192
Agar HCI ning gaz fazasidagi portsial bosimi doimo qaynaydigan
aralashma ustidagi
(yuzasidagi) HCI bosimidan oshib ketsa, kislotaning kontsentratsiyasi 20,24% ga yetadi va yanada
oshib
boraveradi, qaynash harorati esa pasayadi. Shu sababli HCI gazining miqdorini oshirib borishi
adiabatik sharoitda kislota kontsentratsiyasining ortib borishiga sabab bo‘ladi.
Vodorod xloridni qaynayotgan suvga yuborilganda absorberdan chiqib ketayotgan gaz
dastlab suv bug‘laridan iborat bo‘ladi, ammo kislota kontsentratsiyasining
ortib borishi bilan
chiqayotgan gaz tarkibida HCI gazining miqdori ham ortib boraveradi. Shuning uchun bitta absorberda
kontsentrlangan kislota olinayotganda bir qism vodorod xlorid absorbtsiyalanmay qoladi.
1.
HCI ni to‘liq yuttirish uchun gazni suvga qarama-qarshi bir necha absorberlar
orqali yuborish yoki ichida tarelkalar, nasadkalar bor absorberlardan foydalanish
maqsadga muvofiq
bo‘ladi. Ana shundagina absorberlardan chiqib ketayotgan gaz faqat suv paridan iborat bo‘ladi.
2.
Tajriba utkazish uchun kerakli buyumlar, jihozlar va reaktivlar.
3.
Laboratoriya qurulmasi.
4.
0,5N NaOH eritmasi.
5.
0,5 litrli Erlemmeyer kolbasi.
6.
Metil qizil indikatori.
7.
Osh tuzi.
8.
Kontsentrlangan sulfat kislotasi.
9.
0,5N sulfat kislotasi.
Dostları ilə paylaş: