1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ta’lim tizimini boshqarish bo‘yicha vakolatlari?


O‘quvchilarning darsdan tashqari faoliyatini loyihalash vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin



Yüklə 228,3 Kb.
səhifə16/22
tarix20.11.2023
ölçüsü228,3 Kb.
#162243
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Pedagogika

O‘quvchilarning darsdan tashqari faoliyatini loyihalash vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • ijtimoiy moslashuv doirasini tashkil etish va o‘quvchilarning ijtimoiy harakatchanligini ko‘rsatish;

  • bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy moslashuvi uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratish;

  • o‘quvchilarni mustaqil ravishda ta’limni davom ettirishga yo‘naltirish;

  • har bir o‘quvchining qobiliyati, qiziqish va ishtiyoqlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

o‘quvchilarga bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishni va dam olishni o‘rgatish.
21.Tarbiyaviyishlarjarayonidaqo’llanadiganpedagogikta’sirusullarininimalardaniborat?
Tarbiyaviy ishlar jarayonida qo‘llaniladigan pedagogik ta’sir etish usullari
Tarbiyachilar o‘z ish faoliyatlari davomida asosiy e’tiborni doimiy ravishda o‘quvchilar tarbiyasi, xulq-atvori, tartib-intizomiga tuzatishlar kiritishlari, ulardagi kerakli shaxsiy xislatlar va tabiatlaridagi qirralarni rivojlantirishlari, mavjud kamchiliklarni bartaraf qilishga qaratishlari lozim. Bunday jarayonni tashkil etishda tarbiyachilar pedagogik ta’sirning turli usullaridan foydalanishlari mumkin.
Pedagogik ta’sir usuli – bu aniq pedagogik holatlarni tashkil qilish usulidan iborat bo‘lib, unda ma’lum qonuniyatlar asosida o‘quvchilarning ijobiy ishlarida o‘z kamchiliklarini yo‘qotishga undovchi yangi fikrlar va hissiyotlar uyg‘onadi.
Tarbiya jarayonida zarur pedagogik ta’sir usulni tanlash uchun o‘quvchining hissiy holati, xarakatning tabiati va sababi oldindan aniqlanishi lozim. Bu, o‘z navbatida , ushbu harakatning psixologik tahlili, uning o‘quvchi shaxsiyati bilan yaqin aloqasini ko‘rib chiqishni talab qiladi.
Pedagogik holat tarbiyachining ijodiy fikrlariga binoan yaratiladi. Birinchidan, tarbiyachi foydalanishni mo‘ljallagan ta’sir usulini amalga oshirish uchun mos sharoitlarni hayolan tanlashi kerak. Ikkinchidan, tarbiyachi o‘z mo‘ljallagan ishi va xulqini o‘quvchining harakatiga bo‘lgan munosabatiga binoan mos ravishda o‘ylab chiqishi lozim.
Pedagogik ta’sirining har bir usuli o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ular ikkita unsurning o‘ziga xos birligidan vujudga keladi: a) yaratilayotgan pedagogik holatlar xususiyatlari; b) yangi pedagogik holatga o‘quvchilarda tug‘iladigan yangi fikrlar, tarbiyaning yangi sabablari va shaxsiy kamchiliklarini yengib o‘tishga asos bo‘ladigan hissiyotlar mazmuni.
Pedagogik ta’sir usullarini ikkita guruhga ajratish mumkin.
Birinchi guruh usullari o‘quvchini ilhomlantiruvchi ijobiy hissiyotlar asosida uning ahloq-odobi, tarbiyasi, tartibiga o‘zgarishlar kiritadi, bular xursandchiliq minnatdorliq tarbiyachiga hurmat, o‘z kuchiga ishonchdan iborat.
Ikkinchisi- uyatchanliq epsizliq hafsalasizliq o‘kinch, xafagarchiliq achinish kabi salbiy xislatlarni yo‘qotishga yordam beradigan usullardir.
Ijodiy faoliyatda nafaqat o‘quvchilar tarbiyaviy ishlarining yaxshi natijalariga erishiladi, balki tarbiyachilarni o‘zlarining shaxsiy hissiyotlari ham rivojlanadi. Pedagogik ta’sir ko‘rsatish usullarini qo‘llash jarayonida tarbiyachining g‘oyaviyligi, tabiatidagi insonparvarliq mehribonliq sezgirlik kabi, tabiatning chidamliliq o‘z-o‘zini boshqara olish, maqsadga intiluvchanliq tezkorliq tashabbuskorlik kabi hissiy qirralari hamda tabiatning topqirliq ziyrakliq aqliy barkamolliq kuzatuvchanlik kabi iroda qirralari ko‘zga tashlanadi.
Tarbiyaviy usullarni egallash va ularni ish jarayonida tadbiq etish tarbiyachining tarbiya maqsadlarini yanada maqsadli va qulay bo‘lishiga yordam beradi.
Pedagogik ta’sir usullaridan foydalanish aniq tamoyillarga rioya qilishga asoalangan. Bu tamoyillar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • pedagogik optimizm;

  • o‘quvchilarga hurmat;

  • o‘quvchining ruhiy holatini tushunish;

  • o‘quvchi tabiatining tashqi xususiyatlari va sabablarini ochish;

  • o‘quvchining taqdiri bilan qiziqish.

