Педагогиктехнология- дунё фан-техника тараққиёти талаблари асосида кадрлар тайёрлаш сифат самарадорлигини таъминлаш мақсадида ўқитувчи ва ўқувчининг интеллектуал имкониятлари, маҳорати илғор педагогик тажрибалар, фан ютуқларидан унумли фойдаланган ҳолда ўқув-тарбия жараёнини модернизация қилиш, лойиҳалаштириш, олдиндан режалаштирилган, юқори натижага эришиш кафолатидир.(О.Мусурманова Pedagogik texnologiya atamasiga berilgan yuqoridagi ta’riflar “YuNESKO” ta’rifidan kelib chiqqan holda shakllantirilgan bo‘lib, barchasining negizida o‘quv va tarbiya jarayonining natijalarini aniq bashorat qilgan holda uni loyihalashtirish va yuqori samaradorlikka erishishning kafolati yotadi.
Ta’lim tizimi iste’molida “Pedagogik texnologiyalar”, “Zamonaviy pedagognik texnologiyalar”, “Ilg‘or pedagogik texnologiyalar” kabi atamalardan foydalanilmoqda. Ushbu tushunchalarning maqsad va mazmuni bir xil bo‘lsada, ularning xususiy ishlatilish jarayoni turlicha bo‘lishi mumkin.
Pedagogik texnologiyalar ta’limni tashkil etishning an’anaviy shakllariga nisbatan quyidagi konseptul ijtimoiy xarakterdagi imkoniyatlarni yaratilishi bilan xarakterlanadi:
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida hukumatimiz va davlatimizning ma’naviy, jismoniy kamol topgan, erkin va mustaqil fikrlaydigan, respublikamizni jahon hamjamiyatiga yanada integrasiyalashuviga munosib hissa qo‘shadigan, ilg‘or texnika va texnologiyaga oid bilim, ko‘nikma va malakaga ega bir nechta kasb sirlarini egallagan chet tillarda erkin so‘zlasha oladigan, raqobatbardosh mutaxassislarni tarbiyalash bo‘yicha olib borilayotgan muhim chora-tadbirlar muvaffaqiyatli amalga oshiriladi.
zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologgiyalaridan foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or uslublarini amaliyotga joriy etish uchun shart-sharoit imkoniyatlar yaratiladi;
zamonaviy o‘quv-uslubiy materiallardan foydalanish zamirida ta’lim-tarbiya jarayoni puxta rejalashtiriladi, bashoratlanadi, loyihalashtiriladi, natija kafolatlanadi;
ta’lim-tarbiya jarayoni subyektlari mavjud ilmiy-nazariy, metodik zaxiralaridanoqilona foydalanadilar, vaqtni unumli sarflaydilar, pedagogik ijodiy faoliyat vujudga keladi, kommunikativ kompetentligi namoyon bo‘ladi;
“O‘qituvchi global internet tarmog‘i, multimedia tizimlari va masofadan o‘qitish usullaridan foydalangan holda, zamonaviy innovasion pedagogika, axborot kommunikasiya texnologiyalarini egallash va ularni o‘quv jarayoniga faol tatbiq etish” bo‘yicha o‘z kasb mahoratini, ilmiy-pedagogik faoliyatini doimiy oshirib borishga ma’suliyat bilan yondoshadi.
Pedagogik texnologiyani o‘ziga xos xususiyatlari ham mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iboratdir:
dars jarayonida beriladigan materiallarning ilmiy-nazariy qimmatga egaligi;
o‘qituvchi va o‘quvchida subyekt-subyekt sifatidagi kommunikativ qobiliyatining to‘liq safarbar etilishi;
o‘quv tarbiya jarayonida o‘qituvchi ijodkorligi, kasbiy kompetentligi, tashabbuskorligi, navatorligining yaxlit namoyon etishi yuzasidan umumpedagogiq psixologik hamda o‘quv fani chuqur bilimga, amaliy tayyorgarlik bo‘yicha bilim, ko‘nikma vamalakalarga ega bo‘lishi;
ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishga innovasion yondoshuv, AKTdan unumli foydalanish,yangi va zamonaviy ta’lim texnologiyalarning amaliyotda tatbiq etilishi;
ta’lim-tarbiya maqsadiga yetish, yuqori natijani qo‘lga kiritish uchun inson imkoniyatlari bilan texnik quvvatning yakdil xarakatga keltirilishi;
har bir texnologiyaning metodi jihatdan individualligi lekin metodologiyaning ko‘zlagan maqsadning bir xilligi, pedagogik muvaffaqiyatlarning kafolatlanganligi;
“o‘quv tarbiya jarayoni takrorlanuvchanligini ta’minlanishi va tezkor qaytuvchan aloqaning mavjudligi”;
pedagogik faoliyatning qiziqarliligi, sinfning yoppasiga faolligini ta’minlanishi, o‘quvchi bilimini to‘liq namoyon etishga, qobiliyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilganligi, vaqtdan unumli foydalanilishi, har ikkala subyektning o‘z ustida ishlash motivining yuqoriligi;
o‘quvchidagi bilish faoliyatini, o‘zlashtirish darajasini samaradorligini ta’minlashga yo‘naltirilganligi bilan xarakterlanadi.
Pedagogik texnologiyalarning negizida o‘quvchi va o‘qituvchining ijodiy pedagogik faoliyati yotadi.