanchalik xilma-xil va murakkab bo‘lishiga qaramay, ayniqsa, XXI asrda ro‘y berayotgan buyuk o‘zgarishlar va islohotlarga dosh bera olgan ushbu maskan o‘z tizimi, tarkibi va jamiyat oldida turgan majburiyatlarini bajarishi nuqtai nazaridan sog‘-omon saqlanib qolgan fuqarolik jamiyatining eng katta tuzilmasidir. Oilani insonlar tashkil etgani va undagi hayot-mamotni ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlardan iborat ekanligini hisobga oladigan bo‘lsaq uni sof ta’lim-tarbiya jarayonlari maskani ham deb atash mumkin.
Oila– jamiyatning ajralmas bo‘lagi. Biror bir xalq, millat yoki jamiyat yo‘qki, u o‘zining rivojlanish tarixida va taraqqiyot istiqbolini belgilashda oila va uning atrofidagi muammolarni, qadriyatlarini inobatga olmagan bo‘lsa. Har qanday istiqbol oilaning manfaatlaridan ayro tasavvur qilinmaydi. Zero, har bir inson uchun oila – bu umrning boshlanishi, barcha narsalarning muqaddimasidir. Qolaversa, har bir inson o‘z baxti va saodatini eng avvalo oilasi bilan
bog‘laydi, ya’ni, o‘z uyi, oilasida baxtli bo‘lgan insongina o‘zini to‘laqonli baxtiyor his etadi.
Ma’lumki, bu yorug‘ olamda hayot bor ekan, oila bor. Oila bor bo‘lsa, farzand deb atalmish ulug‘ va bebaho ne’mat bor. Har qaysi ota-ona jondan aziz farzandining baxtini, kamolini o‘ylab, hamisha ezgu orzu-umidlar bilan yashaydi, o‘z dilbandining sog‘lom va baquvvat, barkamol inson bo‘lib ulg‘ayishini istaydi. Mustaqil va yangicha fikrlaydigan, zamon talablariga javob beradigan, ma’naviy boy, Vataniga sodiq va fidoyi, axloqan yetuq intellektual rivojlangan, chuqur bilimli, har tomonlama kamol topgan shaxs ham, avvalo, sog‘lom turmush tarzi qaror topgan oilada shakllanadi.
OILANING HUQUQ VA MAJBURIYaTLARINI BILASIZMI?
Oilaning o‘ziga xos huquq va majburiyatlari mavjud bo‘lib ularni bajarish har bir oilaning muqaddas burchi hisoblanadi.
Ilmiy manbalarda ular qo‘yidagicha tasnif etiladi: tabiiy-biologik; reproduktiv; moddiy-iqtisodiy; huquqiy-qonuniy; axloqiy-ma’naviy; o‘zaro kommunikativlilik.
Oila mazkur vazifalar asosiga qurilgan ijtimoiy birlikdan iboratdir.
Oilaning tabiiy-biologik vazifasi- balog‘at yoshida yigit va qiz albatta turmush qurushi, o‘z naslini davom ettirishi tabiiy ehtiyoj hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |