: Kimyo sanoatida turli kislotalar ishlab chiqarishdagi jarayonlar boradigan uskunalar futerovkasinining korroziyaga chidamlilik xususiyatlarini urganish. Nazariy ma‗lumotlar.
Sanoatning kup tarmoqlarida, birinchi navbatda kimyo sanoatida dastlabki xom ashyo va
xosil bulayotgan maxsulotlar, ayniqsa yuqori xarorat va bosimda, metallarni yemira boshlaydi.
Sanoatni bu tarmoklarida asosan nometall konstruktsiyalar va nometall ximoya qoplamalari
qullanilishini talab qiladi. Masalan, sulfat kislotasi ishlab chiqarishda deyarli barcha asosiy
apparatlar va qurilmalar tog‘ jinslari, silikat plitkalar, kislotalarga chidamli g‘isht yoki betondan
tayorlanadi.
Tuz, sirka, nitrat, chumoli va boshqa kislotalar ishlab chiqarishda kislotaga chidamli
maxsulotlar, ya‗ni keramika, beton, platstmassa, rezina va boshqa materiallar qullaniladi.
Tsellyuloza-qogoz sanoatida pishirish qozonlarini futerovkasi uchun keramik plitkalar, asbovinil
plastmassa va boshkalar ishlatiladi. Nometall materiallardan elektroliz va galvanoplastika uchun
vannalar, diafragmalar, filtrlar, distillyatsiya va sublimatsiya uchun qurilmalar yasaladi. Silikat
materiallardan metallurgiya, koks, shisha eritish va shu kabi jarayonlarda keng foydalaniladi.
Nometall, kimyoviy chidamli materiallar ikki guruhga bulinadi: noorganik va organik
materiallar. Agressiv gaz va eritma, erigan metall, xamda yukori haroratdagi, shlaklar bilan
ishlaydigan kimyoviy jarayonlarga bog‘liq uskunalar, ularning ta‗siriga chidaydigan noorganik
materiallar bilan futerovka qilinadi.
Nometall noorganik moddalarning kimeviy chidamliligi to‘g‘risida ma‗lumotlar.
Kislota, ishqor va boshka kimeviy reagentlar tasirida nometall noorganik materiallarning
yemirilish jarayoni juda murakkab bo‘lib, u materialning kimeviy va mineralogik tarkibi, govakligi,
strukturasi, xamda ta‗sir kilayotgan sharoitning agressivligi va haroratiga bog‘liq. Bu omillar turli
kurinishda ta‗sir qilib, materialni qisman yemirib, uning massasi, mexanik mustaxkamligini
kamaytirishi bilan boradi. Kimyoviy chidamlilikning asosiy faktorii uning kimyoviy tarkibidir.
Tabiiy yoki sun‗iy tayyorlangan materiallarning tarkibida kremniy kislotasi tuzlari, toza
kremnezem, alyumosilikatlar, kaltsiy silikatlari ba‗zi materiallarning oksidlari buladi. Kimyoviy
chidamlilikni baholashda mineralning ayrim birikmalarini agresiv sharoitda erishidan kelib
chikiladi. Tarkibida kislota oksidlari (kremnezemlar) ko‘proq bulgan materiallar kislotaga chidamli