196
Harorat termopara (4) yordamida o‘lchanadi va ko‘rsatuvchi millivoltmetr (5) orqali nazorat
qilinadi. Kolchedan yoki sulfid rudalarini kuydirish uchun zarur bo‘lgan havo (ya‗ni kislorod) pech va
butun qurilma orqali suv nasosi (8) yordamida so‘rib o‘tkaziladi.
Havoning hajmiy tezligini, xona
sharoitida oldindan graduirovka qilingan reometr (1) bilan o‘lchanadi va roslanadi. Sulfid rudalari yoki
kolchedanni yonish reaktsiyasi elektropech ichiga o‘rnatilgan kvarts quvur ichida amalga oshiriladi.
Kvarts quvur ikki tomonidan ham rezina tiqinlar bilan zichlab yopilgan. Bir tiqinga termopara (4)
o‘rnatilgan, ikkinchi tiqinga esa ikki xil diametrli kvarts naychalar (6) bir-birini ichiga o‘rnatilgan.
Harorat kerakli daraja (600
0
С) ga yetgach, ma‗lum miqdorda (1-2 gr) tortib olingan sulfid rudasi yoki
kolchedan sopol qayiqcha (3) da reaktor (11) ichiga joylashtiriladi.
Havo reaktor ichiga katta diametrli kvarts naycha (6) bilan kichik diametrli naycha (12) oralig‘idan
o‘tib, reaktsiya xududiga yetib boradi.
Reaktsiya natijasida hosil bo‘lgan gazlar, asosan SO
2
, kichik diametrli naycha (12)
orqali past
kontsentratsiyali vodorod pereoksidi to‘ldirilgan absorberga boradi va quyidagi reaktsiyalar sodir
bo‘ladi.
SO
2
+ О = SO
3
SO
3
+ Н
2
О = Н
2
SO
4
Hosil bo‘lgan sulfat kislotasining miqdorini 0,5 N NaOH eritmasi
bilan titrlab aniqlansa
bo‘ladi.
Гр.экв. Н
2
SО
4
= Гр.экв. NaOH = П
0,0005
f
Kolchedan tarkibidagi oltingugurt miqdorini esa 1gr kolchedanni 500-600
0
С 30 minut davomida
kuydirib, olingan natijalarni quyidagi formulaga kuyib topiladi:
а
f
П
S
100
16
005
,
0
P - titrlash uchun sarflangan 0,5 N
NaOH miqdori, ml.
f- 0,5 n NaOH ning faktori.
a - tarozida tortib olingan sulfid rudasi yoki kolchedanning miqdori, gr.
0,0005 - 1ml eritmadagi natriy ishqorining gramm ekvivalentlar soni.
16 - sulfat kislotasining 1 gramm ekvivalentiga to‘g‘ri keladigan oltingugurt miqdori.
Turli haroratlarda va hajmiy tezliklarda kolchedan yoki sulfid rudalarining kuyish tezligini aniqlash
uchun, laboratoriya qurilmasi tizimiga yana ikkita absorbtsiya kollonasini
bir-biriga paralel holatda
ulab, ularga ma‗lum miqdorda o‘lchab olingan, kraxmal eritmasi bilan bo‘yalgan (rang kirgizilgan)
0,1N yod eritmasiga quyiladi. Gazni navbatma-navbat har bir absorbtsiya kollonasiga eritmaning rangi
yuqolguncha yuboriladi.