1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ta’lim tizimini boshqarish bo‘yicha vakolatlari?



Yüklə 228,3 Kb.
səhifə12/22
tarix20.11.2023
ölçüsü228,3 Kb.
#162243
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Pedagogika

Tarbiya jarayonining natijasi. Tarbiyaning natijasi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tarbiyalashdir. Bu jarayon ikki tomonlama bo‘lib, uyushtirish va rahbarlik, shuningdek, o‘quvchi shaxsining o‘zi tomonidan faollik ko‘rsatilishini taqozo etadi. Bu jarayonda pedagog yetakchi rol o‘ynaydi. Chunki u ijtimoiy tarbiyaning umumiy maqsadlari mohiyatini tushunadi, maqsad yo‘lida amalga oshiriladigan vazifalar tizimidan yaxshi xabardor, tarbiya shakl, metod va vositalarini asosli, ilmiy tarzda tanlab oladi va tarbiya jarayoniga tatbiq etadi.
Tarbiya jarayonining mohiyatini tarbiyaga har tomonlama yondashish bilan muvaffaqiyatli tarzda, ilmiy tahlil qilish mumkin.
O‘quvchi o‘sib va rivojlanib borgani sari tarbiya vazifalari murakkablashib, chuqurlashib, tabahalashib boradi.
Har tomonlama yetuk shaxsni tarbiyalash unga izchil ravishda aqliy, g‘oyaviy-siyosiy, axloqiy, mehnat, estetik, jismoniy, ekologik, iqtisodiy hamda huquqiy tarbiya berish, o‘quvchilarning ongi, xulq-atvori va faoliyatining birligi, shuningdek, tarbiya jarayonini tashkil etishning yakka, guruhli va ommaviy shakllarini qo‘shib olib borilishini ta’minlaydigan pedagogik tizimlarni vujudga keltirish va bu tizim g‘oyalariga amal qilishni talab etadi.
Ijtimoiy tarbiya jarayoni shaxsning ijtimoiy fazilatlarini shakllantirish, uning atrof-tevarak, jamityat, odamlar hamda o‘ziga nisbatan munosabatlari doirasini vujudga keltirish va uni kengaytirishga qaratilgan. Shaxs ishtirok etadigan ijtimoiy munosabatlar tizimi qanchalik keng, xilma-xil va chuqur bo‘lsa, uning ma’naviy dunyosi shunchalik boy bo‘ladi.
O‘z tabiatiga ko‘ra tarbiya jarayoni ko‘p omilli xarakterga ega. Ya’ni, o‘quvchi shaxsining qaror topishi oila, ta’lim muassasasi, jamoatchilik, ijtimoiy muhit, shuningdek, vaziyatlar xilma-xilligi, bevosita va bilvosita ta’sirlar ostida ro‘y beradi.
Tarbiya jarayonining natijalari odatda bir xil xarakterda bo‘lmaydi. Bu narsa o‘quvchilarning psixologik (individual, tipologik), fiziologik va jismoniy xususiyatlari, ularning hayotiy va ma’naviy tajribasi, shaxsiy pozisiyasiga bog‘liq.
Tarbiya jarayoni, odatda, o‘zini-o‘zi tarbiyalash, o‘zini-o‘zi qayta tarbiyalash, o‘quvchiningsh atrof-muhitdagi u yoki bu hodisalar bilan salbiy aloqasi natijasida vujudga keladigan munosabatlar va ularning xususiyatlarini bartaraf etish bilan olib boriladi.

16.Pedagogik faoliyatda «Kompetentlik» va «kompetensiyaviy» yondoshuvning asosiy tushunchalari nimalardan iborat?


«Kompetentli» yondoshuvga asoslangan ta’lim tizimida ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchining roli ham o‘zgaradi. Chunki, «bilimli» yondoshuvda ta’lim beruvchi faol va asosiy ishtirokchi bo‘lsa, ta’lim oluvchi esa, sust qabul qiluvchi sifatida ishtirok etadi. «Kompetentli» yondoshuvda ta’lim oluvchi faol ishtirokchiga aylanadi, chunki uning ta’lim olish faoliyati ko‘proq mustaqil individual topshiriqlarni bajarish va uning natijasini himoya qilishga, kreativ amaliy mashg‘ulotlarda doimiy ravishda savollarga javob berish va individual tadqiqot ishlarini olib borishga qaratilgan bo‘ladi. Ta’limda yangi tadqiqot yo‘nalishi bo‘lgan kompetentli yondoshuvning paydo bo‘lishi hamda xorijiy pedagogik va metodik manbalarda «kompetentlik» va «kompetensiya» toyifalarining paydo bo‘lishi natijasida ular 1960 yillarning oxiri 1970 yillarning boshlaridan boshlab oliy ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilarning kasbiy tayyorgarligi nazariyasi va amaliyotiga keng kirib bordi.
Ta’limni jamiyat madaniyatini o‘zlashtirish asosida ta’lim oluvchilarda faoliyatning turli sohalarida shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan muammolarni mustaqil hal etish qobiliyatini rivojlantirishning maxsus tashkil yetilgan jarayoni sifatida qarash mumkin. Ta’lim maqsadini bunday tushunish esa, o‘z navbatida kompetentli yondoshuvni ro‘yobga chiqarish uchun asos yaratadi. Ta’limda kompetentli yondoshuv - bu Vatanimiz pedagogikasi uchun nisbatan yangi hodisa.
Хорижий сўзлар луғатида «компетентлик» тушунчаси бирор шахс ёки муассасанинг ваколати ва ҳуқуқлари мажмуаси ёки бирор бир инсонга тегишли ишлар, саволлар мажмуаси сифатида таърифланган. Французча «cоmpetent»сўзи компетентли, ваколатли сифатида таржима қилинади.Инглизча «cоmpetense»атамасида шахснинг сифати маъноси мавжуд: компетентлик - қобилият сифатида келтирилган.
Kompetentlik - deganda ko‘pincha shaxsning faoliyat yuritishga umumiy qobiliyati va uning kasbiy tayyorgarligida namoyon bo‘luvchi ta’lim jarayonida o‘zlashtirilgan bilim va tajribalarga asoslangan integrallashgan sifatlari tushuniladi. Demak, kompetensiya va kompetentlik tushunchalari bilim, malaka va ko‘nikma tushunchalaridan kengroq, chunki ular shaxsning yo‘naltirilganligi, muammolarni his qila olishi, sinchkovlikni namoyon qila olishi, egiluvchan fikrlashga ega bo‘lishi kabi sifatlarni o‘z ichiga oladi.
17.Rahbarkompetensiyasiningshakllanishbosqichlarinimalardaniborat?

Yüklə 228,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin