209 xisoblanadi. Ammo chidamlilik uchun kremnezem miqdorigina emas balki uning mineralogik
tarkibi xam muximdir. Masalan oddiy qurilish g‘ishti 60-80% kremnezemi bulishiga karamay
kislotaga chidamsiz, lekin u kuydirilsa kislotaga chidamliligi ortadi. Yuqori xaroratda kuydirilganda
kimeviy chidamlilikning ortishiga sabab, xom aralashma tarkibiga kiruvchi glinozem erkin yoki
bog‘langan kurinishda bulishidan qat‗iy nazar suyultirilgan kislota yoki ishqorlarda oson eriydi.
Yuqori xarorat ta‗sirida kuyganda, yangi olov bardosh minerallar: sillimanit А
2
О
3
·2SiO
2
va mullit
3Аl
2
О
3
2SiO
2
xosil buladi. Ular kislotaga bardosh berishining yukoriligi va ishkorga uta
chidamliligi bilan farqlanadi.
Tarkibida kaltsiy, magniy karbonatlari bulgan materiallar kislota tasirida kuydigi reaktsiya
kurinishida oson parchalanadi.
CaCO 3 +2HCl=CaCl 2 +H 2 O+CO 2 MgCO 3 +2HCl=MgCl 2 +H 2 O+CO 2 Agar kaltsiy va magniy mineral tarkibida silikat kurinishida bulsa, bunday birikmalarning
kislotalar bilan tasiri darajasi ancha sustlashadi. Ishqorga chidamli
materialllarga ohak toshlar,
marmar, dolomit va boshralar kiradi. Ularning tarkibida ishqorda eriydigan birikmalar bulsa
ishqorga chidamliligi pasayadi.
Nometall materiallarning strukturasining govakliligi va kristall tuzilishi xam ularning
kimeviy chidamliliga sezilarli ta‗sir kursatadi.
Govak materiallar zich materiallarga nisbatan korroziyaga moyil, chunki agressiv
sharoitning materiallarga ta‗siri uning yuzasiga va suyuqlikning govaklaridagi diffuziyasiga bog‘lik.
Kristall va amorf materiallarning kimyoviy chidamliligini solishtirilsa, kristall kurinishidagisi
amorflarga qaraganda chidamli buladi. Amorf kurinishidagi materiallar kislotada oson eriydi.
Ko‘rilaetgan laboratoriya ishlarida konstruktsion materiallarning kimyoviy, ya‗ni kislotaga
chidamlilik xususiyatlari urganiladi. Barcha kislotalar ma‗lum mikdorda noorganik silikat
materiallarni koroziyalaydi (plavik kislota barcha materialllarni bartamom yemirib tashlaydi).
Vodorod ionlari kontsentratsiyasida maksimal bulgan kislotalar (eritmadagi dissotsiyasi va
kontsentratsiyasi bilan aniqlanadi) intensiv ravishda korroziya chakiradi.
Quyida ba‗zi kislotalarning eng agressiv kontsentratsiyalari keltirilgan.
Kislota
Kontsentratsiya
Sulfat
Nitrat
Xlorid
Fosfat
Sirka
33%
30%
20%
50%
20%
Xarorat oshirilsa, kislotaning dissotsiyatsiya darajasi, xamda ularning yemirish xususiyatlari
xam oshadi.