Pedagogik optimizm. Tarbiyachilar yuqori optimizm, ya’ni kelajakka katta ishonch bilan mustaqil O‘zbekiston Respublikasining yangi qonunlarini hayotga tatbiq qilmoqdalar. O‘quvchilar shaxsiyatining cheksiz imkoniyatlariga ishongan tarbiyachilarning pedagogik optimizmi, ayniqsa, turli yoshdagi turli aqliy darajadagi o‘quvchilarga nisbatan, ularning dam olish va o‘qish qoidalarini, shartlarini tashkillashtirishda yaqqol ko‘rinadi.
O‘quvchilarga hurmat. Insonga hurmat – insonlararo munosabatlarning asosiy talabidir. Tarbiyachining faoliyatida o‘quvchilarga hurmat alohida o‘rin tutadi, ularda ishonch, samimiyliq kattalarning maslahatlariga va takliflariga moyillik uyg‘otadi. Qo‘polliq o‘quvchilar shaxsiyatiga hurmatsizliq o‘quvchilarda ularga javoban xafagarchiliq g‘azab, hattoki, ba’zi nirsalarni aytaylab teskarisini qilishga intilishni tug‘diradi. Bunday paytlarda o‘quvchilar hatto adolatli talablarni bajarishdan ham bosh tortadilar. Tarbiyachiga bo‘lgan bunday munosabat ba’zan ular olib borayotgan fanga, ishga, mashg‘ulotga, hatto o‘zi tahsil olayotgan ta’lim muassasasiga, o‘quv xonasiga bo‘lgan munosabatga ko‘chadi.
O‘quvchining ruhiy holatini tushunish. O‘quvchilar xulqining buzulishini, tarbiyasidagi salbiy o‘zgarishlarni sezish qiyin jarayon emas. Tarbiya jarayoniga pedagogik ta’sir usulini to‘g‘ri tanlash uchun o‘quvchilarning tartibbuzarlik sabablarini o‘rganish keraq chunki shaxsning turli psixologik holatlarining tashqi ko‘rinishi bir xil bo‘ladi. Masalan, o‘quvchining guruhdagi faolligining susayishining asosiy sabablari, uning injiqligi, ko‘z yoshlari, uydan chiqib, uzoqroqqa ketishi va ota-onasidan uzoqda (ba’zi o‘quvchilarning turar joylarda) istiqomat qilishidan iborat bo‘lishi mumkin.
O‘quvchining ruhiy holatini tushunish uchun tarbiyachilar o‘quvchilar shaxsning fazilatlarini, xususiyatlarini, ularning yashash sharoitlarini bilishlari va chuqur tahlil qilishlari kerak. Tarbiyachining kuzatuvchanligi va sezgirligi o‘quvchining xulqida namoyon bo‘layotgan ruhiy holatini tushunishga yordam beradi.
O‘quvchi harakatlarining sabablari va tashqi xususiyatlarining ochilishi. O‘quvchilarning harakatlari yetakchi, tarbiyachi, jamoa, atrofdagi insonlar tomonidan yaxshi, oliyjanob yoki yomon deb baholanadi. Tarbiyachining o‘quvchiga bo‘ladigan munosabat (yondashuv)lari, ularning harakatlari tabiatiga bog‘liq. O‘quvchi harakatlarini to‘g‘ri baholash uchun, harakat mohiyatini, ya’ni ichki sabablarini ochish lozim. Ko‘pincha o‘quvchilar harakatining ichki sabablari tashqi ko‘zdan yashiringan bo‘ladi, ya’ni tashqi tomondan darrov ko‘rinmaydi. Ularni tarbiyachi tomonidan tushunishga, ba’zan o‘quvchining o‘zi katta yordam berishi, ya’ni bo‘lgan voqyea haqida o‘zi hurmat qiladigan tarbiyachisiga ochiq gapirib berishi mumkin. Tarbiyachi bunday yomon holatni keltirib chiqaruvchi tashqi holatlardan xulq sabablarini ajrata olishi lozim.
O‘quvchining taqdiriga qiziqish. Ta’lim muassasalarida olib boriladigan tarbiya mobaynida o‘quvchilarning taqdiriga qiziqish tarbiyachilarda o‘quvchilarga muhabbat va ularning taqdiriga javobgarlik hissi tufayli rivojlanadi. Tarbiyachilar har bir o‘quvchining taqdiri, ayniqsa, guruh hayotidan qoniqish hosil qilmaydigan, guruhdoshlaridan yotsiraydigan va guruh ishlaridan o‘zini olib qochadigan o‘quvchilar taqdiri bilan qiziqishlari lozim. Lekin o‘quvchining taqdiri bilan astoydil tashvishlangan va unga yordam berishni xohlagan tarbiyachilar o‘quchilarga mehribonliq ularga e’tibor va g‘amxo‘rliklarini ko‘rsatishlari uchun dastlabki omadsizlikdan cho‘chimasliklari, turli yangi usullarni izlashlari lozim. Tarbiyachilarning kundalik faoliyatlaridagi o‘quvchiga g‘amxo‘rliklari, xayrixohlik munosabatlari va pedagogik ta’sirning usullarini to‘g‘ri tanlashlari o‘quvchilarda o‘z tarbiyachisiga muhabbat, sadoqat, ularda xursandchilik xohishini uyg‘otadi, shuningdeq yangi ijobiy xislatlarni rivojlantirishga va salbiy xislatlarni yo‘qotishga yordam beradi.
Endi tarbiyachilarning o‘quvchilarni tarbiyalash jarayonida foydalanishlari mumkin bo‘lgan pedagogik ta’sir usullaridan ba’zilari bilan tanishtiramz:

22.Didaktikao‘ztadqiqotlariniolibborishjarayonidaqandayan’anaviytadqiqotusullaridanfoydalanadi?



Yüklə 228,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin