206 1.
Flotoreagent nima?
2.
Ular qanday klassifikatsiyalanadi?
2 guruhga topshiriq. 1.Sulfid rudalari, metall oksidlari, ruda bo‘lmagan qazilmalarni flotatsiyalashda qanday
flotoreagentlar ishlatiladi?
2. Tarkibida 3% rux bulgan 5 t rudani flotatsiyalib, tarkibida 22% rux bulgan 340 kg kontsentrat
olindi, Kontsentrat unumi, ruxning ajralish darajasi va kontsentratsiya darajasini aniqlang.
3 guruhga topshiriq. 1. Flotatsiyalashda nima maqsadda eritmadan havo o‘tkaziladi?
2. Tarkibida 1,5% miss bo‘lgan 10 t mis sulfidli rudani boyitilib, undan tarkibida 30% mis bulgan
400 kg kontsentrat olindi. Kontsentrat unumi, misning ajralish darajasi va kontsentratsiya
darajasini aniqlang.
Ishning maqsadi . Silvinit flotatsiyasini o‘tkazish, kontsentrat unumi, kaliy xloridni ajratib olish
darajasi va uning kontsetratsiya darajasi ortirishini aniqlash.
Kerakli asbob va reaktivlar. 1. Flotatsiya uchun idishlar 150-200 ml sig‘imli kolba va tsilindr qopqog‘i bilan.
2. Metall va chinni hovoncha dastasi bilan.
3. 0,1-005 mm diametr teshikli elak.
4. Texnokimeviy tarozi toshlari bilan.
5. Byuxner voronkasi, Bunzen kolbasi, quritish kolonkasi, Komovskiy vakuum nasosi.
6. Quritish shkafi.
7. Termometr.
8. Flotoreageant (uglevodorod aminlari).
9. Silvinit.
Ishning bajaralishi. Kolbaga 100 ml suv quyiladi, unga 15-20 gramm silvinit (yoki suniy tayyorlangan
aralashma) solinadi va yaxshilab aralashtirib eritiladi. Hosil qilingan to‘yigan eritib filtrlanadi. 100gr
suvda 25
0
C hararotda 3,56 gr natriy xlorid va 2,69 gr kaliy xlorid eriydi.
Eritma tsilindrga quyiladi, unga 1,5-2 gramm yaxshi maydalangan silvinit va 1-2 tomchi
flotoreagent kushilali. So‘ngra flotatsiya jarayoni o‘tkaziladi, yani tsilindr kuchli suv oqimiga
qo‘yiladi. Flotatsiya vaqtida tsilindrga termometr tushiriladi va harorat o‘zgarmay qolguncha suv
oqimida ushlab turiladi.
Tsilindrdagi massa oldindan tortib qurilgan filtr kog‘ozida filtrlanadi, kaliy xlorid filtr bilan
birgalikda quritiladi va tortiladi.