199 Ishdan maqsad: Eterifikatsiya jarayoniga ta‗sir qiluvchi omillar, reagentlar nisbati,
katalizatorlar miqdori va suvni tortib oluvchi komponentlarni butil atsetat hosil bo‘lishiga ta‗sirini
o‘rganish.
Nazariy ma‗lumotlar Sirka kislotasi efirlari aviatsiya va avtomobil ishlab chiqarish sohasida ishlatiladigan yuqori
sifatli himoya plyonkalari hosil qiluvchi nitrotsellyuloza va boshqa laklar uchun yaxshi erituvchi
sifatida keng ko‘lamda ishlatiladi. Efirlar suvda erigan organik moddalarni ekstraktsiya qilishda,
masalan yog‘ochni quruq haydab pista ko‘mir olishda hosil bo‘ladigan smola osti suvlaridan sirka
kislotasi olishda, qattiq yoqilg‘ilarni gazifikatsiyalash va kokslash jarayonida hosil bo‘lgan fenol
suvlaridan fenollarni ajratib olishda qo‘llaniladi.
Butil spirtining sirka kislotasi bilan reaktsiyasi qaytar jarayonlar qatoriga kiradi.
С
4
Н
9
ОН + СН
3
СООН
СН
3
СООС
4
Н
9
+ Н
2
О.
Butil atsetatni eng ko‘p miqdorda hosil qilish uchun jarayonga sirka kislotasining miqdorini
keragidan ortiqroq darajada qo‘shish yoki reaktsiya natijasida hosil bo‘layotgan suvni haydab
yuborish yoki kimyoviy bog‘lash yo‘li bilan yo‘qotish zarur.
Eterifikatsiya asta sekin boradigan jarayondir, ammo mineral kislotalar yoki organik
sulfokislotalar ishtirokida bir muncha tezlashadi. Chunki bu kislotalar reaktsiya jarayonida
katalizator vazifasini bajaruvchi vodorod ionlarining kontsentratsiyalarini yuqori bo‘lishini
ta‗minlaydi. Eterifikatsiya jarayonida qo‘llaniladigan kontsentrlangan sulfat kislotasi, o‘zining
katalitik ta‗siridan tashqari, suvni bog‘lovchi agent rolini ham bajaradi. Bu reaktsiya suyuq holatda
almashadigan gomogen- katalitik reaktsiyaga yorqin misol bo‘la oladi. Reaktsiya bosqichma-
bosqich boradi:
С
4
Н
9
ОН + НОSО
2
ОН
С
4
Н
9
ОSO
2
OH +H
2
O
С
4
Н
9
ОSО
2
ОН + СН
3
СООН
Н
3
ОСОС
4
Н
9
+ Н
2
SO
4
Qo‘shimcha quyidagi reaktsiya ham boradi.
С
4
Н
9
ОSО
2
ОН + С
4
Н
9
ОН
С
4
Н
9
ОС
4
Н
9
+ Н
2
SO
4
Tajriba utkazish uchun kerakli buyumlar, jixozlar va reaktivlar.
1.
Tagi yumaloq kolba, hajmi 0,5 l.
2.
Elektr plitkasi.
3.
Turbkali sovutkich.
4.
Ajratish voronkasi.
5.
Kontsentrlanagan sirka kislotasi.
6.
Kontsentrlangan sulfat kislotasi.
7.
Butil spirti.